Yusupova Dinora Akmal qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Siyovush Kasroiy she’riyatida an’ana va novatorlik” mavzusidagi 10.00.05 – “Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti” (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2911
Ilmiy rahbar: Turdieva Oydin Zafardinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.05.03
Rasmiy opponentlar: Xodjaeva Ra’no Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor; To‘ychieva Oydin Sayfullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi XX asr fors she’riyati taraqqiyoti jarayonida Siyovush Kasroiyning “آرش کمانگیر”(“Orash kamonchi”) hamda “مهره سرخ” (“Qizil munchoq”) dostonlarida an’anaviylik va novatorlik tamoyillarining o‘zaro uyg‘unlashuvi, poetik ramzlarning shakllanish omillari hamda badiiy obrazlar tizimining yangilanishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asr Eron yangi she’riyati (she’r-e nou)ning shakllanishi fors mumtoz she’riyati an’analarining inkori emas, balki ularning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va madaniy-estetik jarayonlar ta’sirida poetik transformatsiyaga uchrashi natijasida yuzaga kelgan adabiy hodisa ekanligi aniqlanib, yangi she’riyatning shakllanish qonuniyatlari hamda poetik-estetik tamoyillari dalillangan;
Siyovush Kasroiy poetikasida ijtimoiy-siyosiy, milliy, tarixiy va insonparvarlik g‘oyalarining uyg‘unligi, mumtoz poetik meros va zamonaviy adabiy tafakkur sintezi asosida yangi badiiy ifoda tizimi hamda an’anaviy qofiya va vazn me’yorlaridan chekinish asosida zamonaviy hayot va inson ruhiyatini ifodalovchi yangi poetik ohang shakllangani ilmiy jihatdan aniqlangan;
Siyovush Kasroiy poetikasidagi “Orash”, “Rustam”, “Simurg‘” va “Suhrob” obrazlarining an’anaviy semantikasi zamonaviy poetik tafakkur asosida transformatsiyaga uchrab, mumtoz adabiyotdagi qahramonlik talqinidan milliy o‘zlik, tarixiy xotira, milliy birdamlik va ozodlik g‘oyalarini ifodalovchi ramziy obrazlar darajasiga ko‘tarilgani ilmiy asoslangan;
“آرش کمانگیر” (“Orash kamonchi”) va “مهره سرخ” (“Qizil munchoq”) dostonlarida mumtoz epik an’analar va she’r-e nou poetikasining uyg‘unlashuvi qiyosiy-tipologik tahlil asosida aniqlanib, “آرش کمانگیر” (“Orash kamonchi”) yangi she’riyat tamoyillari asosida yaratilgan ilk yirik epik namunalardan biri ekani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
XX asr Eron yangi she’riyati (she’r-e nou)ning shakllanishi fors mumtoz she’riyati an’analarining inkori emas, balki ularning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va madaniy-estetik jarayonlar ta’sirida poetik transformatsiyaga uchrashi natijasida yuzaga kelgan adabiy hodisa ekanligi aniqlanib, she’riyatning an’anaviy vazn va qofiyadan chekinish, erkin she’r shaklining qaror topishi, milliy-mifologik obrazlarning zamonaviy mazmun bilan boyitilishi kabi qonuniyatlari hamda poetik-estetik tamoyillari dalillangani asosida kelib chiqqan xulosalaridan Oliy ta’limni Rivojlantirish tadqiqotlari markazida tayyorlangan “Zamonaviy Eron she’riyati” o‘quv qo‘llanmasini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni Rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 28-yanvardagi 01/01-01-43-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot materiallari zamonaviy fors she’riyatining shakllanish jarayonlari aniqlashga zamin yaratgan;
“آرش کمانگیر” (“Orash kamonchi”) va “مهره سرخ” (“Qizil munchoq”) dostonlarida mumtoz epik an’analar va she’r-e nou poetikasining uyg‘unlashuvi qiyosiy-tipologik tahlil asosida aniqlanib, “آرش کمانگیر” (“Orash kamonchi”) yangi she’riyat tamoyillari asosida yaratilgan ilk yirik epik namunalardan biri ekani ochib berilganligidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “She’riyat ijodiy kengashi” hisobot yig‘ilishlarida, shuningdek, “Adabiy do‘stlilk – adabiy do‘stlik” kabi xalqaro darajada o‘tkazilib kelinayotgan tadbirlarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining 2025-yil 19-dekabrdagi 01-03/483-son ma’lumotnomasi). Natijada, Eron adabiyotida “yangi she’r”i, uning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari, Siyovush Kasroiy ijodida “yangi she’r”ning tutgan o‘rni va ijod namunalari bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qilgan;
Siyovush Kasroiy poetikasidagi “Orash”, “Rustam”, “Simurg‘” va “Suhrob” obrazlarining an’anaviy semantikasi zamonaviy poetik tafakkur asosida transformatsiyaga uchrab, mumtoz adabiyotdagi qahramonlik talqinidan milliy o‘zlik, tarixiy xotira, milliy birdamlik va ozodlik g‘oyalarini ifodalovchi ramziy obrazlar darajasiga ko‘tarilgani ilmiy asoslanganligi “Toshkent” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Zavqli kun” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 25-dekabrdagi 01-02-154-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot materaillari amaliyotga joriy etilishi ko‘rsatuvning ilmiy-ma’rifiy mazmunini boyitishga va Eron zamonaviy she’riyati namunalarini keng jamoatchilikka badiiy-tahliliy jihatdan targ‘ib qilishga xizmat qilgan.
Siyovush Kasroiy poetikasida ijtimoiy-siyosiy, milliy, tarixiy va insonparvarlik g‘oyalarining uyg‘unligi, mumtoz poetik meros va zamonaviy adabiy tafakkur sintezi asosida yangi badiiy ifoda tizimi hamda an’anaviy qofiya va vazn me’yorlaridan chekinish asosida zamonaviy hayot va inson ruhiyatini ifodalovchi poetik ohang shakllangani Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tayyorlangan “Hozirgi zamon Fors adabiyoti” (XX asr oxiri va XXI asr)” nomli darsligining “Zamonaviy Eron she’riyati” bo‘limini nazariy jihatdan yozishda, shuningdek, “Hozirgi zamon Eron adabiyoti (zamonaviy Eron she’riyati misolida)” nomli o‘quv qo‘llanmaning “Yangi davr Fors she’riyatida uslub va shakl” bo‘limini yozishda foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2026 yil 13 fevral 04/392-son maʼlumotnomasi). Natijada, tadqiqot materiallari nazariy jihatdan kengroq o‘rganilishiga va Siyovush Kasroiy ijod maktabini tanishtirishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan.