Ummatov Baxtiyor Toshqo‘zi o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Bo‘lajak o‘qituvchilarni dasturiy vositalardan foydalanib raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.4.PhD/Ped 8062.
Ilmiy rahbar: Xazratov Fazliddin Xikmatovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2026.10.04.Ped.43.02.
Rasmiy opponentlar: Dilova Nargiza G‘aybullaevna, professor, pedagogika fanlari doktori (DSc); Kamilova Gulmira Alimovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot:  Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi xorijiy til fanini nofilologik ta’lim yo‘nalishlarda dasturiy vositalardan foydalanib oʻqitish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari mobil ilovalar, dasturiy vositalar va interaktiv didaktik vositalardan foydalanish jarayonini kompetensiyaviy, tizimli, faoliyatli hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar bilan integrativ uyg‘unlashtirish, raqamli ta’lim faoliyatining motivatsion, faoliyatli va kreativ komponentlarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi xorijiy til fanini o‘qitishda mobil ilova va avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlariga asoslangan dasturiy vositalarni “Kaskad”, “Zinama-zina” va “Kouching” metodlari bilan integratsiyalash, o‘quv topshiriqlarini bosqichma-bosqich murakkablashtirish hamda auditoriya va mustaqil ta’lim faoliyatining uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minot talabalarning tayyorgarlik darajasi va psixologik-kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda A1 (quyi), A2 (o‘rta) va B1 (yuqori) darajalarga differensiallashtirilgan “topshiriqlar kartochkasi”, mobil ilova, dasturiy vositalar va onlayn test tizimlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish hamda o‘qish, tinglab tushunish, grammatika, yozish va gapirish ko‘nikmalarini kompleks baholash imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning dasturiy vositalardan foydalanib raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish modeli tashkiliy, texnologik va natijaviy komponentlarning uzviy aloqadorligini ta’minlash, tashxislash–rejalashtirish–sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash bosqichlarini mobil dasturiy vosita orqali mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish, monitoring qilish va nazorat qilish jarayonlari bilan integratsiyalash hamda natijalarni motivatsion, faoliyatli va kreativ mezonlar asosida quyi, o‘rta va yuqori darajalarda baholash orqali takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni dasturiy vositalardan foydalanib raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari mobil ilovalar, dasturiy vositalar va interaktiv didaktik vositalardan foydalanish jarayonini kompetensiyaviy, tizimli, faoliyatli hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar bilan integrativ uyg‘unlashtirish, raqamli ta’lim faoliyatining motivatsion, faoliyatli va kreativ komponentlarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish asosida aniqlashtirishga doir amaliy tavsiyalar “Mastering in English: Navigating the intermediate level” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyul sanasidagi 258-son buyrug‘i, 914560 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishda dasturiy vositalarning oʻrni va samaradorligini aniqlashga erishilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi xorijiy til fanini o‘qitishda mobil ilova va avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlariga asoslangan dasturiy vositalarni “Kaskad”, “Zinama-zina” va “Kouching” metodlari bilan integratsiyalash, o‘quv topshiriqlarini bosqichma-bosqich murakkablashtirish hamda auditoriya va mustaqil ta’lim faoliyatining uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtishga oid tadqiqot natijalaridan “Integrated course of Foreign Language Teaching” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Guliston davlat universitetining 2024-yil 27-fevral sanasidagi 25-son buyrug‘i, 25-20 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun dasturiy vositalarlar asosida raqamli kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlari asoslangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minot talabalarning tayyorgarlik darajasi va psixologik-kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda A1 (quyi), A2 (o‘rta) va B1 (yuqori) darajalarga differensiallashtirilgan “topshiriqlar kartochkasi”, mobil ilova, dasturiy vositalar va onlayn test tizimlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish hamda o‘qish, tinglab tushunish, grammatika, yozish va gapirish ko‘nikmalarini kompleks baholash imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Communicative language teaching activities” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Guliston davlat universitetining 2024-yil 24-may sanasidagi 78-son buyrug‘i, 78-23 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan dasturiy vositalar bilan uygʻunlashgan didaktik ta’minotni takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning dasturiy vositalardan foydalanib raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish modeli tashkiliy, texnologik va natijaviy komponentlarning uzviy aloqadorligini ta’minlash, tashxislash–rejalashtirish–sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash bosqichlarini mobil dasturiy vosita orqali mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish, monitoring qilish va nazorat qilish jarayonlari bilan integratsiyalash hamda natijalarni motivatsion, faoliyatli va kreativ mezonlar asosida quyi, o‘rta va yuqori darajalarda baholash orqali takomillashtirishga xizmat qiladigan tavsiyalar nofilolog ta’lim yo‘nalishlarda o‘qitiladigan “Xorijiy til” fanining o‘quv dastur va sillabuslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 16-fevraldagi 02/01-01-112-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Xorijiy til” fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash orqali mobil ilovaning o‘quv-metodik ta’minotini loyihalash hamda mustaqil ta’limni tashkil etish va nazorat qilish jarayonini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish