Ismoilov Xurmatillo To‘lqinjon o‘g‘lining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon  

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek sud lingvistikasi: nazariya va amaliyot”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fil1507.
Ilmiy maslahatchi: Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.07.03.
Rasmiy opponentlar: Abdupattoev Muxammadtohir Tojimamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Egamnazarova Durdona Shuhratillaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Mamajonov Muxammadjon Yusubjonovich, filologiya fanlari doktori (DSc),  professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sud lingvistikasining nazariy asoslarini “klassik rivojlanish modeli” asosida tizimli yoritish, xalqaro maydonda o‘zbek sud linvistikasining o‘rnini belgilash hamda kamsitish va haqorat bilan bog‘liq ziddiyatli matnlar sud-lingvistik ekspertizasi amaliyotini amaliy tajribalar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
o‘zbek tilshunosligida ilk bor o‘zbek sud lingvistikasining nazariy asoslari jahon hamda rus sud lingvistikasi taraqqiyoti bilan uyg‘un holda sud lingvistikasining klassik rivojlanish modeli: nazariy shakllanish, metodik rivojlanish, institutsionallashuv hamda zamonaviy ixtisoslashuv bosqichlari asosida ochib berilgan;
zamonaviy ixtisoslashuv bosqichida jahon hamda o‘zbek sud ekspertizasida lingvistik ekspertizaning ustuvorlashuvi dalillanib, yuridik hujjat matni hamda ziddiyatli matnlar sud-lingvistik ekspertizasining bugungi amaliyoti xalqaro tajriba asosida qiyosiy baholangan;
o‘zbek sud ekspertizasida lingvistik ekspertiza amaliyotining o‘rni belgilanib, kamsitish va haqorat bilan bog‘liq ziddiyatli matnlar sud-lingvistik ekspertizasining zarurati Andijon davlat universiteti qoshidagi “Lingvistik ekspertiza xizmat markazi” hamda 7 ta vakolatli davlat organlari bilan 2022-2024-yillar davomida olib borilgan hamkorlik asosidagi tadqiqot natijalari bilan asoslangan;
o‘zbek sud-lingvistik ekspertizasi amaliyotida shaxsning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz ifodalarini semantik darajalashning zarurati asoslanib, tadqiqot doirasida xulosalangan 150 ta kamsitish va haqorat bilan bog‘liq ziddiyatli matnlar asosida ikki darajadagi: kamsituvchi verbal ifoda, kamsituvchi paralingvizm hamda haqoratli verbal ifoda, haqoratli paralingvizm turlari belgilanib, linvomadaniy va yuridik aspektlari ochib berilgan;
an’anaviy og‘zaki, an’anaviy yozma hamda yozma so‘zlashuv nutqiga xos ziddiyatli matnlar tarkibida qo‘llanilgan shaxsning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuzning jami 125 ta verbal ifodasi, jumladan, 78 ta kamsituvchi, 47 ta haqoratli verbal ifodalar yuzasidan xulosalar chiqarilgan, shuningdek, sud-lingvistik ekspertizasi amaliyotidagi zaruratga ko‘ra jami 18 ta paralingvistik ifoda, jumladan, 10 ta kamsituvchi paralingvizm va 8 ta haqoratli paralingvizm turlari belgilanib, verballashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek sud lingvistikasining nazariy va amaliy tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
o‘zbek tilida soha terminlarining qo‘llanilishi, jarayon anglatuvchi terminlar tavsifi, sud protsessiga oid terminlar izohiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan BVAtex-2018-(143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat amaliy granti loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 15-fevraldagi 04/1-385-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida soha terminlari izohlarining mukammallashuviga erishilgan;
an’anaviy yozma va ijtimoiy tarmoq diskursi – yozma so‘zlashuv nutqida verbal (so‘zli) hamda haqoratli paralingvizm turlari, tasnifi, so‘zlarning haqorat darajalarini belgilashda o‘zbek madaniyatining ta’siriga doir xulosalardan Andijon viloyati prokuraturasining ish yurituvida amaliy foydalanilgan. Dissertatsiya natijalari asosida X.T.Ismoilov tomonidan 2021-2024-yillar davomida viloyat prokuraturasining sudga oid lingvistik ekspertiza tayinlash haqidagi qarorlari ijrosi yuzasidan xulosalar taqdim etilgan (Andijon viloyati prokuraturasining 2025-yil 2-noyabrdagi 10.1/2-254084-25-son ma’lumotnomasi). Natijada ish yurituvida muayyan haqoratli jumlalarning konkret shaxsga nisbatan aytilganlik faktori hamda shaxsning sha’ni va qadr-qimmatiga aloqador so‘zlarning denotativ va kontekstual mazmunini aniqlashga erishilgan;
surishtiruv va tergov jarayonlarida fuqarolarning lingvistikaga oid nizoli murojaatlarini bartaraf etishda amaliy foydalanilgan. X.T.Ismoilov rahbarligidagi Andijon davlat universiteti qoshidagi “Lingvistik ekspertiza xizmat markazi” tomonidan ichki ishlar hududiy organlarining 2022-2024-yillar davomida jami 126 ta (jumladan, 2022-yilda 23 ta; 2023-yilda 69 ta; 2024-33 ta) sud-lingvistik ekspertizasi tayinlash to‘g‘risidagi, sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi tayinlash to‘g‘risidagi, sudga oid kompleks ekspertiza tayinlash haqidagi hamda lingvistik ekspertiza tayinlash to‘g‘risida”gi qarorlarda qo‘yilgan savollar yuzasidan ilmiy asoslangan xulosalar olingan (Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasining 2025-yil 25-sentyabrdagi 46/1-117-son ma’lumotnomasi). Natijada haqoratning lingvoyuridik talqini, haqoratli matnlar lingvistik ekspertizasi, haqorat darajalari, o‘zbek madaniyatida haqoratning lingvomadaniy aspekti masalalari, verbal va haqoratli paralingvizm turlari kabi masalalari o‘z echimini topgan;
tinglovchiga psixolingvistik ta’sir etish, individ nutqini sotsiologik va psixologik omillar qurshovida tahlil etish; har qanday nutq uslubiga xos matnlarga antropotsentrik paradigma asosida shaxs-nutq kesishmasida lingvistik ekspertiza qilish yuzasidan chiqarilgan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» teleradiokanali DM «O‘zbekiston 24» radiokanalining «Radiomuloqot», «Muhim mavzu» dasturlari senariylarini (2022-2023-yillar) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Davlat unitar korxonasi «Mahalla» teleradiokanalining 2021-yil 8-fevraldagi 03-09-70-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar mukammallashgan va ilmiy dalillarga boyligi ta’minlangan;
sud-lingvistik ekspertizasi amaliyoti bo‘yicha erishilgan natijalaridan: o‘zbek sud-lingvistik ekspertizasi amaliyotida ustuvorlashgan yuridik hujjat matnlari va ziddiyatli matnlar sud-lingvistik ekspertizasi amaliyoti yuzasidan chiqarilgan xulosalar, jumladan, verbal va haqoratli paralingvizmli matnlar sud-lingvistik ekspertizasi bo‘yicha tadqiqot doirasida chiqarilgan (150 ta haqorat bilan bog‘liq ziddiyatli matnlar) xulosa va takliflardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024-2025-yillarda amalga oshirilgan ALM-202310132634-raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intelekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2026-yil 7-maydagi 01-302-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada chiqarilgan xulosa va takliflar loyiha konsepsiyasini ishlab chiqishda muhim manba sifatida xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish