Muminov Dilmurod Toxtasinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tikuv-trikotaj korxonalarida marketing faoliyatini natijadorligini oshirishni takomillashtirish», 08.00.11 – Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt134.
Ilmiy rahbar: Isaev Ravshan Abduraxmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyusupov Bunyod Sheripbaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tikuv-trikotaj korxonalari marketing faoliyati natijadorligini oshirishning zamonaviy texnologiya va usullarini qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «marketing natijadorligi» tushunchasining iqtisodiy mazmuni marketing resurslari va dastaklaridan foydalanish orqali talabni shakllantirish, mijozlar bilan barqaror munosabat o‘rnatish va korxonaning daromadliligi hamda bozor barqarorligini oshirishga erishish darajasini aks ettiruvchi iqtisodiy munosabatlar va natijalar tizimi sifatida takomillashtirilgan;
tikuv-trikotaj korxonalari marketing faoliyati natijadorligi integral oraliq natijalari yondashuviga «kritik» (0 – 0,30), «qoniqarsiz» (0,31– 0,50), «qoniqarli» (0,51 – 0,70), «yaxshi» (0,71 – 0,85) va «ideal» (0,86 – 1) mezonlariga ko‘ra baholash taklif etilgan va biznes yo‘nalishlari samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
tikuv-trikotaj korxonalarida marketing faoliyati natijadorligini muvofiqlashtirishga omilli yondashuv samarasini faoliyatni muvofiqlashtirish samaradorligi (EFB = 0,26), funksiyani muvofiqlashtirish samaradorligi (EVB = 0,22), talabni muvofiqlashtirish samaradorligi (ETB = 0,20), natijadorlikni muvofiqlashtirish samaradorligi (EMN = 0,32) maqbul nisbatlarini ta’minlash orqali maksimallashtirish asoslangan;
tikuv-trikotaj sanoati marketing natijadorligini oshirishga ta’sir qiluvchi omillarning ekonometrik modeli asosida «BETLIS TEKSTIL» tikuv-trikotaj korxonasining 2030-yilga qadar mahsulot sotishdan umumiy tushumi hajmi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tikuv-trikotaj korxonalarida marketing natijadorligini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «marketing natijadorligi» tushunchasining iqtisodiy mazmunini marketing resurslari va dastaklaridan foydalanish orqali talabni shakllantirish, mijozlar bilan barqaror munosabat o‘rnatish va korxonaning daromadliligi hamda bozor barqarorligini oshirishga erishish darajasini aks ettiruvchi iqtisodiy munosabatlar va natijalar tizimi sifatida takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan «Marketing tadqiqotlari» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 25-dekabrdagi 511-son buyrug‘i). Mazkur tushunchaning yangi mazmunda kiritilishi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda bo‘lg‘usi mutaxassislarning sanoat korxonalarida marketing natijadorligini boshqarish tizimi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan;
tikuv-trikotaj korxonalari marketing faoliyati natijadorligi integral oraliq natijalari yondashuviga «kritik» (0 – 0,30), «qoniqarsiz» (0,31– 0,50), «qoniqarli» (0,51 – 0,70), «yaxshi» (0,71 – 0,85) va «ideal» (0,86 – 1) mezonlariga ko‘ra baholash taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar marketing faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2026-yil 22-yanvardagi 02/06-107-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «BETLIS TEKSTIL» tikuv-trikotaj korxonasi marketing boshqaruv tizimi samaradorligi koeffisienti 2025-yilda 2024-yilga nisbatan 0,07 ga oshgan;
tikuv-trikotaj korxonalarida marketing faoliyati natijadorligini muvofiqlashtirishga omilli yondashuv samarasini faoliyatni muvofiqlashtirish samaradorligi (EFB = 0,26), funksiyani muvofiqlashtirish samaradorligi (EVB = 0,22), talabni muvofiqlashtirish samaradorligi (ETB = 0,20), natijadorlikni muvofiqlashtirish samaradorligi (EMN = 0,32) maqbul nisbatlarini ta’minlash orqali maksimallashtirish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar marketing faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2026-yil 22-yanvardagi 02/06-107-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «PLUS PROMOTION» MChJ tikuv-trikotaj korxonasi boshqarish xarajatlari 2025-yilda 2024-yilga nisbatan 5,2 % ga kamaygan;
tikuv-trikotaj sanoati marketing natijadorligini oshirishga ta’sir qiluvchi omillarning ekonometrik modeli asosida «BETLIS TEKSTIL» tikuv-trikotaj korxonasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan mahsulot sotishdan umumiy tushumi hajmi prognoz ko‘rsatkichlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalarida ish faoliyatini nazorat qilish hamda strategik rivojlanish tizimi amaliyotiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2026-yil 22-yanvardagi 02/06-107-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «BETLIS TEKSTIL» tikuv-trikotaj korxonasining mahsulot sotishdan tushum ko‘rsatkichi 2030-yilda 2025-yildagiga nisbatan 45,31 % ga o‘sib, 215774816 mln. so‘mga yetishi va “URGANCh BAHMAL” MChJ 12,19 % ga oshib, 380519110 mln. so‘mga etishi prognozlashtirilgan.