Shoymardanova Maftuna Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. “Detektiv romanlarda personajlar nutqi tipologiyasi va ularning lingvopragmatik xususiyatlari”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5398.
Ilmiy rahbar: Xolikov Baxodir Alikulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12. Fil.37.02.
    Rasmiy opponentlar: Musurmonov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Burieva Nargiza Qo‘chqorovna, filologiya fanlari doktori (DSc).
    Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek detektiv romanlarida personajlar nutqi tipologiyasini aniqlash, ularning lingvopragmatik xususiyatlarini hamda detektiv diskursni lingvistik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    ingliz va o‘zbek detektiv romanlari diskursida personajlar nutqining lingvopragmatik xususiyatlari, kommunikativ niyati, nutqiy strategiya va taktikalarini yuzaga chiqaruvchi vositalar, yashirin va ochiq ma’noni ifodalash mexanizmlari, voqelikni subektiv baholash va talqin etish, obrazning individual-psixologik xususiyatlarini ochib berish, shuningdek, jinoyatni aniqlash va fosh etish jarayonida dialogik hamda monologik nutq orqali syujet dinamikasini shakllantirishdagi lingvopragmatik imkoniyatlari aniqlangan;
detektiv diskursda nutq ishtirokchilarining ijtimoiy maqomi, psixologik holati va muallifning badiiy niyatini ifodalovchi lingvopragmatik vositalarning funksional xususiyatlari aniqlanib, ularning kommunikativ intensiya va strategiyalarni shakllantirish, nutqiy qarama-qarshilik va ijtimoiy-kuch munosabatlarini yuzaga keltirish, yashirin ma’noni ifodalash, psixologik ta’sirni kuchaytirish hamda syujet dinamikasini ta’minlashdagi kommunikativ-pragmatik roli dalillangan;
ingliz va o‘zbek detektiv romanlari misollari asosida personajlar nutqining mazmuniy, strukturaviy va pragmatik modeli ishlab chiqilib, kommunikativ maqsad, pragmatik intensiya, implikatura, presuppozisiya, nutq aktlari hamda nutqiy ta’sir vositalarining yuzaga kelish mexanizmlari aniqlangan; 
detektiv diskurs doirasida personajlar nutqini lingvopragmatik tahlil qilishning ilmiy-nazariy modeli taklif etilib, ingliz va o‘zbek detektiv romanlari personajlari nutqini qiyosiy baholash metodologiyasi kommunikativ strategiya va taktikalar, nutqiy aktlar, implikatura, presuppozisiya, baholash munosabatlari hamda monologik va dialogik nutq shakllarining funksional-pragmatik xususiyatlarini kompleks hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek detektiv romanlaridagi personajlar nutqi hamda ularning lingvopragmatik xususiyatlarini tahlil qilish asosida ingliz va o‘zbek detektiv romanlaridagi personajlar nutqining lingvopragmatik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish, personajlar nutqida qo‘llanilgan kommunikativ strategiya va diskursni aniqlash hamda ularning badiiy matnda ifodalanish usullarini tavsiflash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar quyidagi loyihalarga joriy etilgan:
ingliz va o‘zbek detektiv romanlari diskursida personajlar nutqining lingvopragmatik xususiyatlari, kommunikativ niyati, nutqiy strategiya va taktikalarini yuzaga chiqaruvchi vositalar, yashirin va ochiq ma’noni ifodalash mexanizmlari, voqelikni subektiv baholash va talqin etish, obrazning individual-psixologik xususiyatlarini ochib berish, shuningdek, jinoyatni aniqlash va fosh etish jarayonida dialogik hamda monologik nutq orqali syujet dinamikasini shakllantirishdagi lingvopragmatik imkoniyatlari aniqlanganligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli ilmiy loyihani shakllantirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 24-oktyabrdagi 1199/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, detektiv asarlarda personaj nutqi syujet rivojini ta’minlovchi, qahramon xarakterini ochib beruvchi va muallifning pragmatik maqsadini ifodalovchi muhim lingvistik vosita ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
detektiv diskursda nutq ishtirokchilarining ijtimoiy maqomi, psixologik holati va muallifning badiiy niyatini ifodalovchi lingvopragmatik vositalarning funksional xususiyatlari aniqlanib, ularning kommunikativ intensiya va strategiyalarni shakllantirish, nutqiy qarama-qarshilik va ijtimoiy-kuch munosabatlarini yuzaga keltirish, yashirin ma’noni ifodalash, psixologik ta’sirni kuchaytirish hamda syujet dinamikasini ta’minlashdagi kommunikativ-pragmatik roli dalillanganligi haqidagi ilmiy natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-son xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 7-noyabrdagi 3482/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida badiiy matnning pragmatik xususiyatlarini tahlil qilish kompetensiyasi mustahkamlangan;
ingliz va o‘zbek detektiv romanlari misollari asosida personajlar nutqining mazmuniy, strukturaviy va pragmatik modeli ishlab chiqilib, kommunikativ maqsad, pragmatik intensiya, implikatura, presuppozisiya, nutq aktlari hamda nutqiy ta’sir vositalarining yuzaga kelish mexanizmlari aniqlanganligi haqidagi xulosalaridan Qarshi radiosining 2026-yil 16-iyun kuni efirga uzatilgan “Millat ruhi” eshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokanali “Oltin voha” Davlat muassasasining 2026-yil 29-iyundagi 17-05/96-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur eshittirishning mazmuni yanada boyitilgan;
detektiv diskurs doirasida personajlar nutqini lingvopragmatik tahlil qilishning ilmiy-nazariy modeli taklif etilib, ingliz va o‘zbek detektiv romanlari personajlari nutqini qiyosiy baholash metodologiyasi kommunikativ strategiya va taktikalar, nutqiy aktlar, implikatura, presuppozisiya, baholash munosabatlari hamda monologik va dialogik nutq shakllarining funksional-pragmatik xususiyatlarini kompleks hisobga olish asosida takomillashtirilganiga oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Erasmus+585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisciplalinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities (Class: Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi boyicha magistratura dasturini ishlab chiqish)” nomli innavatsion loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2026-yil 27-izundagi 3037/02-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosalar badiiy matnni lingvopragmatik tahlil qilish metodikasini takomillashtirish, maxsus fanlar mazmunini boyitish hamda mazkur yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borishda qo‘llanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish