Azimov Akbarjon Niyozidin o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida diniy nutqiy janrlarning lisoniy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5452.
Ilmiy rahbar: Nurmanova Dilfuza Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.07.03.
Rasmiy opponentlar Abdupattoev Muhammadtohir Tojimamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi diniy diskursning muloqot shakllari sistemasidagi o‘rnini belgilash, diniy nutqiy janrlarning lisoniy tabiatini ochib berish hamda ularning o‘ziga xos grammatik va uslubiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi diniy diskurs muloqot shakllari tizimida alohida maqomga ega bo‘lgan mustaqil, institutsional va funksional-semantik hodisa sifatida lingvistik jihatdan asoslab berilib, uning ijtimoiy-kommunikativ tabiati va nutqiy voqelanish shakllari aniqlandi; diniy nutqiy janrlarning kommunikativ tuzilishi, kommunikativ maqsadi va janrga xos barqaror nutq modellari ishlab chiqilgan;
o‘zbek tilidagi diniy nutqiy janrlarning ilk bor tizimli lingvistik tasnifi ishlab chiqildi; mazkur janrlar kommunikativ maqsadi, adresant va adresat munosabati, kompozision tuzilishi, uslubiy belgilari hamda barqaror nutqiy modellariga ko‘ra tavsiflangan;
diniy ma’ruza, duo, zikr, axborot-targ‘ibot, fatvo, tafsirlarning grammatik hamda uslubiy qoliplari ularning adresant ongiga ta’sir ko‘rsatish, diniy-ma’rifiy munosabatni shakllantirish va kommunikativ natijaga erishishga yo‘naltirilgan perlokutiv  mexanizmlari bilan uzviy aloqadorlikda ilmiy asoslangan;
fatvo janrining rasmiy-me’yoriy, dalillashga asoslangan normativ-kommunikativ modeli hamda tafsir janrining izohlash, sharhlash va talqin qilishga yo‘naltirilgan interpretativ lisoniy tabiati ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida diniy nutqiy janrlarning lisoniy tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
diniy diskurs tarkibida shakllanuvchi nutqiy janrlarning struktur-semantik, pragmatik va funksional xususiyatlarini tizimli tahlil qilish, diniy nutqiy janrlar (duo, va’z, xutba, fatvo, tafsir va boshqalar)ning kommunikativ maqsadi, adresant – adresat munosabati, matn tuzilishi, uslubiy vositalari hamda janrga xos leksik-grammatik ko‘rsatkichlariga doir ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-F3-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” (2020-2023) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 5-martdagi 01-1211-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilshunosligida diniy diskurs janrlarining o‘ziga xos lisoniy va pragmatik tabiatini zamonaviy korpus lingvistikasi talablari asosida tizimlashtirish hamda ularning raqamli bazasini shakllantirish imkoniyati kengaygan;
diniy ma’ruza, duolar, fatvolar, zikrlar, tafsirlarning o‘ziga xos bo‘lgan grammatik hamda uslubiy qoliplari ularning perlokutiv mexanizmi bilan uzviy bog‘liqlikda ekanligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Qo‘qon davlat universitetida bajarilgan 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli grant doirasida samarali foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2026-yil 28-apreldagi 102-son ma’lumotnomasi). Natijada grant loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan.
o‘zbek tilidagi diniy nutqiy janrlarning (duo, xutba, zikr, mavlid, tavba, munosabat bildirish va boshqalar) leksik-semantik, pragmatik, stilistik xususiyatlari, yasalish usullari, nutqiy struktura va ularning zamonaviy ommaviy axborot vositalaridagi o‘rniga oid ma’lumotlardan “Farg‘ona viloyati teleradiokanali” davlat muassasasi tomonidan 2025-yil sentyabr va oktyabr oylarida “Assalom, Farg‘ona!”, “Ona tilim” va “Uchinchi renessans” ko‘rsatuvlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbeksiton milliy teleradiokompaniyasi “Farg‘ona viloyati teleradiokanali”ning 2026-yil 13-maydagi 01-12/94-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning ssenariy mazmuni ilmiy-nazariy jihatdan boyitilib, diniy nutqiy janrlarning lisoniy va tarbiyaviy mohiyatini keng omma hamda yoshlar auditoriyasiga ta’sirchan va tushunarli tarzda yetkazish imkoniyati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish