Yusupov Otabek Firnafasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endokrin tizmi kasalliklarini oldini olishning o‘ziga xos gigienik aspektlari», 14.00.07 – Gigiena, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Tib3762.
Ilmiy rahbarlar: Alimuxamedov Dilshod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Munir Ahmad, falasfa doktori (PhD) (Hindiston).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: sog‘liqni saqlash birlamchi tizimida endokrin kasalliklarda bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini tizimli baholashga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birlamchi bo‘g‘in tibbiy yordam tizimida endokrin tizimi kasalliklarining tarqalganlik darajasi, ularning xavf omillari, aholining ovqatlanish tartibi, iste’mol qilinayotgan osh tuzi miqdori va sifati bilan qon glyukozasi tolerantligi o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida oilaviy shifokorlar tomonidan kasallikni erta tashxislash tartibi asoslangan;
shahar va qishloq sharoitida birlamchi tizimda uchraydigan endemik buqoq, gipotireoz va qandli diabetning ikkinchi turida patsientlarning tartibsiz hayot tarzi, ortiqcha tana vazni va tana vazn indeksi bilan bog‘liq sabab-oqibat munosabatlari, ularning xavf omillari hamda qondagi glyukoza miqdori asosida oilaviy shifokorlar tomonidan erta tashxislash tartibi asoslangan;
birlamchi tizimda gipotireoz va endemik buqoq kasalliklarining rivojlanish xavf omillarini o‘z vaqtida aniqlash, xavf omillari shanslar nisbatini ijobiy tomonga keskin pasaytiruvchi gradatsiyalarning kasallikning oldini olish va davolashdagi ahamiyati isbotlangan;
birlamchi tizimda qandli diabetning ikkinchi turida, semizlik, gipotireoz va endemik buqoq kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tizimli algoritmi bemorlar hayot sifatini yaxshilashi, asoratlar rivojlanishining oldini olishi va ularni kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Endokrin tizimi kasalliklarini oldini olishning o‘ziga xos gigienik aspektlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: birlamchi bo‘g‘in tibbiy yordam tizimida endokrin tizimi kasalliklarining tarqalganlik darajasi, ularning xavf omillari, aholining ovqatlanish tartibi, iste’mol qilinayotgan osh tuzi miqdori va sifati bilan qon glyukozasi tolerantligi o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida oilaviy shifokorlar tomonidan kasallikni erta tashxislash tartibi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligini fan va ta’lim boshqarmasining ilmiy faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi bo‘limi kengash tomonidan 24.06.2022 yilda 8-n-m/726-son bilan tasdiqlangan «Sog‘liqni saqlash tizimining birinchi bo‘g‘inida qandli diabetning ikkinchi turi va semizlikni erta tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati Urgench shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 23-son hamda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 03.10.2023 yildagi 4344-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi tizimda oilaviy shifokorlar tomonidan qandli diabetning ikkinchi turi bilan xastalanishning xavf omillarini erta tashxislash natijasida aholi va moyil kontingentlar orasida o‘z vaqtida nazoratga olinmagan patsientlar orasida xastalikning asoratlarini tarqalishi va xastlikning xavf omillarini vaqtida aniqlash va bemorlarnr ro‘yxatga olish orqali samarali tashxislash va davolashni o‘z vaqtida boshlash orqali birlamchi tizimda shifokorlarning ish tartibini va uning o‘rnini baholash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlar salomatligining tiklanishi va erta tashxislash hamda asoratlarning oldini olish maqsadida qandli diabetning ikkinchi turi xavf omillarini oilaviy shifokorlar tomonidan birlamchi bo‘g‘inda erta aniqlash va bemorlarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish hisobiga kasallikning dekompensatsiya holatigacha etib bormasligi ta’minlanadi. Statsionar sharoitida yiliga kamida ikki marta, har safar etti kundan davolanish o‘rniga profilaktik nazorat olib borilishi natijasida kuniga o‘rtacha 109000 so‘mdan hisoblaganda, bir nafar bemorga bir martalik davolanish xarajati – 763000 so‘m, yiliga ikki martalik davolanish xarajati esa 1526000 so‘m iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: shahar va qishloq sharoitida birlamchi tizimda uchraydigan endemik buqoq, gipotireoz va qandli diabetning ikkinchi turida kasalliklarining tartibsiz hayot tarzi, ortiqcha tana vazni va tana vazn indeksi bilan bog‘liq sabab-oqibat munosabatlari, ularning xavf omillari hamda qondagi glyukoza miqdori asosida oilaviy shifokorlar tomonidan erta tashxislash tartibi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligini fan va ta’lim boshqarmasining ilmiy faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi bo‘limi kengash tomonidan 24.06.2022 yilda 8-n-m/726-son bilan tasdiqlangan «Sog‘liqni saqlash tizimining birinchi bo‘g‘inida qandli diabetning ikkinchi turi va semizlikni erta tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati Urgench shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 23-son hamda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 03.10.2023 yildagi 4344-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi tizimda gipoterioz va endemik buqoqning rivojlanishi va xavf omillarni o‘z vaqtida tashxislash, xavf omillarining shanslar nisbatini ijobiy tomonga keskin pasaytiradigan gradatsiyalarning ijtimoiy-gigienik va klinik ko‘rsatkichlari yaxshilash orqali bemorlarning salomatlik holati va turmush tarzini ko‘p bosqichli ijtimoiy-gigienik tahlili natijasida, bemorlarning tibbiy bilim darajasi pastligi, birlamchi muassasalarning shifokorlarning xastlikni o‘z vaqtida baholash mezonlarini inobatga olgan holda birlamchi muassasaning o‘rnini asoslash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: qandli diabetni birlamchi bo‘g‘inda erta tashxislash natijasida bemorlarning asoratlashgan holatda statsionar davolanishga muhtojligi kamayadi. Yiliga kamida ikki marta, har safar etti kundan amalga oshiriladigan statsionar davolanish xarajati (kuniga o‘rtacha 109000 so‘mdan hisoblaganda bir martalik davolanish uchun 763000 so‘m, ikki martalik davolanish uchun yiliga 1526000 so‘m) o‘rniga, kasallikning erta bosqichda aniqlanishi tufayli bemorlar ambulator sharoitda nazoratga olinib, yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘ iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: birlamchi tizimda gipotireoz va endemik buqoq kasalliklarining rivojlanish xavf omillarini o‘z vaqtida aniqlash, xavf omillari shanslar nisbatini ijobiy tomonga keskin pasaytiruvchi gradatsiyalarning kasallikning oldini olish va davolashdagi ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligini fan va ta’lim boshqarmasining ilmiy faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi bo‘limi kengash tomonidan 24.06.2022 yilda 8-n-m/726-son bilan tasdiqlangan «Sog‘liqni saqlash tizimining birinchi bo‘g‘inida qandli diabetning ikkinchi turi va semizlikni erta tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati Urgench shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 23-son hamda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 03.10.2023 yildagi 4344-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tibbiyotning birlamchi tizimida qishloq va shaharning birlamchi tizimida tartibsiz hayot tizimi asosida ortiqcha tana vazni, xavf omillari, qondagi glyukoza, qondagi glyukoza tolerant test tekshirish natijasida oilaviy shifokorning yuklamasini kamaytirish hisobiga ish samaradorligini oshirish tartibi yangi tizimi patsientlarda amalga oshiriladigan jarroxlik amaliyotini kamaytirish va uning natijasida yuzaga keladigan kasallik varaqalariga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: xavf omillarining shanslar nisbatini ijobiy tomonga pasaytiradigan gradatsiyalarni birlamchi bo‘g‘inda aniqlash va ular asosida oldini olish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida qo‘llash natijasida asoratlashgan holatlarni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan (yiliga kamida ikki marta, etti kundan, kuniga o‘rtacha 109000 so‘mdan hisoblaganda bir martalik davolanish uchun 763000 so‘m, ikki martalik davolanish uchun yiliga 1526000 so‘m) mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birlamchi tizimda qandli diabetning ikkinchi turida, semizlik, gipotireoz va endemik buqoq kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tizimli algoritmi bemorlar hayot sifatini yaxshilashi, asoratlar rivojlanishining oldini olishi va ularni kamaytirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligini fan va ta’lim boshqarmasining ilmiy faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi bo‘limi kengash tomonidan 24.06.2022 yilda 8-n-m/726-son bilan tasdiqlangan «Sog‘liqni saqlash tizimining birinchi bo‘g‘inida qandli diabetning ikkinchi turi va semizlikni erta tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati Urgench shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 23-son hamda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 03.10.2023 yildagi 4344-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi:birlamchi tizimda endemik buqoq, gipoterioz, semizlik, qandli diabetning ikkinchi turini oldini olish qaratilgan algortmining joriy qilinish va uning tatbiq asosida bemorlarning hayot sifatini baholash endokrin tizimi kasalliklari natijasida yuzaga keladigan asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tizimli profilaktika algoritmining birlamchi bo‘g‘inda amaliyotga joriy etilishi endokrin tizimi xastaliklar bo‘yicha erta tashxislash va asoratlarning oldini olish samarasini mujassamlashtiradi. Natijada har bir bemor bo‘yicha yiliga kamida ikki marta, etti kundan statsionar davolanish ehtiyojining oldini olinishi hisobiga (kuniga o‘rtacha 109000 so‘mdan hisoblaganda bir martalik davolanish uchun 763000 so‘m, ikki martalik davolanish uchun yiliga 1526000 so‘m) mablag‘lar iqtisod qilinadi.