Yuldasheva Sayyora Xudayberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bronxial astmani davolashda dorivor o‘simliklar asosida tayyorlangan dori vositalarining astmaga qarshi potensiali», 14.00.41 – Xalq tabobati (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3096.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Abdulloev Obidjon Shaxabiddinovich, kimyo fanlari doktori (DSc), dotsent; Mamatkulova Surayyo Abdusamatovna, kimyo fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
o‘simlik preparatlaridan qizilmiya ildizining astmaga qarshi potensialini va ularning bronxial astmani davolashda samaradorligini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzoq muddatli ta’sirga ega beta-adrenergik agonistlar, ingalyasiyalangan kortikosteroidlar va xalq tabobati usullari orqali olingan qizilmiya ildizi ekstrakti kombinatsiyasining sezilarli immunomodulyasion xususiyatlarga egaligi, hamda yallig‘lanishga qarshi ta’siri yuqoriligi aniqlangan va bronxial astmani kechishini boshqarish uchun yangi strategiyaga asoslangan;
uzoq muddatli ta’sirga ega beta-adrenergik agonistlar, ingalyasiyalangan kortikosteroidlar va xalq tabobati usullari orqali olingan qizilmiya ildizi ekstraktidan bronxial astmani davolashda integrativ yondashuv tashqi nafas ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada yaxshilanganligi, ijobiy klinik natijalarga erishilganligi isbotlangan;
uzoq muddatli ta’sirga ega beta-adrenergik agonistlar, ingalyasiyalangan kortikosteroidlar va xalq tabobati usullari orqali olingan qizilmiya ildizi ekstraktini o‘z ichiga olgan yangi terapevtik yondashuv yallig‘lanishga qarshi sitokinlar: interleykin-4 (IL-4), interleykin-5 (IL-5), interleykin-13 (IL-13) va immunoglobulin E (IgE) darajalarining ishonchli pasaytirishi aniqlangan;
uzoq muddatli ta’sirga ega beta-adrenergik agonistlar, ingalyasiyalangan kortikosteroidlar va xalq tabobati usullari orqali olingan qizilmiya ildizi ekstraktining kombinatsiyasi bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada oshirishi, jumladan, kundalik faoliyatdagi cheklovlarni kamaytirishi, jismoniy faollikni, umumiy salomatlik va hissiy holatning yaxshilashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bronxial astmani davolashda dorivor o‘simliklar asosida tayyorlangan dori vositalarining astmaga qarshi potensiali bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 22.10.2024 y. 07/30-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: uzoq muddatli ta’sirga ega beta-adrenergik agonistlar, ingalyasiyalangan kortikosteroidlar va xalq tabobati usullari orqali olingan qizilmiya ildizi ekstrakti kombinatsiyasining sezilarli immunomodulyasion xususiyatlarga egaligi, hamda yallig‘lanishga qarshi ta’siri yuqoriligi aniqlangan va bronxial astmani kechishini boshqarish uchun yangi strategiyaga asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi (09.02.2024 y. 33-son buyrug‘i) va Xorazm viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi (25.01.2024 y. 6-I/CH-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Qizilmiya ildizi ekstraktining klinik-immunologik samaradorligini an’anaviy davolash usullari bilan solishtirishda olingan ilmiy natijalar asosida bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda klinik-immunologik ko‘rsatkichlar va tashqi nafas olish funksiyasi baholanadi. Ushbu ko‘rsatmalar erta tashxis qo‘yish, klinik ko‘rsatkichlar va immunologik holatni, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning asoratlarini oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Qizilmiya ildizi ekstraktini qo‘llash kasallikning faolligini kamaytirish va o‘pkalarning funksional ko‘rsatkichlarini samarali yaxshilash imkonini beradi. Mazkur usulni amaliyotga joriy etish tekshiruvlar sonini va statsionarda bo‘lishning o‘rtacha davomiyligini 3 kunga kamaytirish imkonini berdi, buning natijasida davlat byudjetidan 390000 so‘m tejaldi (ko‘p tarmoqli klinikaning terapiya bo‘limida bir koyka-kunning narxi 130000 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: uzoq muddatli ta’sirga ega beta-adrenergik agonistlar, ingalyasiyalangan kortikosteroidlar va xalq tabobati usullari orqali olingan qizilmiya ildizi ekstraktining kombinatsiyalangan terapiyasi asosiy terapiya bilan solishtirganda eozinofillar darajasining 47.5% ga pasayishiga yordam beradi, bu uzoq muddatli ta’sirga ega beta-adrenergik agonistlar va ingalyasiyalangan kortikosteroidlar bilan birgalikda yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qizilmiya ildizining immunomodulyasion xususiyatlarini ko‘rsatadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: uzoq muddatli ta’sirga ega beta-adrenergik agonistlar, ingalyasiyalangan kortikosteroidlar va xalq tabobati usullari orqali olingan qizilmiya ildizi ekstraktidan bronxial astmani davolashda integrativ yondashuv tashqi nafas ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada yaxshilanganligi, ijobiy klinik natijalarga erishilganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi (09.02.2024 y. 33-son buyrug‘i) va Xorazm viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi (25.01.2024 y. 6-I/CH-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Kasallikning erta diagnostika qilish va oldini olish, kasallik faolligini kamaytirish va remissiyaga erishish ko‘rsatkichlarini sonini ko‘paytirish imkonini berdi, bu bemor uchun dori vositalarini tejashga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Shifoxonada bir kunda dori vositalari xarajatlari 60000 so‘mni tashkil etadi, buning natijasida ikki kun davolanishda 180000 so‘mni tejaldi. Xulosa: standart terapiyadan farqli o‘laroq, uzoq muddatli ta’sirga ega beta-adrenergik agonistlar, ingalyasiyalangan kortikosteroidlar va xalq tabobati usullari orqali olingan qizilmiya ildizi ekstraktining kombinatsiyalangan terapiyasi tananing elektrolitlar muvozanatiga, xususan, qon zardobidagi kaliy darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va elektrolitlar muvozanatining buzilishiga olib kelishi mumkin.
uchinchi ilmiy yangilik: uzoq muddatli ta’sirga ega beta-adrenergik agonistlar, ingalyasiyalangan kortikosteroidlar va xalq tabobati usullari orqali olingan qizilmiya ildizi ekstraktini o‘z ichiga olgan yangi terapevtik yondashuv yallig‘lanishga qarshi sitokinlar: interleykin-4 (IL-4), interleykin-5 (IL-5), interleykin-13 (IL-13) va immunoglobulin E (IgE) darajalarining ishonchli pasaytirishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi (09.02.2024 y. 33-son buyrug‘i) va Xorazm viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi (25.01.2024 y. 6-I/CH-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Ambulatoriya murojaatlari sonini kamaytirish: qizilmiya ildizining ekstraktini oladigan bronxial astma bilan kasallangan bemorlarda kompleks terapiyadan foydalanish ambulatoriy murojaatlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Poliklinikaga tashrif buyurgan bir kunga mablag‘lar 40000 so‘mni tashkil etadi, bu 10 bemorga 400000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: uzoq muddatli ta’sirga ega beta-adrenergik agonistlar, ingalyasiyalangan kortikosteroidlar va xalq tabobati usullari orqali olingan qizilmiya ildizi ekstraktining kombinatsiyalangan terapiyasi tashqi nafas olish ko‘rsatkichlarini tiklashga, astma simptomlarini nazorat qilish va bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: uzoq muddatli ta’sirga ega beta-adrenergik agonistlar, ingalyasiyalangan kortikosteroidlar va xalq tabobati usullari orqali olingan qizilmiya ildizi ekstraktining kombinatsiyasi bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada oshirishi, jumladan, kundalik faoliyatdagi cheklovlarni kamaytirishi, jismoniy faollikni, umumiy salomatlik va hissiy holatning yaxshilashi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi (09.02.2024 y. 33-son buyrug‘i) va Xorazm viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi (25.01.2024 y. 6-I/CH-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Klinik-laborator tahlillar o‘tkazish: bronxial astmani diagnostika qilish va monitoring qilish uchun klinik-laborator va klinik-asbob-uskunalar tahlillarini o‘tkazish asoratlarni erta aniqlash va oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Byudjet mablag‘larini tejash statsionarda bo‘lgan har bir kun ichida bir bemor uchun 130000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: taklif etilgan davolash usuli bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda yallig‘lanishga qarshi sitokinlar: IL-4, IL-5 va IgE darajasini standart terapiyaga nisbatan ko‘proq kamaytirishga yordam beradi, yallig‘lanishga qarshi ta’siri yuqoriligini ko‘rsatadi.