Gafurova Saboxat Shayunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’sirlangan ichak sindromida nevrotik buzilishlarning differensial tahlili va unda tibbiy-psixologik yordamni takomillashtirish», 19.00.04 - Tibbiy psixologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Tib7024.
Ilmiy rahbar: Ibodullaev Zarifboy Rajabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Abdumo‘min Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’sirlangan ichak sindromida nevrotik buzilishlarni differensial tahlili va ularda tibbiy psixologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’sirlangan ichak sindromining gipermotor klinik turida xavotir va obsessiv-fobik buzilishlar, gipomotor turida nevrotik depressiya va isteriya, har ikkala turida esa vegetativ disfunksiya bilan astenik sindromning ustunligi aniqlangan;
visseral sezuvchanlik indeksi ko‘rsatkichlarining gipermotor variantda sezilarli yuqori bo‘lishi, qo‘rquv va vahima simptomlarining yosh ortishi bilan kuchayib borishi hamda VSI va xavotir darajasi o‘rtasida kuchli musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
ta’sirlangan ichak sindromi bilan kasallangan bemorlarda nevrotik buzilishlar mavjud bo‘lgan holatlarda hayot sifati shkalasining “disforiya”, “faoliyat cheklanishi”, “sog‘liqdan xavotir” va “ovqatga cheklov” domenlari ko‘rsatkichlari 2 barobar yomonlashishi hamda psixoemotsional buzilishlar kasallikning ijtimoiy dezadaptatsiyasini belgilovchi mustaqil omil ekanligi isbotlangan;
kompleks psixoterapevtik yondashuvni standart gastroenterologik davolash bilan birgalikda qo‘llash orqali nevrotik va somatik simptomlarining ishonchli kamayishi, visseral gipersezuvchanlik darajasining pasayishi va bemorlarning kundalik faolligi hamda ijtimoiy moslashuvi yaxshilanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ta’sirlangan ichak sindromida nevrotik buzilishlar va unda tibbiy psixologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ta’sirlangan ichak sindromining gipermotor klinik turida xavotir va obsessiv-fobik buzilishlar, gipomotor turida nevrotik depressiya va isteriya, har ikkala turida esa vegetativ disfunksiya bilan astenik sindromning ustunligi aniqlanganligi buyicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 22 dekabrdagi 12-23/222 t-son ma’lumotnoma bilan tasdiqlangan “Ta’sirlangan ichak sindromida xavotir buzilishlarni diagnostikasi va psixoterapiyasi algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur ilmiy ishlanmalar Milliy tibbiyot markazi 10.02.2024 yildagi 01-3/17 sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi 1.04.2024 yildagi 2 sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etilgan, amaliyotiga tadbiq qilingan bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirli huzuridagi, ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 01/12 xulosasi ma`lumotnomasi bilan tasdiklangan. Ijtimoiy samaradorligi: TIS bilan og‘rigan bemorlarda nevrotik buzilishlarni erta boskichda aniqlash orqali kasallikning surunkali formalariga o‘tib ketishi va takroriy statsionar va ambulator davolanish va surunkali psixoematsional sindromlarning rivojlanishining oldi olingan shu bilan birga ijtimoiy muhitga moslashish, bemorlarning oiladagi va ish joyidagi faolligi tiklashga erishildi. Iqtisodiy samaradorlik: TISda nevrotik buzilishlar va psixoemotsional sindromlar e`tiborga olinmasa, stressni kamaytirish, xavotirni boshkarish va turmush tarzini yaxshilash kabi psixologik yondoshuvlar samarasiz bo‘lib, davolash jarayonini uzoqlashtirib, bemorning hayot sifatini pasaytiradi. TISda nevrotik buzilishlarni erta aniqlash va davolash har bir bemor uchun byudjet hisobidan 1258000 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: TIS bilan og‘rigan bemorlarda nevrotik buzilishlarni erta aniqlash va ularni individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda kompleks davolash kasallikning surunkali shakllarga o‘tib ketishini oldini olib, bemorning ijtimoiy moslashuvini, oilaviy va mehnat faolligini tiklashga xizmat qildi hamda davolash xarajatlarini optimallashtirish orqali har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: visseral sezuvchanlik indeksi ko‘rsatkichlarining gipermotor variantda sezilarli yuqori bo‘lishi, qo‘rquv va vahima simptomlarining yosh ortishi bilan kuchayib borishi hamda VSI va xavotir darajasi o‘rtasida kuchli musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 22 dekabrdagi 12-23/222 t-son ma’lumotnoma bilan tasdiqlangan “Ta’sirlangan ichak sindromida xavotir buzilishlarni diagnostikasi va psixoterapiyasi algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur ilmiy ishlanmalar Milliy tibbiyot markazi 10.02.2024 yildagi 01-3/17 sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi 1.04.2024 yildagi 2 sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etilgan, amaliyotiga tadbiq qilingan bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirli huzuridagi, ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 01/12 xulosasi ma`lumotnomasi bilan tasdiklangan. Ijtimoiy samaradorligi: TISda vitseral sezuvchanlik indeksini bartaraf etish yoki pasaytirish bemorlarda ijtimoiy izolyasiyaning kamayishi, ovqatlashishga bo‘lgan cheklovlar, oilaviy va jamoaviy munosabatlar tiklanishi va hayot sifati yaxshilanishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: visseral sezuvchanlik indeksini kamaytirish orqali qayta qayta shifokorga murojaat qilish, ortiqcha tekshiruvlardan o‘tish, dorilarni ko‘p iste’mol qilish va qayta statsionar davolanish xolatlari kamayib, davolash jarayoni optimallashtirildi va tibbiy xizmatlarga sarflanadigan byudjet xarajatlarini 1258000 so‘mga tejash imkonini berdi. Xulosa: takomillashtirilgan tibbiy psixologik yordamni tashkil etish bo‘yicha yondoshuv TISda visseral sezuvchanlik indeksini kamaytirada va ijtimoiy iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ta’sirlangan ichak sindromi bilan kasallangan bemorlarda nevrotik buzilishlar mavjud bo‘lgan holatlarda hayot sifati shkalasining “disforiya”, “faoliyat cheklanishi”, “sog‘liqdan xavotir” va “ovqatga cheklov” domenlari ko‘rsatkichlari 2 barobar yomonlashishi hamda psixoemotsional buzilishlar kasallikning ijtimoiy dezadaptatsiyasini belgilovchi mustaqil omil ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 22 dekabrdagi 12-23/222 t-son ma’lumotnoma bilan tasdiqlangan “Ta’sirlangan ichak sindromida xavotir buzilishlarni diagnostikasi va psixoterapiyasi algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur ilmiy ishlanmalar Milliy tibbiyot markazi 10.02.2024 yildagi 01-3/17 sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi 1.04.2024 yildagi 2 sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etilgan, amaliyotiga tadbiq qilingan bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirligining huzuridagi, ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 01/12 xulosasi ma`lumotnomasi bilan tasdiklangan. Ijtimoiy samaradorligi: TISda hayot sifatini bemorlarni psixologik holatini hisobga olgan holda kognitiv bixevioral psixoterapiyani bazis gastroenterologik davolash bilan birgalikda qo‘llash bemorlarning psixoemotsional barqarorligini oshirib, ijtimoiy moslashuvini yaxshilash, oilaviy va mehnat faoliyatini tiklashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: psixokorreksion tadbirlarni bazis davo bilan integratsiya qilish orqali davolash jarayoni qisqarib, takroriy murojaatlar va qayta statsionar davolanish xolatlari kamayadi, bu esa tibbiy xizmatlarga sarflanadigan byudjet xarajatlarini optimallashtirish imkonini berdi. Xulosa: moslashtirilgan kognitiv-bixevioral psixoterapiyani TISni kompleks davolash tizimiga joriy etish bemorlardagi psixoemotsional buzilishlarni samarali korreksiya qilishni ta’minlab, ularning hayot sifatini oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy foydaga erishish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kompleks psixoterapevtik yondashuvni standart gastroenterologik davolash bilan birgalikda qo‘llash orqali nevrotik va somatik simptomlarining ishonchli kamayishi, visseral gipersezuvchanlik darajasining pasayishi va bemorlarning kundalik faolligi hamda ijtimoiy moslashuvi yaxshilanishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 22 dekabrdagi 12-23/222 t-son ma’lumotnoma bilan tasdiqlangan “Ta’sirlangan ichak sindromida xavotir buzilishlarni diagnostikasi va psixoterapiyasi algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur ilmiy ishlanmalar kuzatiladigan Milliy tibbiyot markazi 10.02.2024 yildagi 01-3/17 sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi 1.04.2024 yildagi 2 sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etilgan, amaliyotiga tadbiq qilingan bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirli huzuridagi, ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 01/12 xulosasi ma`lumotnomasi bilan tasdiklangan. Ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan tibbiy-psixologik mezon TIS bemorlarda nevrotik buzilishlar, visseral sezuvchanlik indeksi va hayot sifati darajasini erta aniqlash kasallikni surunkali shakllarga o‘tib ketishini kamaytirib, ijtimoiy moslashuv, oilaviy va mehnat faolligini tiklashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: nevrotik buzilishlarni erta aniqlash va maqsadli psixokorreksiya davolash jarayonini optimallashtirib, har bir bemor uchun o‘rtacha 1258000 so‘m byudjet mablag‘ini tejash imkonini berdi. Xulosa: mazkur mezon TISda nevrotik va psixoemotsional buzilishlarni, visseral sezuvchanlik indeksini va hayot sifati ko‘rsatkichlarini samarali korreksiya qilish, kasallik og‘irligini kamaytirish va davolash xarajatlarini qisqartirishda yuqori klinik ijtimoiy ahamiyatga ega.