Aziziy Azizxon Abdullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy tarqalgan oshqozon saratoni kechishini prognozlashda mul`tidissiplinar yondashuv», 14.00.14 - Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4292.
Ilmiy rahbar: Gafur-Axunov Mirza Aliyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: FDBU «N.N.Bloxin nomidagi Onkologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi» ixtisoslashtirilgan onkologik statsionarida va RIOvaRIATMning Toshkent viloyati filialida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:
Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSs.06/2025.27.12.Tib.01.08.
Rasmiy opponentlar: Xudoyarov Sanjarbek Sarvarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Gulamov Olim Mirzoxitovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi IIa–IIIb bosqichdagi me’da saratoni bilan og‘rigan bemorlarda klinik-morfologik va molekulyar-biologik prediktorlarni aniqlash orqali uzoq muddatli yashovchanlikni belgilab beruvchi sabab-oqibat mexanizmlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan izohlanadi:
mahalliy tarqalgan oshqozon saratonining IIIa-IIIb bosqichlarida 5 yil va undan ortiq yashovchanlik 63,2% bemorlarda kuzatilishi hamda u ayol jinsi, 60 yoshgacha bo‘lgan bemorlar, Lauren bo‘yicha ichak tipi va yuqori/o‘rtacha differensiyalangan o‘smalar bilan ishonchli bog‘liq ekanligi isbotlangan;
Lauren bo‘yicha diffuz tip, Borman III–IV turdagi infil`trativ o‘sish shakllari va past differensiyalangan (G3) o‘smalar yuqori invazivlik, erta limfogen disseminatsiya hamda yashovchanlik medianasining 24,5 oygacha pasayishi bilan tavsiflanishi isbotlangan;
Ki-67, VEGFR, p53 va Bcl-2 immunogistokimyoviy markerlarining yuqori ekspressiyasi umumiy va residivsiz yashovchanlikning pasayishi bilan ishonchli bog‘liq ekani hamda agressiv proliferativ-angiogen fenotip shakllanishida muhim ahamiyatga egaligi asoslangan;
mahalliy tarqalgan oshqozon saratonida o‘smaning klinik-morfologik va immungistokimyoviy xususiyatlarini kompleks baholash bemorlarni prognostik jihatdan stratifikatsiya qilish va jarrohlik davolashning uzoq muddatli natijalarini aniqroq prognoz qilish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy tarqalgan oshqozon saratoni kechishini prognozlashda mul`tidissiplinar yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: mahalliy tarqalgan oshqozon saratonining IIIa-IIIb bosqichlarida 5 yil va undan ortiq yashovchanlik 63,2% bemorlarda kuzatilishi hamda u ayol jinsi, 60 yoshgacha bo‘lgan bemorlar, Lauren bo‘yicha ichak tipi va yuqori/o‘rtacha differensiyalangan o‘smalar bilan ishonchli bog‘liq ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar TXKMRM qoshidagi Ilmiy kengashining 2025 yil 29 oktyabrdagi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahalliy tarqalgan me’da saratonining prognoztik omillari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialining 10.11.2025 yildagi 19-son va Xorazm viloyati filialining 11.11.2025 yildagi 138-1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi №01/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: mahalliy tarqalgan oshqozon saratonida bemorlarning klinik va morfologik xususiyatlarini kompleks baholash yuqori xavf guruhlarini erta aniqlash, davolash taktikasini individuallashtirish hamda bemorlarning uzoq muddatli yashovchanligini yaxshilash imkonini berishidan iborat. Iqtisodiy samaradorlik: klinik va morfologik omillarni kompleks baholash asosida davolash taktikasini maqbul tanlash natijasida ortiqcha diagnostik va davolash tadbirlari qisqartirilib, statsionar davolash muddatining kamayishi hamda har bir bemor uchun o‘rtacha 1 135 000 so‘m mablag‘ni tejashga erishiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Lauren bo‘yicha diffuz tip, Borman III–IV turdagi infil`trativ o‘sish shakllari va past differensiyalangan (G3) o‘smalar yuqori invazivlik, erta limfogen disseminatsiya hamda yashovchanlik medianasining 24,5 oygacha pasayishi bilan tavsiflanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar TXKMRM qoshidagi Ilmiy kengashining 2025 yil 29 oktyabrdagi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahalliy tarqalgan me’da saratonining prognoztik omillari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialining 10.11.2025 yildagi 19-son va Xorazm viloyati filialining 11.11.2025 yildagi 138-1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi №01/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: mahalliy tarqalgan oshqozon saratonining morfologik xususiyatlarini baholash kasallikning agressiv kechish ehtimolini o‘z vaqtida aniqlash, bemorlarni xavf guruhlari bo‘yicha stratifikatsiya qilish va davolash natijalarini yaxshilash imkonini berishidan iborat. Iqtisodiy samaradorlik: morfologik prognoz omillarini amaliyotga joriy qilish natijasida davolash hajmini maqbullashtirish va statsionarda bo‘lish muddatini qisqartirish hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha 1 110 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: Ki-67, VEGFR, p53 va Bcl-2 immunogistokimyoviy markerlarining yuqori ekspressiyasi umumiy va residivsiz yashovchanlikning pasayishi bilan ishonchli bog‘liq ekani hamda agressiv proliferativ-angiogen fenotip shakllanishida muhim ahamiyatga egaligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar TXKMRM qoshidagi Ilmiy kengashining 2025 yil 29 oktyabrdagi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahalliy tarqalgan me’da saratonining prognoztik omillari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialining 10.11.2025 yildagi 19-son va Xorazm viloyati filialining 11.11.2025 yildagi 138-1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi №01/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: Ki-67, VEGFR, p53 va Bcl-2 immunogistokimyoviy markerlarini baholash o‘smaning biologik agressivligini erta aniqlash, bemorlarni individual davolash taktikasini belgilash va kasallik natijalarini prognoz qilish imkonini berishidan iborat. Iqtisodiy samaradorlik: immunogistokimyoviy tadqiqot natijalarini davolash taktikasini tanlashda qo‘llash orqali statsionar davolash muddati qisqartirilib, har bir bemor uchun o‘rtacha 980 000 so‘m mablag‘ni tejashga erishiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mahalliy tarqalgan oshqozon saratonida o‘smaning klinik-morfologik va immungistokimyoviy xususiyatlarini kompleks baholash bemorlarni prognostik jihatdan stratifikatsiya qilish va jarrohlik davolashning uzoq muddatli natijalarini aniqroq prognoz qilish imkonini berishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar TXKMRM qoshidagi Ilmiy kengashining 2025 yil 29 oktyabrdagi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahalliy tarqalgan me’da saratonining prognoztik omillari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialining 10.11.2025 yildagi 19-son va Xorazm viloyati filialining 11.11.2025 yildagi 138-1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi №01/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: mahalliy tarqalgan oshqozon saratonida klinik, morfologik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida bemorlarni prognostik stratifikatsiya qilish davolash taktikasini ilmiy asosda tanlash, kasallikning uzoq muddatli natijalarini bashorat qilish hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini berishidan iborat. Iqtisodiy samaradorlik: ishlab chiqilgan mul`tidissiplinar yondashuvni amaliyotga joriy qilish orqali diagnostik va davolash tadbirlarini maqbullashtirish, statsionar davolash muddatini qisqartirish hamda har bir bemor uchun o‘rtacha 1 240 000 so‘m mablag‘ni tejashga erishiladi.