Mirsaliev Erkin Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida muammoli kreditlarni oldini olish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3. PhD/Iqt4451.
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrobshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xujamurotov Abbos Mardonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida muammoli kreditlarni oldini olish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida kredit riskini aniqlash va prognoz qilish mexanizmi mijozning moliyaviy holati, to‘lov intizomi, tranzatsion faolligi va xulqiy xususiyatlariga oid katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida ehtimoliy defolt xavfini erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi sun’iy intellektga asoslangan skoring modeli taklif etish orqali takomillashtirilgan;
tijorat banklarida kreditlash jarayonini tashkil etish uslubiyotini takomillashtirish doirasida anderrayter xulosasi asosida standartlashtirilgan va risk darajasi past bo‘lgan kredit arizalari bo‘yicha qaror qabul qilishni kredit qo‘mitasidan tashqari tartibda amalga oshirish orqali kredit ajratish muddatini qisqartirish va operatsion samaradorlikni oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
kreditlash amaliyotida kredit riskini pasaytirish maqsadida investision va tijorat loyihalarini moliyalashtirishda qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hissasini kamida 30 foiz darajasida belgilash orqali qarz oluvchining moliyaviy mas’uliyatini kuchaytirish va loyihaning defolt xavfini 5–10 foizgacha kamaytirish imkoni asoslangan;
jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotini tartibga solish mexanizmi takomillashtirilib, unda qarz oluvchining oylik to‘lov yukini uning daromadiga nisbatan 50 foizdan ortiq bo‘lishiga olib keluvchi kreditlarni ajratishni cheklash orqali chakana kredit portfeli sifatini yaxshilash va aholining ortiqcha qarzdorlikka kirib qolish xavfini pasaytirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston tijorat banklarida muammoli kreditlarni oldini olish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar asosida: 
tijorat banklarida kredit riskini aniqlash va prognoz qilish mexanizmi mijozning moliyaviy holati, to‘lov intizomi, tranzatsion faolligi va xulqiy xususiyatlariga oid katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida ehtimoliy defolt xavfini erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi sun’iy intellektga asoslangan skoring modeli taklif etish orqali takomillashtirish taklifidan Mikrokreditbank ATBning 2024-yil uchun kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (Mikrokreditbank ATBning 2025-yil 10-oktyabrdagi №05-12/22013-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kreditlar bo‘yicha qaror qabul qilishning yanada shaffof tizimini yaratish, risklarini tezkor aniqlash va bank kredit portfelidagi muammoli kreditlar hajmining kamayishiga, jumladan, Mikrokreditbank ATBda muammoli kreditlar hajmi 2024-yil 1-yanvar holatiga (865 mlrd.so‘m – jami kredit portfelining 6 foizi) nisbatan 2025-yil 1-yanvarda (804 mlrd. so‘m – jami kredit portfelining 4,6 foizi) 1,4 foizga kamayishiga erishilgan;
tijorat banklarida kreditlash jarayonini tashkil etish uslubiyotini takomillashtirish doirasida anderrayter xulosasi asosida standartlashtirilgan va risk darajasi past bo‘lgan kredit arizalari bo‘yicha qaror qabul qilishni kredit qo‘mitasidan tashqari tartibda amalga oshirish orqali kredit ajratish muddatini qisqartirish va operatsion samaradorlikni oshirish taklifi Mikrokreditbank ATBning 2024-yilda  ishlab chiqilgan Kredit siyosatida o‘z aksini topgan (Mikrokreditbank ATBning 2025-yil 10-oktyabrdagi №05-12/22013-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yilda hududiy filiallarda kredit hujjatlarini ko‘rib chiqish va kreditlash jarayonining 1,2 barobar tezlashishiga, bank kredit portfeli hajmini 2025-yil 1-yanvar holatida (17,416 mlrd.so‘m) 2024-yilning 1-yanvar holatiga (14,437mlrd) nisbatan 28 foizga o‘sishiga erishilgan; 
kreditlash amaliyotida kredit riskini pasaytirish maqsadida investision va tijorat loyihalarini moliyalashtirishda qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hissasini kamida 30 foiz darajasida belgilash orqali qarz oluvchining moliyaviy mas’uliyatini kuchaytirish va loyihaning defolt xavfini 5–10 foizgacha kamaytirish taklifidan Mikrokreditbank ATBning 2024-yil uchun kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (Mikrokreditbank ATBning 2025-yil 10-oktyabrdagi №05-12/22013-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mijozning o‘zi ham loyihani amalga oshirishda bevosita ishtirok etib, kredit risklarini kamaytirishda mijozlarning ham ma’suliyati oshgan, natijada 2024-yilda ushbu usul yordamida kredit risklarining 8 foizga kamayishiga erishilgan;
jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotini tartibga solish mexanizmi takomillashtirilib, unda qarz oluvchining oylik to‘lov yukini uning daromadiga nisbatan 50 foizdan ortiq bo‘lishiga olib keluvchi kreditlarni ajratishni cheklash orqali chakana kredit portfeli sifatini yaxshilash va aholining ortiqcha qarzdorlikka kirib qolish xavfini pasaytirish taklifidan Mikrokreditbank ATBning 2024-yil uchun “Kredit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Mikrokreditbank ATBning 2025-yil 10-oktyabrdagi №05-12/22013-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talablar qat’iylashtirilishi natijasida bank kredit portfelida muammoli kreditlar hajmi 2024-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 6,0 foizdan, 2025-yil 1-yanvar holatiga 4,6 foizgacha kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish