Kuralbaev Jo‘rabek Aybekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishga erishishda energiya tizimidan samarali foydalanishning statistik tadqiqoti”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6360.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziboev Behzod Hamidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Mullabaev Baxtiyor Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rajabov Alibek Xushnudbekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishida energetika iste’moli ta’sirining statistik tadqiqotini amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sish va energiya tizimi orasidagi bog‘liqlikni vaqtlararo o‘zgaruvchan komponentlarga ajratilib, dinamik tebranishning sodir bo‘lish davri va chastotasini aniqlash maqsadida to‘lqinli tahlil (Wavelet analysis) (R_xy^2 (τ,s)=|S(s^(-1) W_xy (τ,s)|^2/(S(s^(-1) |W_x (τ,s)|^2 S(s^(-1) |W_y (τ,s)|^2 )) amalga oshirilgan;
O‘zbekiston Respublikasida energiya iste’molining iqtisodiy o‘sishga qisqa muddatli (D(GAS)=0.25) va uzoq muddatli (GAS=0.85) ta’sir koeffisientlari, kam sonli kuzatuvlar uchun mustahkam natijalarni beruvchi Autoregressive Distributed Lag (ARDL) modeli asosida ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasida energiya iste’molining iqtisodiy o‘sishga ta’siridagi noaniqliklarini bartaraf etishda barqarorlikni ta’minlash, resurslar sarfini optimallashtirish, narx, zaxira, xavfsizlik va rejalashtirishni aniqlashning turli darajalarida (to‘plamning 20 foizdan 80 foizigacha) baholash imkonini beruvchi kvantil regressiya modeli Q_(〖GDPG〗_t ) (τ∣X=x)=a’(τ)+X_t^’ β(τ) taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasida energiya iste’moli (tabiiy gaz misolida) ko‘rsatkichlari ARIMA modeli asosida 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishga erishishda energiya tizimi ta’sirining statistik tadqiqotini amalga oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sish va energiya tizimi orasidagi bog‘liqlikni vaqtlararo o‘zgaruvchan komponentlarga ajratilib, dinamik tebranishning sodir bo‘lish davri va chastotasini aniqlash maqsadida to‘lqinli tahlil bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 20-maydagi 7-1641-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1991–2024-yillarda iqtisodiy o‘sish va energiya iste’moli orasidagi dinamik bog‘lanishlarning darajalarini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan, energiya iste’moli va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikni to‘lqinli tahlil yordamida dinamik korrelyasiyasini tahlil qilish orqali ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning samaradorligi oshgan hamda iqtisodiy o‘sishda energiyadan samarali foydalanish va tabiiy gaz energiyasi iste’molini oshirishga oid takliflarni ishlab chiqish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasida energiya iste’molining iqtisodiy o‘sishga qisqa muddatli (D(GAS)=0.25) va uzoq muddatli (GAS=0.85) ta’sir koeffisientlari, kam sonli kuzatuvlar uchun mustahkam natijalarni beruvchi Autoregressive Distributed Lag (ARDL) modeli Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 20-maydagi 7-1641-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz iste’molining iqtisodiy o‘sishga qisqa va uzoq muddatli ta’sirini ifodalovchi koeffisientlarni hisoblash imkoniyati yaratilib, qisqa muddatda tabiiy gaz iste’molining 1 foizga oshishi orqali iqtisodiy o‘sishni 0.25 foizga va uzoq muddatda esa 0.85 foizga oshirishi mumkinligi aniqlangan hamda ushbu modeli yordamida viloyatda uzoq va qisqa muddatda tabiiy gaz iste’molini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishga erishishni ta’minlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasida energiya iste’molining iqtisodiy o‘sishga ta’siridagi noaniqliklarini bartaraf etishda barqarorlikni ta’minlash, resurslar sarfini optimallashtirish, narx, zaxira, xavfsizlik va rejalashtirishni aniqlashning turli darajalarida (to‘plamning 20 foizdan 80 foizigacha) baholash imkonini beruvchi kvantil regressiya modeli Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 20-maydagi 7-1641-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz iste’moli iqtisodiy o‘sishning barcha kvantillarida iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlanib, mintaqalarda energiya sohasini rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishga erishishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasida energiya iste’moli (tabiiy gaz misolida) ko‘rsatkichlari ARIMA modeli asosida 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 20-maydagi 7-1641-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi va Xorazm viloyatida iqtisodiy o‘sishga erishishda tabiiy gaz iste’molining oshirilishiga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.