Xojiev Amriddin Kuchakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Janubiy Hisor zonasidagi (Janubiy Tyan-Shan) gabbro-plagiogranitoidlili seriyasining petrologik-geokimyoviy xususiyatlari va ma’dandorligi”, 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Ilmiy rahbar: Mamadjanov Yunus, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasi Geologiya, zilzilabardosh qurilish va seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.31/2025.27.12.GM.06.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarozikov Usmonjon Dovronovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Divaev Farid Karibovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tojikiston Respublikasi hududidagi Janubiy Hisor zonasining Janubiy Tiyon-Shon qismidagi gabbro-plagiogranitoidli seriyasining petrologik-geokimyoviy xususiyatlari, geodinamik shakllanish sharoitlari, petrogenezisi va ma’dandorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Hisor zonasining gabbro-plagiogranitoidli seriyasi tog‘ jinslari sirkonlari bo‘yicha U-Pb izotop usulida yosh aniqlanib, 322-316 mln yilga tengligi aniqlangan;
Janubiy Hisor zonasining gabbro-plagiogranitoidli seriyasi togʻ jinslarining petrografik-mineralogik xususiyatlari asoslangan;
Janubiy Hisor zonasining gabbro-plagiogranitoidli seriyasining intruziv jinslarining geokimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
gabbro-plagiogranitoidli seriyasining geodinamik sharoitlari tahlil qilinib, mantiyaga xos genezisi ilmiy asoslangan hamda gabbro-plagiogranitoidli seriyasining ma’dandorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Hisor zonasining gabbro-plagiogranitoidli seriyasini batafsil geologik-petrografik hamda geokimyoviy tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sirkonlar bo‘yicha U-Pb yosh aniqlash usuli ma’lumotlariga asoslanib, gabbro-plagiogranitoid seriyasiga mansub jinslarning izotop yoshi 323-316 mln yil ekanligi “Tojik Qidiruv-Geologik Ekspedisiyasi” davlat unitar korxonasi ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Geologiya boshqarmasi 04.04.2025 y., №12-346 ma’lumotnoma). Natijada, Janubiy Hisorning geologik xaritasini tuzishda, hudud geologik rivojlanish bosqichlari sxemasini ishlab chiqishda va Janubiy Hisor zonasi stratigrafik ustunini tuzishda qo‘llanilgan;
gabbro-plagiogranitoid seriyasi jinslarining petrografik-mineralogik, petrokimyoviy va geokimyoviy xususiyatlari “Tojik Qidiruv-Geologik Ekspedisiyasi” davlat unitar korxonasi ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Geologiya boshqarmasi 04.04.2025 y., №12-346 ma’lumotnoma). Natijada, mazkur jinslarning hosil bo‘lish geodinamik sharoitlari, petrogenez xususiyatlari hamda ularning ma’dandorligi qonuniyatlarini belgilash imkonini bergan;
gabbro-plagiogranitoidli seriya jinslarining geokimyoviy ixtisoslashuvi “Tojik Qidiruv-Geologik Ekspedisiyasi” davlat unitar korxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Geologiya bosh 04.04.2025 y., №12-346 ma’lumotnoma). Natijada, Janubiy Hisor hududida endogen ma’danlashuv shakllanishidagi ularning rolini baholash va yangi ma’dan namoyon bo‘lishlarini bashorat qilishda ilmiy asoslangan bashorat mezonini ishlab chiqishga imkon bergan.