Azlarova Aziza Axrorovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari innovatsion xizmatlarini rivojlntirishning metodologik asoslari”, 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy maslahatchi: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc. 03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Boburjon Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Razzoqov Jasur Xamrabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari innovatsiyon xizmatlarini rivojlantirishning metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “yangi avlod bank xizmatlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tijorat banklarida yangi avlod bank xizmatlarini tasniflash uslubi, bank xizmatlarini raqamlashtirish darajasi, mijoz bilan o‘zaro hamkorlik shakli va texnologik integratsiya darajasi mezonlari asosida uch pog‘onali tasniflash orqali takomillashtirilgan;
zamonaviy bank xizmatlarining samaradorligi va sifatini kompleks baholash uslubi raqamlashtirish darajasi, operatsion samaradorlik, mijoz uchun yaratilgan qiymat va strategik barqarorlik mezonlariga mos ravishda 30:25:25:20 nisbatdagi vazn koeffisientlari qo‘llanilgan holda “Digital–Delivery–Demand–Durability” baholash orqali takomillashtirilgan;
mijozga yo‘naltirilgan bank ekotizimlarini shakllantirish uslubi doirasida raqamli etuklik, mijoz jalb etilishi, xizmatlardan foydalanish chastotasi, mijoz sodiqligi va iste’molchi xulq-atvorining moslashuvchanligi  indikatorlari asosida bank ekotizimi samaradorligini baholash taklif etilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni mijoz bilan o‘zaro aloqaning identifikatsiya, xizmatni moslashtirish va qayta aloqa kabi 3 ta oraliq interfeysini yagona omnikanal modelda integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlari metodologiyasini joriy etishning iqtisodiy samaradorligini baholash asosida “Mikrokreditbank” ATB faoliyatining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari innovatsion xizmatlarini rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “yangi avlod bank xizmatlari” tushunchasining iqtisodiy mazmunini tijorat banklarida yangi avlod bank xizmatlarini tasniflash uslubi, bank xizmatlarini raqamlashtirish darajasi, mijoz bilan o‘zaro hamkorlik shakli va texnologik integratsiya darajasi mezonlari asosida uch pog‘onali tasniflash orqali takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy ta’lim muassasalarining “Bank ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Pul va banklar” nomli darslikni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7- oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘i) hamda magistratura bosqichida “Bank menejmenti” nomli darslikni (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 25-dekabrdagi 511-sonli buyrug‘i) tayyorlashda foydalanilgan. Mazkur ilmiy mualliflik ta’rifining amaliyotga joriy qilinishi natijasida talabalarda “yangi avlod bank xizmatlari” tushunsasi hamda iqtisodiyotni transformatsiyalash sharoitida innovatsion bank xizmatlarini metodologiyasining nazariy-uslubiy jihatlarini takomillashtirishning  iqtisodiy mazmuni yuzasidan yangi nazariy bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish imkoni yaratilgan;
zamonaviy bank xizmatlarining samaradorligi va sifatini kompleks baholash uslubi raqamlashtirish darajasi, operatsion samaradorlik, mijoz uchun yaratilgan qiymat va strategik barqarorlik mezonlariga mos ravishda 30:25:25:20 nisbatdagi vazn koeffisientlari qo‘llanilgan holda “Digital–Delivery–Demand–Durability” baholash orqali takomillashtirish taklifi «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki amaliyotida qo‘llanilgan (Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 5-maydagi 03-04/10833-son ma’lumotnoasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning 2026-yil 1-yanvar holatiga yangi avlod bank xizmatlari soni 28 foizga oshib, raqamli bank xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar soni 162 ming nafarga, masofaviy (onlayn) xizmatlar ulushi jami operatsiyalarda 42 foizdan 67 foizni tashkil etishiga erishilgan;
mijozga yo‘naltirilgan bank ekotizimlarini shakllantirish uslubi doirasida raqamli etuklik, mijoz jalb etilishi, xizmatlardan foydalanish chastotasi, mijoz sodiqligi va iste’molchi xulq-atvorining moslashuvchanligi  indikatorlari asosida bank ekotizimi samaradorligini baholash taklifi «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki amaliyotida qo‘llanilgan (Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 5-maydagi 03-04/10833-son ma’lumotnoasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning 2026-yil 1-yanvar holatiga raqamlashtirish darajasi (Digital) ko‘rsatkichlari asosida onlayn xizmatlar ulushi 45 foizdan 70 foizga etib, operatsion samaradorlik (Delivery) oshishi natijasida xizmat ko‘rsatish vaqti o‘rtacha 18 foizga qisqarib, mijozlar uchun yaratilgan qiymat (Demand) ko‘rsatkichlari yaxshilanib, mijozlar qoniqish darajasi 22 foizga oshish imkonini bergan;
raqamli transformatsiya sharoitida bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni mijoz bilan o‘zaro aloqaning identifikatsiya, xizmatni moslashtirish va qayta aloqa kabi 3 ta oraliq interfeysini yagona omnikanal modelda integratsiyalash asosida takomillashtirish yuzasidan kiritilgan taklifi «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki amaliyotida qo‘llanilgan (Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 5-maydagi 03-04/10833-son ma’lumotnoasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning 2026-yil 1-yanvar holatiga mijozga yo‘naltirilgan raqamli bank ekotizimini shakllantirish, mijozlar jalb etilish darajasini sezilarli oshirish hamda ularning xulq-atvoriga mos individual xizmatlar paketlarini ishlab chiqish imkonini berib, bankning faol raqamli mijozlari ulushi 45 foizdan 70 foizga etkazilgan, mijozlarning xizmatlardan foydalanish chastotasi 1,6 baravarga oshgan, kross-sotuvlar hajmi 35 foizga kengaydi hamda mijozlarni saqlab qolish darajasi 25 foizga yaxshilangan;
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlari metodologiyasini joriy etishning iqtisodiy samaradorligini baholash asosida “Mikrokreditbank” ATB faoliyatining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki rivojlanish strategiyasiga kiritilgan (Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 5-maydagi 03-04/10833-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bankning 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasida innovatsion xizmatlar, raqamli mijozlar bazasi, komission daromadlar va onlayn operatsiyalar ulushini oldindan baholash imkoni yaratilib, bankda qaror qabul qilish sifatini oshirib, raqobatbardoshlik, rentabellik va mijozga yo‘naltirilganlik darajasini kuchaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish