Otaboev Nodirbek Oybek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron xizmatlarni takomillashtirish”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5923
Ilmiy rahbar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Tursunov Sherzod Abdukodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sadinov Aziz Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron xizmatlarni takomillashtirishning nazariy-uslubiy va tashkiliy-iqtisodiy asoslarini rivojlantirish hamda ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, elektron xizmatlar ko‘rsatish tizimida foydalanuvchilarning xatti-harakatlarini real vaqt rejimida tahlil qilish, xizmat ssenariylarini mijozning raqamli profiliga mos ravishda dinamik shakllantirish hamda BPMN modeli asosida biznes-jarayonlarni boshqarishni takomillashtirishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
elektron xizmatlar platformalarida iste'molchilarning raqamli faolligi (DF = 8-16 marta/oy), xizmatlardan foydalanish intensivligi (FI = 10-18 marta/oy), o‘rtacha tranzaksiya hajmi (TH = 2,5-4,5 mln so‘m) hamda murojaat maqsadlari bo‘yicha Kohonenning Self-Organizing Map (SOM) neyron tarmog‘i asosida ko‘p mezonli segmentatsiya modeli ishlab chiqilib, foydalanuvchilarni beshta maqsadli klasterga ajratish hamda personalizatsiyalashgan elektron xizmatlarni boshqarishning ilmiy-uslubiy yondashuvi takomillashtirilgan;
blokcheyn texnologiyasi va Smart Contract vositalarini elektron xizmatlar platformalariga integratsiyalash asosida elektron xizmatlarni ko‘rsatishning shaffofligi, xavfsizligi va ishonchliligini ta'minlovchi kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv mexanizmi ishlab chiqilib, tranzaksiyalarni real vaqt rejimida verifikatsiyalash, shartnomalar ijrosini avtomatik boshqarish hamda elektron xizmatlarni raqamlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy modeli takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda elektron xizmatlari hajmining barqaror o‘sish dinamikasi asosida eksponensial, polinom va log-chiziqli trend modellarini qo‘llash orqali elektron xizmatlar rivojlanishining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, elektron xizmatlar ko‘rsatish tizimida foydalanuvchilarning xatti-harakatlarini real vaqt rejimida tahlil qilish, xizmat ssenariylarini mijozning raqamli profiliga mos ravishda dinamik shakllantirish hamda BPMN modeli asosida biznes-jarayonlarni boshqarishni takomillashtirishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalardan oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan «Blokcheyn texnologiyasi» darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 23-sentyabrdagi 369-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida elektron xizmatlarni modellashtirish va boshqarishda BPMN texnologiyasidan foydalanish, foydalanuvchilarning raqamli xatti-harakatlarini tahlil qilish asosida xizmatlarni personalizatsiyalash hamda biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha talabalarning nazariy bilimlari kengaytirilib, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
elektron xizmatlar platformalarida iste'molchilarning raqamli faolligi (DF = 8-16 marta/oy), xizmatlardan foydalanish intensivligi (FI = 10-18 marta/oy), o‘rtacha tranzaksiya hajmi (TH = 2,5-4,5 mln so‘m) hamda murojaat maqsadlari bo‘yicha Kohonenning Self-Organizing Map (SOM) neyron tarmog‘i asosida ko‘p mezonli segmentatsiya modeli ishlab chiqilib, foydalanuvchilarni beshta maqsadli klasterga ajratish hamda personalizatsiyalashgan elektron xizmatlarni boshqarishning ilmiy-uslubiy yondashuvi takomillashtirilgan ilmiy asos taklifi “AZKAM MIR TRADE” MChJ faoliyatida amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senatining Byudjet va Iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2026-yil 1-iyuldagi 05/2617-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqori daromadli mijozlar segmentida kross-sotuv mexanizmlari hisobiga har bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad 12-18 foizga oshib , oflayn xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsion xarajatlar 8-12 foizga qisqardi;
blokcheyn texnologiyasi va Smart Contract vositalarini elektron xizmatlar platformalariga integratsiyalash asosida elektron xizmatlarni ko‘rsatishning shaffofligi, xavfsizligi va ishonchliligini ta'minlovchi kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv mexanizmi ishlab chiqildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senatining Byudjet va Iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2026-yil 1-iyuldagi 05/2617-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tranzaksiyalarni real vaqt rejimida verifikatsiyalash, shartnomalar ijrosini avtomatik boshqarish hamda elektron xizmatlarni raqamlashtirish asosida tranzaksion xarajatlarni 15-18 foizga, shartnomalarni rasmiylashtirish muddatini 21-22 foizga qisqartirilib va elektron xizmatlar samaradorligi indeksini 2,8 barobarga oshirildi.
O‘zbekistonda elektron xizmatlari hajmining barqaror o‘sish dinamikasi asosida eksponensial, polinom va log-chiziqli trend modellarini qo‘llash orqali elektron xizmatlar rivojlanishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan hamda mazkur prognozlar biznes subektlarda elektron xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha strategik hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senatining Byudjet va Iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2026-yil 1-iyuldagi 05/2617-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi biznes subektlarida elektron xizmat monitoringi, boshqaruv samaradorligi va avtomatlashtirish imkoniyatlaridan foydalanish darajasining izchil oshishiga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslangan.