Ne’matov Shoxruxbek Ma’murjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat tarmog‘ini iqtisodiy rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5654
Ilmiy rahbar: Kasimov Azamat Abdurakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madraximova Gulasal Ruzimboy qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat tarmog‘ini iqtisodiy rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat tarmog‘ini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va zamonaviy ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida resurs samaradorligi, texnologik yangilanish darajasi, institutsional muhit sifati hamda infratuzilmaviy ta’minot darajasi o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyaga asoslangan ko‘p omilli moslashuvchan iqtisodiy rivojlanish modeli taklif etilgan;
sanoat tarmog‘i rivojlanishiga rivojlanishiga ta’sir etuvchi tarmoq diversifikatsiya darajasi (D), yuqori qo‘shilgan qiymat ulushi (V) va infratuzilma rivojlanganlik darajasi (F) omillarini umumlashtiruvchi integral indeks (Isr) hamda uni baholashning “past” (0 < Isr ≤ 0,2), “qoniqarli” (0,2 < Isr ≤ 0,4), “o‘rtacha” (0,4 < Isr ≤ 0,6), “yaxshi” (0,6 < Isr ≤ 0,8) va “yuqori” rivojlanish (0,8 < Isr ≤ 1) darajasi chegaraviy mezonlari ishlab chiqilgan;
sanoat tarmog‘ini iqtisodiy rivojlantirishning institutsional, investision va innovatsion komponentlarini uyg‘unlashtiruvchi hamda “institutsional barqarorlik – investisiya faolligi – texnologik modernizatsiya – iqtisodiy samaradorlik” zanjiri asosida integrallashgan rivojlanish mexanizmi takomillashtirilgan;
sanoat tarmog‘ining iqtisodiy rivojlanishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha vaqt qator xususiyatlarini hisobga oluvchi ARIMA modeli asosida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat tarmog‘ini iqtisodiy rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat tarmog‘ini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va zamonaviy ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida resurs samaradorligi, texnologik yangilanish darajasi, institutsional muhit sifati hamda infratuzilmaviy ta’minot darajasi o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyaga asoslangan ko‘p omilli moslashuvchan iqtisodiy rivojlanish modeli O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatida qo‘llanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 10-iyundagi 01-06-30-5848-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sanoat tarmog‘ini rivojlantirish ustuvorliklarini kompleks asosda belgilash, resurslardan samarali foydalanish darajasini oshirish hamda strategik qarorlar qabul qilish samaradorligini ta’minlash imkoniyati kengayishiga erishilgan;
sanoat tarmog‘i rivojlanishiga rivojlanishiga ta’sir etuvchi tarmoq diversifikatsiya darajasi (D), yuqori qo‘shilgan qiymat ulushi (V) va infratuzilma rivojlanganlik darajasi (F) omillarini umumlashtiruvchi integral indeks (Isr) hamda uni baholashning “past” (0 < Isr ≤ 0,2), “qoniqarli” (0,2 < Isr ≤ 0,4), “o‘rtacha” (0,4 < Isr ≤ 0,6), “yaxshi” (0,6 < Isr ≤ 0,8) va “yuqori” rivojlanish (0,8 < Isr ≤ 1) darajasi chegaraviy mezonlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatida qo‘llanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 10-iyundagi 01-06-30-5848-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tarmoqdagi tarkibiy o‘zgarishlarning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini aniq baholash, infratuzilmaviy investisiyalarni maqsadli yo‘naltirish va tarmoqlararo mutanosiblikni ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
sanoat tarmog‘ini iqtisodiy rivojlantirishning institutsional, investision va innovatsion komponentlarini uyg‘unlashtiruvchi hamda “institutsional barqarorlik – investisiya faolligi – texnologik modernizatsiya – iqtisodiy samaradorlik” zanjiri asosida integrallashgan rivojlanish mexanizmi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatida qo‘llanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 10-iyundagi 01-06-30-5848-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sanoat korxonalarida investision jozibadorlikni oshirish, innovatsion faollikni rag‘batlantirish va uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyati oshgan;
sanoat tarmog‘ining iqtisodiy rivojlanishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha vaqt qator xususiyatlarini hisobga oluvchi ARIMA modeli asosida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ssenariylari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatida qo‘llanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 10-iyundagi 01-06-30-5848-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sanoat tarmog‘ini yanada iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlovchi o‘rta muddatli istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash hamda maqsadli ko‘rsatkichlarni maqbullashtirishda foydalanilgan.