Mamasidikov Muxsinjon Musajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘inomi): “Temir yo‘l transporti tizimini innovatsion rivojlantirish yo‘nalishlari”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: https://B2026.3.PhD/Iqt5963
Ilmiy rahbar: Xodjaeva Nodirahon Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.10/2025.27.12.I.01.09
Rasmiy opponentlar: Nazarova Rano Rustamovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gaibnazarova Zumrad Talatovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transportini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transporti tizimini monitoring qilishga va sohaning inoovatsion rivojlanishidagi muammolarning ta’sir darajasini aniqlashga qaratilgan, texnologik rivojlanish imkoniyatini hamda moddiy texnik baza va infratuzilma hamda iqtisodiy-ekologik samaradorligiga baho beruvchi indikatorlarning meʼyoriy va chegaraviy qiymatlari asoslangan;
temir yo‘l transportini innovatsion rivojlanish darajasini “past darajada” (0.0-0.39), “fragmentlashgan rivojlanish” (0.40-0.59), “barqaror innovatsion o‘sish” (0.60-0.79) va “strategik transformatsiya holati” (0.80-1.00) shkalalar asosida baholash uslubi taklif etilgan;
temir yo‘l transportida innovatsion inersiyadan chiqish mexanizmi “Innovatsion fond va ESG-mos moliyalashtirishni tashkil etish” va “Energiya tejamkor harakat tarkibini lizing orqali xarid qilish” yondashuvlari asosida takomillashtirilgan;
temir yo‘l transportida innovatsion faoliyatni baholash maqsadida qo‘shilgan qiymat, ITTKI hajmi va kiritilgan investisiyalar qiymati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida innovatsion rivojlanishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l transporti tizimini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l transporti tizimini monitoring qilishga va sohaning inoovatsion rivojlanishidagi muammolarning ta’sir darajasini aniqlashga qaratilgan, texnologik rivojlanish imkoniyatini hamda moddiy texnik baza va infratuzilma hamda iqtisodiy-ekologik samaradorligiga baho beruvchi indikatorlarning meʼyoriy va chegaraviy qiymatlarini asoslash bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 11-iyuldagi 07/2671-25-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni joriy etish natijasida sohada qaysi jihatlar orvada qolayotgani va tarmoq subektlari uchun aniq qaror qabul qilish imkoniyatini beradi;
temir yo‘l transportini innovatsion rivojlanish darajasini “past darajada” (0.0-0.39), “fragmentlashgan rivojlanish” (0.40-0.59), “barqaror innovatsion o‘sish” (0.60-0.79) va “strategik transformatsiya holati” (0.80-1.00) shkalalar asosida baholash bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zbekiston temir yo‘llari” Aj faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 11-iyuldagi 07/2671-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida temir yo‘l transport tizimining innovatsion rivojlanishidagi salbiy tendensiyalarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini yaratgan;
temir yo‘l transportida innovatsion inersiyadan chiqish mexanizmi “Innovatsion fond va ESG-mos moliyalashtirishni tashkil etish” va “Energiya tejamkor harakat tarkibini lizing orqali xarid qilish” yondashuvlari asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 11-iyuldagi 07/2671-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xarajatlarning 15–20%ini lizing asosida transformatsiya qilish yo‘li bilan harakat tarkibini yangilashning institutsional tizimini shakllantirish imkoniyati yaratiladi;
temir yo‘l transportida innovatsion faoliyatni baholash maqsadida qo‘shilgan qiymat, ITTKI hajmi va kiritilgan investisiyalar qiymati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida innovatsion rivojlanishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari yuzasidan berilgan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 11-iyuldagi 07/2671-25-son ma’lumotnomasi). Natijada 2030-yilga qadar tarmoqning qo‘shilgan qiymatida 1,8 barobar o‘sishga erishish uchun zarur investisiya hajmi va faoliyat yo‘nalishlari aniq tartibga solinishiga zamin yaratildi.