Achilova Firuza Kurbanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda xizmatlar sohasini rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish” (Qashqadaryo viloyati misolida). 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1149.
Ilmiy maslahatchi: Xudayberganov Dilshod Tuxtabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Mullabaev Baxtiyorjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibadullaev Ergash Bakturdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda xizmatlar sohasini rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa barqarorligini ta’minlashda xizmatlar sohasini samarali strategik rejalashtirishga qaratilgan hududiy “innovatsion biznes modeli” (IBMRSS)dan foydalanish taklifi asoslangan;
mintaqada xizmat ko‘rsatish hajmi, xizmatlar sifati, bandlik darajasi, infratuzilma tarmoqlari rivoji va innovatsion faollikni ta’minlashga qaratilgan mintaqaviy rivojlanishni “yuqori” samarador (0,8-1), “o‘rta” samarador (0,5-0,7) va “quyi” samarador (0,1-0,4) darajalarda baholash usuli taklif etilgan;
mintaqalar kesimida ixtisoslashuvni belgilaydigan Qashqadaryo viloyatida xizmatlar sohasini diversifikatsiyalash darajasining “lokalizatsiya” koeffisientini (LQ) aniqlash metodologiyasi taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyatida xizmatlar sektorining hududiy xususiyatlari (40 %), ustuvor xizmat turlari (35 %) va iste’molchilar ehtiyojlarini hisobga olgan holda ehtiyojlar modelidan foydalanish tizimi (25 %) tuzilmasini qo‘llash sxemasi asoslangan;
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda xizmatlar sohasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda xizmatlar sohasini rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mintaqa barqarorligini ta’minlashda xizmatlar sohasini samarali strategik rejalashtirishga qaratilgan hududiy “innovatsion biznes modeli” (IBMRSS)dan foydalanish taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 27-apreldagi 07-07/4901-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada davlat, xususiy sektor va raqamli platformalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish orqali investisiyaviy jozibadorlikni oshirish, innovatsion xizmat turlarini joriy etish hamda hududiy xizmat ko‘rsatish sohasi infratuzilmasini barqaror rivojlantirish imkoni yaratilgan;
mintaqada xizmat ko‘rsatish hajmi, xizmatlar sifati, bandlik darajasi, infratuzilma tarmoqlari rivoji va innovatsion faollikni ta’minlashga qaratilgan mintaqaviy rivojlanishni “yuqori” samarador (0,8-1), “o‘rta” samarador (0,5-0,7) va “quyi” samarador (0,1-0,4) darajalarda baholash usuli Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 27-apreldagi 07-07/4901-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlar tarkibi “yuqori”, “o‘rta” va “quyi” samaradorlik darajalariga ajratilib, resurslarni manzilli taqsimlash, qo‘llab-quvvatlash choralarini differensiallashtirish va kam taraqqiy qilgan hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilish imkoni yaratilgan;
mintaqalar kesimida ixtisoslashuvni belgilaydigan Qashqadaryo viloyatida xizmatlar sohasini diversifikatsiyalash darajasining “lokalizatsiya” koeffisientini (LQ) aniqlash metodologiyasi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 27-apreldagi 07-07/4901-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish mintaqa xizmatlar sohasida hududiy ustunlikka ega bo‘lgan tarmoqlar ta’sirini aniqlash, eksportbop xizmat turlarini o‘rtacha 1,3 barobarga oshirish va hududlarda klasterlashuv jarayonlarini samarali tashkil etish imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyatida xizmatlar sektorining hududiy xususiyatlari (40 %), ustuvor xizmat turlari (35 %) va iste’molchilar ehtiyojlarini hisobga olgan holda ehtiyojlar modelidan foydalanish tizimi (25 %) tuzilmasini qo‘llash sxemasi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 27-apreldagi 07-07/4901-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada xizmatlarga bo‘lgan talabning ijobiy ta’sirini aniqlash, xizmat sifati monitoringini amalga oshirish, mijozlar xatti-harakatini tahlil qilish hamda biznes subektlar uchun personallashtirilgan tavsiyalar ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda xizmatlar sohasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 27-apreldagi 07-07/4901-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada xizmatlar sohasini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar ulushini o‘rtacha 1,27 barobarga oshirish orqali kelajakda sohada bandlik ulushini ko‘paytirish, xizmatlar ko‘rsatish hajmini yanada kengaytirish, zamonaviy infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish va aholi turmush sifatini yaxshilash bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqilgan.