Raxmatullaev Umarbek Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes eksport salohiyatini oshirishning mintaqaviy xususiyatlari (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6155.
Ilmiy rahbar: Yusubov Inʼomjon Ikram o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudayberganov Mansurbek Faxreddin o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida kichik biznes eksport salohiyatini oshirish orqali mintaqa barqaror rivojlanishiga erishish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaviy resurs salohiyati, infratuzilma rivojlanishi, innovatsion texnologiyalar va institutsional qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlariga asoslangan kichik biznes eksport salohiyatini oshirishning REEP (Regional Export Empowerment Programme) konseptual modeli taklif qilingan;
mintaqada kichik biznes eksport salohiyati samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida REPM - (Regional Export Priority Matrix) “Mintaqaviy eksport ustuvorlik matritsasi” taklif qilingan;
kichik biznes subektlarining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan “KHOREZM” - export (Knowledge, Human resources, Organizational support, Resources, Economic incentives, Zonal infrastructure, Marketing - export) konseptual modeli taklif qilingan;
Xorazm viloyati iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda kichik biznes eksport salohiyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqaviy resurs salohiyati, infratuzilma rivojlanishi, innovatsion texnologiyalar va institutsional qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlariga asoslangan kichik biznes eksport salohiyatini oshirishning REEP (Regional Export Empowerment Programme) konseptual modeli Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 20-apreldagi 23-23-09/3950-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqa kichik biznes eksport salohiyatini oshirishning barqaror rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish imkoni bergan;
mintaqada kichik biznes eksport salohiyati samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida REPM - (Regional Export Priority Matrix) “Mintaqaviy eksport ustuvorlik matritsasi” Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 20-apreldagi 23-23-09/3950-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat tuman va shaharlarida eksport salohiyatidan samarali foydalanish darajalarini guruhlash va ixtisoslashtirish imkoni yaratilgan;
kichik biznes subektlarining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan “KHOREZM” - export (Knowledge, Human resources, Organizational support, Resources, Economic incentives, Zonal infrastructure, Marketing - export) konseptual modeli Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 20-apreldagi 23-23-09/3950-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa hududlarida kichik biznes eksport salohiyatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
Xorazm viloyati iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda kichik biznes eksport salohiyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz parametrlari Xorazm viloyati hokimi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 20-apreldagi 23-23-09/3950-son ma’lumotnomasi). Mazkur maqsadli parametrlar natijasida hududning tashqi savdo salohiyatidan unumli foydalanish ta’minlanib, bandlik darajasining oshishi, aholi turmush farovonligining yaxshilanishi va iqtisodiyotni barqaror o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish