Fozilova Aziza Inoyatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy O‘zbekistonning mehnat migratsiyasi makonida yoshlarning qadriyatlar paradigmasidagi ijtimoiy-madaniy o‘lchovi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/FA1573
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Ilmiy rahbar: Alieva Kuluypa Mukashevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Zamonaviy O‘zbekistonda mehnat migratsiyasining rivojlanishi sharoitida yoshlar qadriyatlari paradigmasining ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologik ishsizlik xalqaro mehnat migratsiyasining texnologik determinanti (ishlab chiqarishning raqamlashtirilishi, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi) sifatida ishchi kuchining hududlararo va davlatlararo harakatini jadallashtirishi hamda migratsiya vektori ish o‘rinlari va bandlik imkoniyatlari cheklangan mamlakatlardan ishchi kuchiga talab yuqori, mehnat resurslari taqchilligi mavjud bo‘lgan iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar tomon yo‘naluvchi ijtimoiy-iqtisodiy gradient sifatida ijtimoiy konvergensiya ekanligi aniqlangan;
xalqaro mehnat migratsiyasining obektiv xarakterli parametrlari - ijtimoiy munosabatlar shakli, global iqtisodiy va ijtimoiy dinamikaning tarkibiy elementi, demografik rivojlanish va aholi mobilligiga ta’sir etuvchi omil ekanligi hamda shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, ijtimoiy maqom, mobillik, adaptatsiya, identiklik va qadriyatlar transformatsiyasini ifodalovchi xususiyatlari asoslab berilgan;
xalqaro mehnat migrantining texnologik shaxs sifatida shakllanish, raqamli kompetensiyalarni egallash, kasbiy mobillik, yangi mehnat muhitiga tez moslashish hamda texnologik yangiliklarni o‘zlashtirish kabi kompetensiyalari uning mehnat bozoridagi ijtimoiy mavqeini belgilashi, boshqa ijtimoiy subektlar bilan munosabatlarini shakllantirishi isbotlangan;
yoshlarning o‘zlikni anglash jarayoni va qadriyatlar tizimini belgilashda an’anaviy ijtimoiy-madaniy asoslar (milliy urf-odatlar, oilaviy munosabatlar, ma’naviy meros va ijtimoiy me’yorlar) muhim determinant sifatida namoyon bo‘lishi, qadriyatlar paradigmasi insonning ijtimoiy borliqdagi o‘rni, xulq-atvori va hayotiy yo‘nalishlarini belgilashi hamda O‘zbekiston jamiyatining turli ijtimoiy qatlamlarida yoshlar o‘zligini anglash va qadriyat yo‘nalishlarini shakllantirishga ta’sir etishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Zamonaviy texnogen sivilizatsiya davrida xalqaro mehnat migratsiyasining omillarini tadqiq etish asosida olingan natijalardan:
texnologik ishsizlik xalqaro mehnat migratsiyasining texnologik determinanti (ishlab chiqarishning raqamlashtirilishi, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi) sifatida ishchi kuchining hududlararo va davlatlararo harakatini jadallashtirishi hamda migratsiya vektori mehnat resurslari nisbatan ortiqcha bo‘lgan, ish o‘rinlari va bandlik imkoniyatlari cheklangan mamlakatlardan ishchi kuchiga talab yuqori, mehnat resurslari taqchilligi mavjud bo‘lgan iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar tomon yo‘naluvchi ijtimoiy-iqtisodiy gradient sifatida namoyon bo‘lishiga doir umumlashma va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora tadbirlar” dasturini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 13-iyundagi 01/00-03/10-5498-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda mahallada migratsiyadan qaytgan ishsizlarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilishida, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilishida, o‘zini-o‘zi band qilishiga xizmat qilgan;
xalqaro mehnat migratsiyasining obektiv xarakterli parametrlari - ijtimoiy munosabatlar shakli, global iqtisodiy va ijtimoiy dinamikaning tarkibiy elementi, demografik rivojlanish va aholi mobilligiga ta’sir etuvchi omil ekanligi hamda shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, ijtimoiy maqom, mobillik, adaptatsiya, identiklik va qadriyatlar transformatsiyasini ifodalovchi xususiyatlariga oid ilmiy yangilik hamda taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasining “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasining 2026-yil 30-apreldagi 01-03/18-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi tashabbus va g‘oyalar bilan aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, kreativ tafakkurini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan rivojlantirishga, bilim darajasini oshishiga xizmat qilgan;
xalqaro mehnat migrantining texnologik shaxs sifatida shakllanish, raqamli kompetensiyalarni egallash, kasbiy mobillik, yangi mehnat muhitiga tez moslashish hamda texnologik yangiliklarni o‘zlashtirish kabi kompetensiyalari uning mehnat bozoridagi ijtimoiy mavqeini belgilashi, boshqa ijtimoiy subektlar bilan munosabatlarini shakllantirishiga oid ilmiy yangilik hamda taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan IL-4821091548-son “Zamonaviy tahdid va da’vatlar sharoitida O‘zbekiston va Belarus yoshlari ong shakllanishining ijtimoiy-madaniy va aksiologik asoslari” (2022-2024 yy) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 23-fevraldagi 04/4-6265-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahallalardagi xorijga ketgan muhojirlar ham davlat himoyasida ekanligi to‘g‘risida oila a’zolari ongida to‘g‘ri tushuncha shakllanishiga xizmat qilgan;
yoshlarning o‘zlikni anglash jarayoni va qadriyatlar tizimini belgilashda an’anaviy ijtimoiy-madaniy asoslar (milliy urf-odatlar, oilaviy munosabatlar, ma’naviy meros va ijtimoiy me’yorlar) muhim determinant sifatida namoyon bo‘lishi, qadriyatlar paradigmasi insonning ijtimoiy borliqdagi o‘rni, xulq-atvori va hayotiy yo‘nalishlarini belgilashi hamda O‘zbekiston jamiyatining turli ijtimoiy qatlamlarida yoshlar o‘zligini anglash va qadriyat yo‘nalishlarini shakllantirishga ta’sir etishiga doir taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyati teleradiokanalida 2024-yil iyun oyida efirga uzatilgan “Diyor yangiliklari” ko‘rsatuvining “Germaniya bilan mehnat munosabatlari yangi bosqichida!” mavzusidagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyati teleradiokanali 2025-yil 11-fevraldagi 01-07/76-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv dasturi snenariyassini mazmunan boyitishga hamda aholining mehnat migratsiyasiga oid savodxonlik darajasini boyishiga xizmat qilgan.