Nimatov Komoliddin Baxritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reaktiv quvvatni avtomatik rostlashda noaniq mantiq asosida boshqariladigan kontaksiz kuchlanish relesini ishlab chiqish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6512.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Ikromjon Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti va Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.28.11.T.16.01 
Rasmiy opponentlar:
Taslimov Abduraxim Dehqonovich - texnika fanlari nomzodi, professor.
Maqsudov Moxirbek  Tolibjonovich - texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: reaktiv quvvatni avtomatik rostlash uchun noaniq mantiq asosida ishga tushish vaqti adaptiv tarzda boshqariladigan mikroprotsessorli kontaksiz kuchlanish relesini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tatqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr iste’molchilarida kuchlanishning nominal qiymatini ta’minlash mezoni asosida qisqa muddatli kuchlanish tebranishlarini filtrlash imkonini beruvchi ishga tushish vaqti adaptiv tarzda boshqariladigan mikroprotsessorli kontaksiz kuchlanish relesi ishlab chiqilgan; 
tarmoq kuchlanishi, quvvat koeffisienti va reaktiv quvvat talabi o‘rtasidagi nochiziqli bog‘lanishlarni hisobga olgan holda tarmoq kuchlanishi amplitudasining -7% dan 0 % gacha o‘zgarish diapazonida reaktiv quvvat ishlab chiqarilishini avtomatik tarzda ta’minlaydigan intellektual boshqaruv modeli ishlab chiqilgan;
tarmoq kuchlanishining qisqa muddatli dinamik o‘zgarishlarini kompleks hisobga olgan holda yuklamaning tez o‘zgaruvchanligi sharoitida adaptiv boshqaruvni ta’minlash  asosida kuchlanish va quvvat koeffisienti o‘rtasidagi funksional muvofiqlikni ta’minlovchi usul va  algoritm ishlab chiqilgan;
aktiv quvvat yo‘qotishlarini minimumga keltirish mezoni asosida quvvat oqimlarining uzviy bog‘liqligini, tarmoq elementlarining qarshilik parametrlarini va yuklama taqsimotini hisobga olgan holda reaktiv quvvat manbalarining maqbul tarkibini aniqlashning matematik modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Reaktiv quvvatni avtomatik rostlashda noaniq mantiq asosida boshqariladigan kontaksiz kuchlanish relesini ishlab chiqish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishga tushish vaqti adaptiv tarzda boshqariladigan mikroprotsessorli kontaksiz kuchlanish relesi qurilmasi uchun Rossiya Federatsiyasining intellektual mulk bo‘yicha Federal xizmatining foydali modelga patenti olingan (Boshqariladigan ishga tushish vaqtiga ega kontaksiz kuchlanish relesi, FAP 236336, 05.08.2025 yil). Natijada kontaksiz kuchlanish relelarining ishga tushish vaqtini 0,02 sekundlik qadam bilan aniq va uzlyuksiz boshqarish imkoniyati yaratilgan;
reaktiv quvvatni ishlab chiqarilishini avtomatik tarzda ta’minlaydigan intellektual boshqaruv modeli “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi”ning 2026 yil 21-maydagi №02-02-02-5/1679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, intellektual boshqarish modelini qo‘llash orqali aktiv quvvat yo‘qotishlari minimallashtirilib, sutka davomida 3305,7 kW·soat elektr energiyasini iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan;
kuchlanish va quvvat koeffisientining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash usuli va algoritmi  “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi”ning 2026 yil 21-maydagi №02-02-02-5/1679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kuchlanish og‘ishi −7% dan 0% gacha, quvvat koeffisienti  0,7 dan 0,97 gacha bo‘lgan oraliqlarida reaktiv quvvat manbalarining eng maqbul tarkibini avtomatik tanlash va ta’minlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish