Tursunova Feruza Jamshidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Asetilenni gidrogenlashda qo‘llanilgan G-58I chiqindi katalizatoridan palladiyni ajratishning kompleks yondashuvini ishlab chiqish»,  02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T4373. 
Ilmiy rahbar: Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc. 03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Buxorov Shuhrat Bo‘rievich, texnika fanlari doktori professor; Jumaeva Dilnoza Jo‘raevna texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: atsetilenni gidrogenlashda qo‘llanilgan G-58I chiqindi katalizatorlaridan palladiyni ajratishning kompleks yondashuvini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katalizator tuzilmasida palladiyning dispers holati (zarrachalar o‘lchami 1-3 nm) uning Al₂O₃ tashuvchisidan ajratib olish samaradorligiga ta’siri ilmiy asoslangan;
ishlatilgan G-58I katalizatorini qayta ishlash uchun palladiyni yuqori samaradorlik bilan ajratib olishni ta’minlovchi to‘rt bosqichli kompleks yondashuv ishlab chiqilgan;
palladiyni kislota-oksidlovchi muhitda eritmaga o‘tkazish jarayonining optimal texnologik parametrlari aniqlangan: harorat - 90°C, vaqt - 2 soat, HCl va NaClO konsentratsiyalari - mos ravishda 11,7 va 11 %, S:Q = 1:3. Ushbu sharoitlarda palladiyning ajralib chiqish darajasi 96,14 % ga etishi ta’minlangan;
QYKA (Qattiq va Yumshoq Kislota va Asoslar / HSAB) tamoyili asosida palladiyning dimetilglioksimat kompleksi ko‘rinishida selektiv ajralib chiqish mexanizmi isbotlangan, shuningdek Pd(II) ionlarini qaytarish sharoitlari Gibbs erkin energiyasi hisob-kitoblari asosida nazariy jihatdan asoslangan; 
ishlatilgan G-58I katalizatoridan palladiyni ajratib olishning tashuvchi γ-Al₂O₃ tuzilmasini saqlab qolishga yo‘naltirilgan prinsipial texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asetilenni gidrogenlashda qo‘llanilgan G-58I chiqindi katalizatorlaridan palladiyni ajratishning kompleks yondashuvini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlatilgan katalizatordan palladiyni eritmaga o‘tkazish texnologiyasi «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJ ning 2025-yil 30-iyundagi 026/2438-son ma’lumotnomasi). Natijada, katalizator asosini tashkil qiluvchi γ-Al2O3 va palladiyni ajratib olishning samarali texnologiyasi yaratilib, jarayonning davomiyligi 4 soatdan 2 soatga qisqarishi, kislotali yuvishda esa haroratni 110 0C dan 90 0C gacha pasaytirish imkonini beradi; 
ishlatilgan katalizatordan palladiyni ajratib olish texnologiyasi «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («$hurtan gaz kimyo majmuasi» MChJning 2025 yil 30 iyundagi 026/2438-son ma’lumotnomasi). Natijada, katalizator tarkibidagi palladiyni ajratib olish miqdori 84,7% dan 96,14 % gacha oshirish hamda kimyoviy ajratib olishda ishlatilgan reaktivlarning sarfini 12-14% gacha kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish