To‘raeva Muyassar Rasul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sabzavot mahsulotlari etishtirishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2128
Ilmiy rahbar: Rustamova Iroda Baxramjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq – ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, PhD.08/2025.27.12.I.15.01
Rasmiy opponentlar: Rustamov Maqsud Suvonqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Daniyarova Feruza Bahriddinovna, iqtisod fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sabzavot mahsulotlari etishtirishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “sabzavot mahsulotlarini etishtirishni moliyalashtirish” tushunchasining mohiyati sabzavotchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarning tashkiliy asoslari, boshqaruv tuzilmasi, moliyaviy resurslardan foydalanish mexanizmlari va iqtisodiy holatini kompleks hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligida sabzavot mahsulotlarini etishtirishda moliyaviy resurslardan foydalanish holatini baholashda “moliyaviy resurslardan foydalanish indeksi” usuli taklif etilgan va past (0 ≤ MI ≤ 0,35), o‘rta (0,36 ≤ MI ≤ 0,75), yuqori (0,76 ≤ MI ≤ 1) kabi mezonlar ishlab chiqilgan;
istiqbolda sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni e’tiborga olgan holda sabzavot mahsulotlari hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
kraudfanding (crowdfunding) platformasi orqali sabzavot mahsulotlarini etishtiruvchilarni moliyalashtirishga qaratilgan, onlayn rejimda ishlovchi namunaviy dasturiy ta’minot tizimi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sabzavot mahsulotlarini etishtirishning moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Sabzavot mahsulotlarini etishtirishni moliyalashtirish” tushunchasini takomillashtirish bo‘yicha taklif 60310100 – Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish iqtisodiyoti (Agricultural Production Economics)” darsligiga joriy etilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2026-yil 20-yanvardagi 1-9-6/15-son buyrug‘i, 15/1-ro‘yxat raqami). Natijada ushbu tushunchani kengroq va tizimli talqin etish asosida talabalarda sabzavotchilik tarmog‘ini moliyalashtirishga oid nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyati kengaygan;
sabzavot mahsulotlarini etishtirishda moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash bo‘yicha “moliyaviy resurslardan foydalanish indeksi”ni qo‘llashga doir uslubiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimi tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-03-505-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent viloyati Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarida moliyaviy resurslardan foydalanish darajasini miqdoriy baholash imkoniyati yaratilgan hamda ularning mos ravishda o‘rta darajada ekanligi ilmiy asoslangan. Bu esa moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish imkoniyatini kengaytirgan;
sabzavot mahsulotlari yalpi hosilining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-03-505-son ma’lumotnomasi). Ekonometrik model asosida ishlab chiqilgan prognoz natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga borib 2020-yilga nisbatan 1,5 barobarga oshishi ilmiy asoslangan;
kraudfanding platformasi orqali sabzavot mahsulotlarini etishtiruvchilarni moliyalashtirishga qaratilgan onlayn dasturiy ta’minot tizimini joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimi tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-03-505-son ma’lumotnomasi). Natijada sabzavot etishtiruvchilarni moliyalashtirishda qo‘shimcha moliyaviy manbalarni jalb etish, investisiya jarayonlarini faollashtirish va moliyalashtirish mexanizmlarining ochiqligi hamda shaffofligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan.