Safarov Alisher Ibrohim o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik yurituvchi subektlarda joriy aktivlarning moliyaviy hisobi va tahlilini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4181. 
Ilmiy rahbar: Misirov Komoliddin Mamasabirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: xo‘jalik yurituvchi subektlarda joriy aktivlar hisobi va tahlilining tashkiliy-uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“O‘ZTEMIRYoʻLMAShTAʻMIR” AJ hisob siyosati 2840-“Qurilishi yakunlangan obektlar”, 9160-“Qurilishi yakunlangan obektlar tannarxi”, 9060-“Qurilishi yakunlangan obektlarni sotishdan daromadlar” nomli ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarining debitorlik qarzlarini MHXSga muvofiq, qisqa muddatli debitorlik qarzlari adolatli (haqqoniy) qiymatda, uzoq muddatli debitorlik qarzlarini esa adolatli qiymatida yoki amortizatsiyalanadigan qiymatida baholanish taklif etilgan; 
xo‘jalik subektlarida joriy aktivlar hajmini optimallashtirish orqali uning aylanuvchanligining 1 foizga ortishi tushumning o‘rtacha 3,1 foizga oshishiga olib kelishi bo‘yicha hisob-kitoblari aniqlash taklif etilgan;
global iqtisodiy beqarorlik sharoitida xo‘jalik yurituvchi subektlarning pul mablag‘lari oqimini samarali boshqarish subektlarning moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati va strategik rivojlanishini ta’minlovchi omil sifatida  real pul harakatlari, transformatsiyalangan pul oqimlari va ular o‘rtasidagi tafovutni integratsiyalash orqali pul oqimlarini kompleks baholashning gibrid pul oqimi analitik modeli (GPAM)ni  ishlab chiqish taklif etilgan; 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Joriy aktivlar hisobi va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
“O‘ZTEMIRYoʻLMAShTAʻMIR” AJ hisob siyosati 2840-“Qurilishi yakunlangan obektlar”, 9160-“Qurilishi yakunlangan obektlar tannarxi”, 9060-“Qurilishi yakunlangan obektlarni sotishdan daromadlar” nomli ishchi schyotlarni kiritish taklifi “O‘ZTEMIRYoʻLMAShTAʻMIR” AJning 2024-yil 15 – maydagi 12-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hisob siyosati”ga kiritilgan (“O‘ZTEMIRYoʻLMAShTAʻMIR” AJning 2025-yil 10-oktyabrdagi 05/497-25-sonli maʻlumotnomasi). Natijada, TMZlar tarkibida, o‘zi tomonidan yaratilgan obektlarni, ularning tannarxi va sotishdan olinadigan daromadlarni hisobga olish uslubiyoti takomillashtirilishi hisobiga TMZlar harakatining shaffofligiga erishilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarining debitorlik qarzlarini MHXSga muvofiq, qisqa muddatli debitorlik qarzlari adolatli (haqqoniy) qiymatda, uzoq muddatli debitorlik qarzlarini esa adolatli qiymatida yoki amortizatsiyalanadigan qiymatida baholanish taklifi “O‘ZTEMIRYoʻLMAShTAʻMIR” AJning 2024-yil 
15 – maydagi 12-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hisob siyosati”ga kiritilgan (“O‘ZTEMIRYoʻLMAShTAʻMIR” AJning 2025-yil 10-oktyabrdagi 05/497-25-sonli maʻlumotnomasi). Natijada, aktivdan olinadigan pul oqimlari xo‘jalik subektining moliyaviy aktivlari dastlab adolatli qiymat bo‘yicha baholanib, buxgalteriya balansida joriy (diskontlagan) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi, dastlabki baho bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan summa o‘rtasidagi farq esa umumiy daromad sifatida hisobotda foizli ko‘rinishdagi (moliyaviy) daromadi sifatida hisobga olinishi uzoq muddatli debitor qarzlarining qadrsizlanishni ta’minlashga erishilgan;
xo‘jalik subektlarida joriy aktivlar hajmini optimallashtirish orqali uning aylanuvchanligining 1 foizga ortishi tushumning o‘rtacha 3,1 foizga oshishiga olib kelishi bo‘yicha hisob-kitoblari aniqlash taklifi “O‘ZTEMIRYO‘LMAShTA’MIR” AJning amaliyotiga joriy etilgan  (“O‘ZTEMIRYO‘LMAShTA’MIR” Aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 10-oktyabrdagi 05/497-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yilda sof foydaning o‘rtacha 10 foizga o‘sishiga olib kelgan va bu aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirishga hamda xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy barqarorligini oshirishga ta’sir ko‘rsatgan; 
global iqtisodiy beqarorlik sharoitida xo‘jalik yurituvchi subektlarning pul mablag‘lari oqimini samarali boshqarish subektlarning moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati va strategik rivojlanishini ta’minlovchi omil sifatida  real pul harakatlari, transformatsiyalangan pul oqimlari va ular o‘rtasidagi tafovutni integratsiyalash orqali pul oqimlarini kompleks baholashning gibrid pul oqimi analitik modeli (GPAM)ni  ishlab chiqish taklifi “O‘ZTEMIRYO‘LMAShTA’MIR” AJning amaliyotiga joriy etilgan  (“O‘ZTEMIRYO‘LMAShTA’MIR” Aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 10-oktyabrdagi 05/497-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, xo‘jalik yurituvchi subektlarning pul mablag‘lari oqimini kompleks baholash metodik jihatdan takomillashuviga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish