Saidov Abdusobirjon Abduraxmonovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish usullari», 05.01.02–Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2014/B2014.5.T296.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.T/FM.29.01.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nabiev Ozod Malikovich, texnika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar:  Musaev Muxamadjon Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmuxammedov Tolaliddin Ramziddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Babaev Igbal Alidjanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti .

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi bojxona organlari xalqaro standart talablari va tamoyillariga muvofiq bojxona biznes operatsiyalari va xavflarni, tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish va ro‘yxatga olish jarayonlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini takomillashtirishning usul, model` va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bojxona organlari  axborot resurslari oqimi, texnik ta’minoti, bojxona biznesi va nazoratining o‘ziga xos xususiyatlari, tamoyil va talablariga muvofiq bojxona faoliyatini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini  takomillashtirish usullari ishlab chiqilgan;

 ma’lumotlarga ishlov berish va bojxona tizimlarini boshqarishning ierarxik ko‘p pog‘onali taqsimlangan axborot resurslari asosida bojxona biznes-jarayonlarining axborot IDEF - modellari ishlab chiqilgan;

xavflarni boshqarish jarayonlarining matematik modellari va bojxona axborotining ko‘p o‘lchovli tahliliga asoslangan bojxona xavflarini klassifikatsiyalash va baholash algoritmlari ishlab chiqilgan;

bojxona organlari fiskal vazifalarini echish, tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish, ro‘yxatga olish jarayonlarini boshqarish algoritmlari, xavflarni boshqarish tizimlari va bojxona biznes-jarayonlarining IDEF - modellarini amalda qo‘llash mexanizmi ishlab chiqilgan;

bojxona xavflari  profillarining zarur va etarli shartlari asosida xavfli, kritik xavfli va minimal xavfga ega bo‘lgan tovarlar uchun qarorlar qabul qilish algoritmlari ishlab chiqilgan;

bojxona organlari ish faoliyatida vaqt tejamkorligi hamda iqtisodiy samaradorlikka erishishni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan tezkor boshqarish usullari, mexanizm va texnologiyalari ishlab chiqilgan;

bojxona xavflarini boshqarishni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan boshqaruv va tezkor elektron axborot almashuv tizimi ishlab chiqilgan. 

    IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Bojxona qo‘mitasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi axborot resurslari oqimining matematik modellari: dekloratsiyani yuritish, ro‘yxatga olish, bojxona to‘lovlarini amalga oshirish, ma’lumotlar bazasi, bojxona nazorati va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining amalda joriy etilishi  yuklarni bojxonada rasmiylashtirish vaqtini 4,7 baravar qisqartirgan va elektron deklaratsiyalashni 98 foizga ta’minlagan hisobiga davlat byudjetiga 1,53 mlrd.so‘m miqdoridagi qo‘shimcha bojxona to‘lovlari kelib tushishi ta’minlandi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Qo‘mitasining 2015 yil 16 noyabrdagi  05-05/21-6967-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish