Jumaniyozova Mukaddas Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Onlayn bank xizmatlar samaradorligini oshirishda integratsiyalashgan platformalarni takomillashtirish”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt2002
Ilmiy rahbar: Xusanova Dilorom Shavkatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Rixsimbaev Odiljon Kabiljanovich, iqtisoiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: onlayn bank xizmatlari samaradorligini oshirishda integratsiyalashgan platformalarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “tijorat banklarining raqamli transformatsiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bank faoliyatining funksional va institutsional jarayonlarini integratsiyalashgan platforma, sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va Open Banking texnologiyalari asosida yagona raqamli muhitga birlashtirgan holda, mijozlar sodiqligini boshqarish va shaxsiylashtirilgan onlayn bank xizmatlarini taqdim etish orqali iqtisodiy faoliyatlar samaradorligini oshiruvchi mexanizm nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
tijorat banklarining integratsiyalashgan onlayn bank platformalarida mijozlar faoliyatining davriy sikllarida mijoz sodiqligi integral indeksining “yuqori” (0,75–1,00), “o‘rta” (0,50–0,75) va “qoniqarsiz” (0,00–0,50) me’zon chegaralarida segmentlarga ajratish orqali platformani tark etish xavfini erta aniqlash va differensial boshqaruv qarorlarini qabul qilish asoslangan;
bank mijozlari so‘rovlariga tezkor javob berish va ularning faoliyatini doimiy monitoring qilish va shaxsiylashtirilgan xizmatlardan foydalanishga yo‘naltirilgan onlayn bank xizmatlari yagona integratsiyalashgan platformasining biznes modeli, ishlash mexanizmiga mos funksional modullari arxitekturasi taklif etilgan;
O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan onlayn kreditlar, iste’molchilar depozitlari, amalga oshirilayotgan konvertatsiya operatsiyalari ta’sirida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Onlayn bank xizmarlar samaradorligini oshirishda integratsiyalashgan platformalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “tijorat banklarining raqamli transformatsiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bank faoliyatining funksional va institutsional jarayonlarini integratsiyalashgan platforma, sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va Open Banking texnologiyalari asosida yagona raqamli muhitga birlashtirgan holda, mijozlar sodiqligini boshqarish va shaxsiylashtirilgan onlayn bank xizmatlarini taqdim etish orqali iqtisodiy faoliyatlar samaradorligini oshiruvchi mexanizm sifatida takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Elektron to‘lov tizimlari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i va 2024-yil 7-maydagi 149-sonli byurug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uslubiy yondashuvga ko‘ra, “tijorat banklarining raqamli transformatsiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini beradi;
tijorat banklarining integratsiyalashgan onlayn bank platformalarida mijozlar faoliyatining davriy sikllarida mijoz sodiqligi integral indeksining “yuqori” (0,75–1,00), “o‘rta” (0,50–0,75) va “qoniqarsiz” (0,00–0,50) me’zon chegaralarida segmentlarga ajratish orqali platformani tark etish xavfini erta aniqlash va differensial boshqaruv qarorlarini qabul qilish taklifi ATB “Biznesni rivojlantirish banki” faoliyatiga joriy etilgan. (ATB “Biznesni rivojlantirish banki” 2026-yil “01” iyundagi 01-007/96 -sonli ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish orqali bankning mijozlarning tark etish xavfini erta aniqlash natijasida xizmatlar samaradorligi 2024-yilga nisbatan 2025-yilda 12 foizga oshgan va maqsadli marketing xarajatlari 8-10 foizga qisqarishga erishilgan;
bank mijozlari so‘rovlariga tezkor javob berish va ularning faoliyatini doimiy monitoring qilish va shaxsiylashtirilgan xizmatlardan foydalanishga yo‘naltirilgan onlayn bank xizmatlari yagona integratsiyalashgan platformasining biznes modeli, ishlash mexanizmi funksional modullari arxitekturasi ATB “Biznesni rivojlantirish banki” faoliyatiga joriy etilgan. (ATB “Biznesni rivojlantirish banki” 2026-yil “01” iyundagi 01-007/96-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish orqali bankning integratsiyalashgan axborot tizimining funksional imkoniyatlari kengaytirilgan va mijozlarga moslashuvchanlik darajasini oshirishga erishilgan. Shuningdek, CRM tizimi orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish samaradorligi 2024-yilga nisbatan 2025-yilda 14 foizga oshgan.
tijorat banklarida onlayn bank xizmatlari yagona integratsiyalashgan platformasini joriy etish asosida banklar faoliyati samaradorligini 2030-yilgacha prognozlash modeli natijalari ATB “Biznesni rivojlantirish banki” faoliyatida foydalanilgan (ATB “Biznesni rivojlantirish banki” 2026-yil “01” iyundagi 01-007/96-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari tijorat banklarining raqamli transformatsiya ko‘rsatkichlari, operatsion samaradorligi, mijozlar sodiqligi, xizmatlar hajmi va moliyaviy natijalarining istiqboldagi dinamikasini baholashda qo‘llanilib, strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash, investisiya va raqamlashtirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda banklarning uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini belgilashda hamda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlashda foydalanilgan.