Valijanov Xasanboy Akbaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bisnes jarayonlari hisobini takomillashtirish», 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt 1809.
Ilmiy rahbar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurmanov Ulug‘bek Anorboevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professort.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy o‘zgarishlar davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida biznes jarayonlari hisobining zamon talablariga mos holda takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
donni saqlash va qayta ishlash korxonalarining o‘ziga xos texnologik xususiyatlaridan kelib chiqib amaldagi schyotlar rejasidagi 1500 - “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotiga donni qabul qilishda qo‘shimcha ishchi schyotlardan ya’ni, 1511 - “Don sotib olish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar” schyotidan foydalanish taklif etilgan;
donni saqlash va qayta ishlash korxonalari hisob siyosatida ta’minot jarayonlari hisobini takomillashtirishda 1010 - “Xom ashyo va materiallar” sintetik schyotida 1012- “Qaytarilgan chiqindilar”, 1011- “Saqlanishdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari”, 1022 - “Vitaminlar, antibiotiklar va mikroelementlar”, 1021 - “Ximikatlar” nomli qo‘shimcha ishchi schyotlar tizimidan foydalanish taklifi va ularning bir-biri bog‘lanish algoritmi ishlab chiqilgan;
don xom ashyoning haqiqiy qiymatini aniqlashda qabul qilingan xom ashyoning haqiqiy qiymati, xom ashyoni sotib olish bahosi (qiymati) hamda xom ashyoni saqlashga tayyorlashdagi boshqa qo‘shimcha xarajatlar (don namligi va tozaligini belgilangan me’yorga keltirish xarajatlari) nisbatini to‘g‘ri hisobga olish tartibi taklif etilgan;
donni qayta ishlashda ishlab chiqarish xarajatlarning paydo bo‘lish joylari bo‘yicha aniq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida 2000 - “Asosiy ishlab chiqarish” sintetik schyotida 2010 - “Un-yorma ishlab chiqarish”, 2020 - “Kombikorma ishlab chiqarish”, 2030 - “Makkajo‘xori donini qayta ishlash” 2040 - “Urug‘lik don tayyorlash”, 2050 - “Boshqa don mahsulotlarni ishlab chiqarish” nomli qo‘shimcha ishchi schyotlar tizimi hamda ularning bir-biri bog‘lanish algoritmidan foydalanish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Donni saqlash va qayta ishlovchi korxonalarda tashkil etilgan biznes jarayonlari buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
donni saqlash va qayta ishlash korxonalarining o‘ziga xos texnologik xususiyatlaridan kelib chiqib amaldagi schyotlar rejasidagi 1500 - “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotiga donni qabul qilishda qo‘shimcha ishchi schyotlardan ya’ni, 1511 - “Don sotib olish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar” schyotidan foydalanish taklifi “Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 19-dekabrdagi 3/259-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida donni saqlash va qayta ishlovchi korxonalarda biznes jarayonlari buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish orqali tovar-moddiy zaxiralardan samarali foydalanish imkoni yaratilgan;
donni saqlash va qayta ishlash korxonalari hisob siyosatida ta’minot jarayonlari hisobini takomillashtirishda 1010 - “Xom ashyo va materiallar” sintetik schyotida 1012- “Qaytarilgan chiqindilar”, 1011- “Saqlanishdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari”, 1022 - “Vitaminlar, antibiotiklar va mikroelementlar”, 1021 - “Ximikatlar” nomli qo‘shimcha ishchi schyotlar tizimidan foydalanish taklifi va ularning bir-biri bog‘lanish algoritmidan foydalanish taklifi “Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 19-dekabrdagi 3/259-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida donni saqlash va qayta ishlovchi korxonalarda biznes jarayonlari buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish orqali tovar-moddiy zaxiralardan samarali foydalanish imkoni yaratilgan;
don xom ashyoning haqiqiy qiymatini aniqlashda qabul qilingan xom ashyoning haqiqiy qiymati, xom ashyoni sotib olish bahosi (qiymati) hamda xom ashyoni saqlashga tayyorlashdagi boshqa qo‘shimcha xarajatlar (don namligi va tozaligini belgilangan me’yorga keltirish xarajatlari) nisbatini to‘g‘ri hisobga olish taklifi “Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 19-dekabrdagi 3/259-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonada qabul qilingan don xom ashyoni haqiqiy bahosini to‘gʻri aniqlanishi tufayli ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxining optimallashuviga erishish imkoni yaratilgan;
donni qayta ishlashda ishlab chiqarish xarajatlarning paydo bo‘lish joylari bo‘yicha aniq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida 2000 - “Asosiy ishlab chiqarish” sintetik schyotida 2010 - “Un-yorma ishlab chiqarish”, 2020 - “Kombikorma ishlab chiqarish”, 2030 - “Makkajo‘xori donini qayta ishlash” 2040 - “Urug‘lik don tayyorlash”, 2050 - “Boshqa don mahsulotlarni ishlab chiqarish” nomli qo‘shimcha ishchi schyotlar tizimi hamda ularning bir-biri bog‘lanish algoritmidan foydalanish taklifi “Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 19-dekabrdagi 3/259-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida donni saqlash va qayta ishlovchi korxonalarda biznes jarayonlari buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish orqali tovar-moddiy zaxiralardan samarali foydalanish imkoni yaratilgan.