Ulashbaev Shohruh Abdivaxobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda komplaens-nazorat tizimidan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Xasan O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda komplaens-nazorat tizimidan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda AML/CFT va moliyaviy monitoringi hamda boshqa moliyaviy institutlar va kontragentlar bilan birgalikda “Sanction” tekshiruvini tadbiq etish taklifi asoslangan;
tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ichki va tashqi muhitlari integral baholash shkalasi 12 ≤ FSmol.xavf < 24 – «past», 24 ≤ FSmol.xavf < 36 – «o‘rtacha», 36≤ FSmol.xavf < 48 – «o‘rtachadan yuqori», 48 ≤ FSmol.xavf ≤ 60 – «yuqori» xavfsizlik diapazonini belgilash asosida takomillashtirish chegaralarini baholash taklif etilgan;
tijorat banklarida kredit berishdan oldingi bosqichda qarz oluvchining shaxsini (KYC), moliyaviy holatini, garov hujjatlarini va manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini tekshirish tartibi ishlab chiqilgan;
tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta’minlash talablari asosida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB  va “Agrobank” ATB jami aktivlari hajmining 2028 yilga qadar prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda komplaens-nazorat tizimidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda AML/CFT va moliyaviy monitoringi hamda boshqa moliyaviy institutlar va kontragentlar bilan birgalikda “Sanction” tekshiruvini tadbiq etish taklifi Agrobank ATB va O‘zsanoatqurilishbank ATB faoliyatlariga joriy etilgan. («Agrobank» ATBning 2025-yil 23-oktyabrdagi 04/02-06/407-son hamda «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2025-yil 05-noyabrdagi 07-04/26992/1-son ma’lumotnomalari). Natijada, O‘zsanoatqurilishbank ATBda 2024 yil yakuni bilan jami aktivlar 12170,6 mrd.so‘mga, sof foyda 113,8 mlrd.so‘mga oshgan, daromadlar esa 5799,9 mlrd.so‘mga oshirish, Agrobank ATBda 2024 yil yakuni bilan jami aktivlar 12704,1 mrd.so‘mga, ya’ni 19,04 foizga etish imkoni bergan. 
tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ichki va tashqi muhitlari integral baholash shkalasi 12 ≤ FSmol.xavf < 24 – «past», 24 ≤ FSmol.xavf < 36 – «o‘rtacha», 36≤ FSmol.xavf < 48 – «o‘rtachadan yuqori», 48 ≤ FSmol.xavf ≤ 60 – «yuqori» xavfsizlik diapazonini belgilash asosida takomillashtirish chegaralarini baholash taklifi Agrobank ATB va O‘zsanoatqurilishbank ATB faoliyatlariga joriy etilgan. («Agrobank» ATBning 2025-yil 23-oktyabrdagi 04/02-06/407-son hamda «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2025-yil 05-noyabrdagi 07-04/26992/1-son ma’lumotnomalari). Natijada, O‘zsanoatqurilishbank ATB va Agrobank ATBlarning  moliyaviy xavfsizlik darajasi baholanib, moliyaviy barqarorligiga xavf soluvchi ichki tahdidlar aniqlangan, ularni bartaraf etish bo‘yicha komplaens-nazorat bo‘limiga tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan.
tijorat banklarida kredit berishdan oldingi bosqichda qarz oluvchining shaxsini (KYC), moliyaviy holatini, garov hujjatlarini va manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini tekshirish tartibini ishlab chiqishga doir taklifi Agrobank ATB faoliyatiga joriy etilgan. («Agrobank» ATBning 2025-yil 23-oktyabrdagi 04/02-06/407-son ma’lumotnomalari). Natijada, Agrobank ATBda 2025 yil 6 oyda 2024 yilga nisbatan muddati o‘tgan kreditlar hajmini 106 mlrd.so‘mga kamaytirishga erishilgan.
tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta'minlash talablari asosida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB  va “Agrobank” ATB jami aktivlari hajmining 2028 yilga qadar prognoz ssenariylariga doir taklifi Agrobank ATB va O‘zsanoatqurilishbank ATB faoliyatlariga joriy etilgan. («Agrobank» ATBning 2025-yil 23-oktyabrdagi 04/02-06/407-son hamda «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2025-yil 05-noyabrdagi 07-04/26992/1-son ma’lumotnomalari). Natijada, «Agrobank» ATB  hamda "O‘zsanoatqurilishbank" ATBning 2024-2026-yillar uchun rivojlanish strategiyasiga tuzatishlar kiritishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish