Umarova Mukaddas Rustamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tropan va izoxinolin alkaloidlari hosilalarining sitotoksik faolligini o‘rganish», 02.00.10 - Bioorganik kimyo, 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/V1598.
Ilmiy rahbarlar: Azimova Shaxnoz Sadikovna, biologiya fanlari doktori, professor; Terenteva Ekaterina Olegovna, PhD, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.K/B.18.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Nigora Rustamovna, biologiya fanlari doktori, professor; Qo‘ziev Sherali Nasrulloevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tropan va izoxinolin alkaloidlari hosilalari orasidan saraton hujayralariga faol, normal hujayralarga kam toksik birikmalarni in vitro sharoitida aniqlash hamda aniqlangan istiqbolli birikmalarni in vivo, leykemiya turlariga ta’sirini in situ, shuningdek, aniqlangan sitotoksik birikmalarning ta’sir mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta in vitro sharoitida konvolvinning N-alkil (Ch₂)n hosilalari, 3,4-digidroizoxinolin hosilalari va 1-(aril)-N-alkil (Ch₂)n tetragidroizoxinolin hosilalarining sitotoksik faolligi aniqlangan: 
1-(2’-brom-4’,5’-metilendioksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetrahidroizoxinolin (I-Br) hosilasining  T-limfoblastli leykemiya hujayra liniyalari CCRF-CEM va Jurkatga yuqori sitotoksik ta’siri va normal hujayralarga nisbatan njo‘ya ta’sir etmasliga isbotlangan;
in situ sharoitida I-Br birikmasi sitarabin va doksorubisin priparatlariga nisbatan o‘tkir mieloleykemiya (OʻML), o‘tkir mielomonotsitar leykemiya (OʻMML) va o‘tkir monoblastik leykemiya (OʻMoL)da yuqori samaradorli ekanligi isbotlangan;
birinchi marta I-Br birikmasining saraton hujayralarida oksidlovchi stressga ta’siri tadqiq sitotoksik ta’siri lipidlarning peroksidli oksidlanish mahsulotlari ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatmasligini aniqlangan;
I-Br birikmasining saraton hujayralari proliferatsiyasi uchun mas’ul bo‘lgan Top I va Top II genlarining ekspressiyasiga ta’siri tadqiq etish natijasida, ushbu hosila, Top I genining ekspressiyasini ingibirlashi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Izoxinolin alkaloidlari hosilalarini biologik faolliklarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
leykemiya hujayralari turlariga nisbatan sitotoksik faol boʻlgan 1-(2’-brom-4’,5’-metilendioksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetrahidroizoxinolin birikmasi uchun Evroosiyo intellektual mulk agentligining xalqaro ixtro patenti olingan (№ 050000 B1, 29.05.2025 y.). Natijada, izoxinolin alkaloidlarining sintetik hosilalari asosida onkogematologik kasalliklarni davolash uchun preparatlar yaratish inkinini bergan;
o‘tkir mieloid, o‘tkir mielomonotsitar hamda o‘tkir monoblast leykozlarga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi izoxinolin alkaloidlarining yangi sintetik hosilalariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi ixtro patenti olingan (№ IAP 8304, 13.11.2025 y.). Natijada, izoxinolin alkaloidlarining sintetik hosilalari o‘tkir mieloid, o‘tkir mielomonotsitar hamda o‘tkir monoblast leykozlarni davolash uchun istiqbolli saratonga qarshi dori vositasi sifatida tavsiya etish imkonini beradi;
tropan va izoxinolin alkaloidlari hosilalarining saraton hujayralarida sitotoksik faolligini  o‘rganish natijalaridan O‘simlik moddalari kimyosi institutining «O‘zbekiston florasi o‘simliklarining alkaloidlari asosida yuqori biologik faolliklarni namoyon qiluvchi samarali dori-vositalarini qidirish» mavzusidagi bazaviy fundamental tadqiqotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 6.02.2026 yildagi 4/1255-338-son ma’lumotnomasi). Natijada, izoxinolin alkaloidi asosida istiqbolli, biologik faol, yangi, modifikatsiyalangan hosilalarni yaratish imkoniyatini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish