Abdullaev Jamshid Djamilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) “Tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ayrim shartnomaviy munosabatlarni fuqarolik huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Yu313.
Ilmiy maslahatchi: Choriev Murodjon Shokirjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.14/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Botir Bilolovich, yuridik fanlar doktori, Saydivalieva Xurshida Xodjiakbarovna, yuridik fanlar doktori, dotsent, professor; Babaev Djaxongir Ismailbekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ayrim shartnomaviy munosabatlarni fuqarolik huquqiy tartibga solishni takomillashtirish hamda fuqarolik huquqiy tartibga solish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fuqarolik huquqida tibbiy xizmat ko‘rsatish, sog‘lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlikni ta’minlash uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishning huquqiy asoslarini belgilash zarurati asoslantirib berilgan; 
yordamchi reproduktiv texnologiyalar usullari buyurtmachi(bemor)ning ixtiyoriy rozilik arizasi asosida ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilishi fuqarolik huquqiy jihatdan ilmiy asoslantirilgan;
viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarma(lar)i rahbarlarining tibbiy xizmat ko‘rsatish natijalariga oid hisoboti tegishli xalq deputatlari Kengashida eshitilishini va ularning faoliyati samaradorligiga baho berishni qonunchilikda belgilash natijasida tibbiy xizmat sifatini nazorat qilish zarurati asoslantirilgan; 
mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish vakolatining kiritilishi fuqarolarning salomatligiga oid huquqlarini samarali ta'minlashga xizmat qilishi asoslantirilgan;
tirik donordan o‘z a’zosi yoki to‘qimalarini olish bepul va notarial tasdiqlangan yozma shakldagi ixtiyoriy roziligi asosida amalga oshirilishi asoslantirib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ayrim shartnomaviy munosabatlarni fuqarolik huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Fuqarolik huquqida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun sog‘lom turmush tarzi, reproduktiv salomatlik qoidalarini ta'minlashga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-208-sonli farmonining 2-band 7-xatboshisida belgilangan vazifalarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 24- oktyabrdagi 01-09/2281-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida tibbiy xizmat ko‘rsatish shartnomalari doirasida oila qamrovida sog‘lom turmush tarzi, reproduktiv salomatlik qoidalarini tartibga solishga xizmat qilgan. 
Fuqarolarning yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ixtiyoriy rozilik arizasining tarkibiy qismlarini shakllantirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 14-yanvardagi 106-son buyrug‘i) nizomning 1-ilovasida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-iyuldagi 05-15014-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi tibbiy xizmat ko‘rsatish shartnomalaridan biri – yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qo‘llashda mazkur shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari, tibbiy amaliyotning ixtiyoriylik asosida amalga oshirilishini ta’minlashni nazarda tutgan.
Viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho berishi, hududdagi sog‘liqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini oshirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 4-oktyabrdagi O‘RQ-870-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sog‘liqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo‘mitasi 2024-yil 13-maydagi 04/2-10-1127-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaviy munosabatlarni tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan hisobot tarzida eshitilishini va tibbiy xizmat sifatini nazorat qilinishini ta'minlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlari doirasiga birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, ulardan hammaning bahramand bo‘la olishini ta'minlash, tasarrufdagi hududda fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlashni takomillashtirish xususidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-815-sonli Qonuni 3-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlar (O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunining 6-modda beshinchi qismiga kiritilgan o‘zgartirishlar)da o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2024-yil 30-sentyabrdagi 01/q-08-56-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi bilan tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ayrim shartnomaviy munosabatlarni fuqarolik huquqiy tartibga solish, jumladan, davolashning zamonaviy tibbiy shartnomaviy uslublaridan foydalanish masalasini tartibga solishga xizmat qilgan.
Tirik donordan o‘z a’zosini va (yoki) to‘qimalarini olishga bo‘lgan roziligini ixtiyoriy ravishda, bepul asosda, notarial tartibda tasdiqlangan yozma shakldaligi, transplantatsiya qilish uchun olish mumkinligi to‘g‘risida mutaxassis-shifokorlarning tibbiy xulosasiga oid taklifi 2022-yil 11-maydagi “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-768-sonli qonunining 12-moddasi 2-qismida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi 2024-yil 30-iyuldagi 25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi transplantatsiya sohasida tibbiy xizmat ko‘rsatish shartnomasining qonuniy amalga oshirilishi qoidalarini tartibga solishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish