Abdurasulov Jamshidbek Axmad ug‘lining
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarni qayta tashkil qilish jarayonlari hisobini takomillashtirish”, 08.00.08. - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3295
Ilmiy rahbar: Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: Alikulov Abdumo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ochilov Olmos Ikrom o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
korxonalarni qayta tashkil etish jarayonlari hisobini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalarni qayta tashkil etish jarayonlari hisobining obektlari, tamoyillari, tan olish, baholash, taqsimlash, vorislik asosida o‘tkazish va moliyaviy hisobotda ochib berish bosqichlarini o‘zaro bog‘liqlikda qamrab oluvchi yaxlit model ishlab chiqilgan;
korxonalarni qayta tashkil etish jarayonlarida aktivlar va majburiyatlarni haqqoniy qiymatda baholash natijasida yuzaga keladigan baholash farqlarini buxgalteriya hisobida alohida aks ettirish maqsadida ishchi schyotlar rejasiga 8540-“Qayta tashkil etish bo‘yicha baholash natijalarini hisobga oluvchi schyotlar”, 8541-“Qayta tashkil etish bo‘yicha aktivlarni baholash natijalarini hisobga oluvchi schyotlar” va 8542-“Qayta tashkil etish bo‘yicha passivlarni baholash natijalarini hisobga oluvchi schyotlar”ni kiritish asosida qayta tashkil etishga oid hisob axborotlarining qamrovi va tahliliy imkoniyatlarini kengaytirish asoslangan;
qo‘shib yuborish va qo‘shib olish jarayonlarida hisob axborotining uzlyuksizligi va solishtiruvchanligini ta’minlash maqsadida qayta tashkil etilayotgan korxonaning yakuniy moliyaviy holatini, baholangan sof aktivlarini, baholash farqlarini, qadrsizlanish, kamomadlar va yakuniy moliyaviy natijalarini huquqiy voris yoki yangi tashkil etilayotgan korxonaning hisobot ko‘rsatkichlari bilan bog‘lovchi “yakunlovchi hisobot – vorislik hisoboti – boshlang‘ich (qayta tuzilgan) hisobot” uslubiy zanjiri ishlab chiqilgan;
bo‘lish, ajratib chiqarish va tashkiliy-huquqiy maqomni o‘zgartirish shakllarida aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital elementlari va xarajatlarni voris korxonalar o‘rtasida taqsimlash hamda moliyaviy hisobotda aks ettirishda “hisob obekti – taqsimlash mezoni – voris subekt – hisobot shakli” bog‘liqligiga asoslangan uslubiy yondashuv ishlab chiqilib, sof aktivlar, mulkdorlar ulushi, shartnomaviy vorislik va tegishli aktivlar bilan bog‘liqlik mezonlari asosida taqsimlash tartibi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
korxonalarni qayta tashkil etish jarayonlari hisobining obektlari, tamoyillari, tan olish, baholash, taqsimlash, vorislik asosida o‘tkazish va moliyaviy hisobotda ochib berish bosqichlarini o‘zaro bog‘liqlikda qamrab oluvchi yaxlit model bo‘yicha taklifi “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ va “O‘zbek Geologiya Qidiruv” AJ Samarqand MGQE amaliyotiga joriy etilgan (“Jizzaxdonmahsulotlari” AJning 2026-yil 8-iyundagi №148-son, “O‘zbek Geologiya Qidiruv” AJ Samarqand MGQEning 2026-yil 5-iyundagi №44/01-673-son ma’lumotnomalari). Natijada, qayta tashkil etish jarayonlariga oid obektlarni buxgalteriya hisobida tizimli aks ettirish, ularni identifikatsiyalash, tan olish, baholash, taqsimlash, vorislik asosida o‘tkazish va moliyaviy hisobotda ochib berish imkoniyatini bergan;
korxonalarni qayta tashkil etish jarayonlarida aktivlar va majburiyatlarni haqqoniy qiymatda baholash natijasida yuzaga keladigan baholash farqlarini buxgalteriya hisobida alohida aks ettirish maqsadida ishchi schyotlar rejasiga 8540-“Qayta tashkil etish bo‘yicha baholash natijalarini hisobga oluvchi schyotlar”, 8541-“Qayta tashkil etish bo‘yicha aktivlarni baholash natijalarini hisobga oluvchi schyotlar” va 8542-“Qayta tashkil etish bo‘yicha passivlarni baholash natijalarini hisobga oluvchi schyotlar”ni kiritish asosida qayta tashkil etishga oid hisob axborotlarining qamrovi va tahliliy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha taklifi “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ va “O‘zbek Geologiya Qidiruv” AJ Samarqand MGQE amaliyotiga joriy etilgan (“Jizzaxdonmahsulotlari” AJning 2026-yil 8-iyundagi №148-son, “O‘zbek Geologiya Qidiruv” AJ Samarqand MGQEning 2026-yil 5-iyundagi №44/01-673-son ma’lumotnomalari). Natijada, baholash farqlarini tavsiya etilgan schyotlar orqali alohida aks ettirish, ushbu schyotlarning buxgalteriya hisobining boshqa schyotlari bilan korrespondensiyalanish tartibini belgilash hamda baholash natijalari bo‘yicha analitik axborotlarni shakllantirish imkoniyatini kengaytirgan;
qo‘shib yuborish va qo‘shib olish jarayonlarida hisob axborotining uzlyuksizligi va solishtiruvchanligini ta’minlash maqsadida qayta tashkil etilayotgan korxonaning yakuniy moliyaviy holatini, baholangan sof aktivlarini, baholash farqlarini, qadrsizlanish, kamomadlar va yakuniy moliyaviy natijalarini huquqiy voris yoki yangi tashkil etilayotgan korxonaning hisobot ko‘rsatkichlari bilan bog‘lovchi “yakunlovchi hisobot – vorislik hisoboti – boshlang‘ich (qayta tuzilgan) hisobot” uslubiy zanjiri bo‘yicha taklifi “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ va “O‘zbek Geologiya Qidiruv” AJ Samarqand MGQE amaliyotiga joriy etilgan (“Jizzaxdonmahsulotlari” AJning 2026-yil 8-iyundagi №148-son, “O‘zbek Geologiya Qidiruv” AJ Samarqand MGQEning 2026-yil 5-iyundagi №44/01-673-son ma’lumotnomalari). Natijada, qo‘shib yuborish jarayonida inventarizatsiya o‘tkazish, aktivlar va majburiyatlarni baholash, baholash farqlarini aks ettirish, baholangan sof aktivlar va yakuniy moliyaviy natijani aniqlash, tugatish balansini tuzish hamda yangi tashkil etilayotgan korxonaning boshlang‘ich moliyaviy holati to‘g‘risidagi hisobotini shakllantirishni qamrab oluvchi olti bosqichli amaliy algoritm va blok-sxemani hisob siyosati doirasida qo‘llashga xizmat qilgan;
bo‘lish, ajratib chiqarish va tashkiliy-huquqiy maqomni o‘zgartirish jarayonlarida aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital elementlarini voris korxonalar o‘rtasida taqsimlash uchun “hisob obekti – taqsimlash mezoni – voris subekt – hisobot shakli” bog‘liqligi asosida taqsimlash qaydnomasi, voris korxonalar kesimida boshlang‘ich balans shakllari, taqsimlangan obektlarni qabul qilish-o‘tkazish dalolatnomalari hamda buxgalteriya yozuvlari bo‘yicha taklifi “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ va “O‘zbek Geologiya Qidiruv” AJ Samarqand MGQE amaliyotiga joriy etilgan (“Jizzaxdonmahsulotlari” AJning 2026-yil 8-iyundagi №148-son, “O‘zbek Geologiya Qidiruv” AJ Samarqand MGQEning 2026-yil 5-iyundagi №44/01-673-son ma’lumotnomalari). Natijada, aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, qayta tashkil etish xarajatlari, kamomad, nobudgarchilik va qadrsizlanish summalarini voris korxonalar o‘rtasida taqsimlash, ularni tugatish, taqsimlash va boshlang‘ich balanslarda aks ettirishga imkoniyat bergan.