Kalonov Shohijahon Normaxmad o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobini takomillashtirish (Davlat oliy ta’lim tashkilotlari misolida)”; 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4166
Ilmiy rahbar: Ostonokulov Azamat Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.19.05.
Rasmiy opponentlar: Xojaev Azizxon Saidaloxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Avlokulov Anvar Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari tushumini har bir turi bo‘yicha 520 151 – “O‘qitishning to‘lov-kontraktdan tushumlar”, 520 152 – “Qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha to‘lov-kontraktdan tushumlar”, 520 153 – “Talabalarni akademik qarzdorlik fanlaridan qayta o‘qitish bo‘yicha tushumlar” ishchi schyotlarida hisobga olish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasasida to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitish xarajatlarini
730 100 – “O‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 730 200 – “Qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha to‘lov-kontraktdan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 730 300 – “Talabalarni akademik qarzdorlik fanlaridan qayta o‘qitishdan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” ishchi schyotlarida hisobga olish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy natijalarni tushumlarning turi bo‘yicha hisobga olishni takomillashtirish maqsadida 983 100 – “O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha moliyaviy natijalar”, 983 200 – “Qo‘shma ta’lim dasturi to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha moliyaviy natijalar”, 983 300 – “Talabalarni akademik qarzdorlik fanlarini qayta o‘qitishdan olingan moliyaviy natijalar” ishchi schyotlaridan foydalanish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv maqsadida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha moliyaviy natijalari tarkibida “O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha moliyaviy natijalar”, “Qo‘shma ta’lim dasturi to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha moliyaviy natijalar” hamda “Talabalarni akademik qarzdorlik fanlarini qayta o‘qitishdan olingan moliyaviy natijalar”ni alohida satrlarda aks ettirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari tushumini har bir turi bo‘yicha 520 151 – “O‘qitishning to‘lov-kontraktdan tushumlar”, 520 152 – “Qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha to‘lov-kontraktdan tushumlar”, 520 153 – “Talabalarni akademik qarzdorlik fanlaridan qayta o‘qitish bo‘yicha tushumlar” ishchi schyotlarida hisobga olish taklifi Muhammad al‒Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Shahrisabz davlat pedagogika instituti tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 14-yanvardagi 02/01-01-15-son, Muhammad al‒Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2024-yil 17-dekabrdagi
5133/06-1-son hamda Shahrisabz davlat pedagogika institutining 2024-yil 11-dekabrdagi 02-07-1790/05-son ma’lumotnomalari). Taklifning joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli mablag‘lari tushumining turlari to‘g‘risida tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirish, daromadlarni prognozlashtirish yuzasidan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasasida to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitish xarajatlarini o‘qitishning har bir turi, yo‘nalishi bo‘yicha analitik ishchi schyotlarida yuritish bo‘yicha berilgan taklif Muhammad al‒Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Shahrisabz davlat pedagogika instituti tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 14-yanvardagi 02/01-01-15-son, Muhammad al‒Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2024-yil 17-dekabrdagi 5133/06-1-son hamda Shahrisabz davlat pedagogika institutining 2024-yil 11-dekabrdagi 02-07-1790/05-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida oliy ta’lim tashkiloti xarajatlarini daromad manbaalari kesimida hisobga olish va moliyaviy natijalarni shakllantirish aniqligini ortishiga, boshqaruv qarorlari qabul qilish sifati yaxshilanishiga, xizmat turlari bo‘yicha rentabellikni va byudjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanish samaradorligini baholash imkoniyatlarini yaxshilashga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy natijalarni tushumlarni turi bo‘yicha hisobga olishni takomillashtirish maqsadida tegishli tegishli ishchi schyotlardan foydalanish bo‘yicha berilgan tavsiya Muhammad al‒Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Shahrisabz davlat pedagogika instituti tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 14-yanvardagi 02/01-01-15-son, Muhammad al‒Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2024-yil 17-dekabrdagi 5133/06-1-son hamda Shahrisabz davlat pedagogika institutining 2024-yil 11-dekabrdagi 02-07-1790/05-son ma’lumotnomalari). Mazkur tavsiyadan foydalanish natijasida moliyaviy natijalarni faoliyat turlari kesimida aniqlash imkoniyatini yaratib, ta’lim xizmatlarining iqtisodiy samaradorligi baholash, strategik boshqaruv qarorlarining sifati oshirish, daromad markazlari bo‘yicha monitoring tizimini shakllantirish, byudjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanish samaradorligi oshirish imkoniyatlarini yaxshilagan;
oliy ta’lim muassasalari boshqaruvida foydalaniladigan segmentar ishki moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning namunaviy shakli bo‘yicha berilgan tavsiya Muhammad al‒Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Shahrisabz davlat pedagogika instituti tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 14-yanvardagi 02/01-01-15-son, Muhammad al‒Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2024-yil 17-dekabrdagi 5133/06-1-son hamda Shahrisabz davlat pedagogika institutining 2024-yil 11-dekabrdagi 02-07-1790/05-son ma’lumotnomalari). Mazkur tavsiyani joriy etilishi ta’lim xizmatlari bo‘yicha segmentar tahlilni amalga oshirish va resurslarni samarali taqsimlash imkoniyatlari yaxshilangan, shuningdek, daromad markazlari bo‘yicha boshqaruv nazorati kuchaytirishga, zarar keltirayotgan yo‘nalishlarni aniqlashga, moliyaviy mustaqillik darajasini baholashga xizmat qilgan.