Ismoilova Feruza Kubaymurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim xizmatlari bozorida integratsion jarayonlar rivojlanishining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4924
Ilmiy rahbar: Babanazarova Sevara Abdinazarovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Muxitdinov Shoxijahon Xudoyor o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Ochilova Nargiza Akramovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida ta’lim xizmatlari bozorida integratsion jarayonlarni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida integratsiyani rivojlantirish jarayoni ta’lim sohasida siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va darajasini belgilaydigan global hamkorlikni o‘rnatish, oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini uyg‘unlashtirish, oliy ta’lim hujjatlarini o‘zaro tan olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda oliy ta’limning o‘zgaruvchan rolini aks ettiruvchi boshqaruv tizimini shakllanti-rishning tashqi va ichki omillariga guruhlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida integratsion jarayonlar samaradorligi darajasini integral baholash usuli oliy ta’lim muassasasida integratsion jarayonlar samaradorligi ko‘rsatkichini past (0,001≤ Iis <0,333), o‘rta (0,334≤ Iis <0,666) va yuqori (0, 667 ≤ Iis <1,000) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda integratsion jarayonlar rivojlanishining har bir toifasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari moslashuvchan mobilligi, ichki imkoniyatlari va hamkorlik darajasiga ko‘ra tizimlashtirish asosida takomilashtirilgan;
oliy tizimida hamkorlikning moslashuvchan usullarini joriy qilish, xalqaro sifat standartlari talablariga javob beradigan oliy ta’lim faoliyatini tashkil etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning vertikal va gorizantal hamkorligini rivojlantirish orqali ta’lim sifatini yaxshilash hamda mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan integratsiyani amalga oshirishning konseptual modeli ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim xizmatlari bozorining rivojlanish tendensiyalari hamda oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida bitiruvchilar raqobatbardoshligi darajasi dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim xizmatlari bozorida integratsion jarayonlar rivojlanishining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim tizimida integratsiyani rivojlantirish jarayoni ta’lim sohasida siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va darajasini belgilaydigan global hamkorlikni o‘rnatish, oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini uyg‘unlashtirish, oliy ta’lim hujjatlarini o‘zaro tan olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda oliy ta’limning o‘zgaruvchan rolini aks ettiruvchi boshqaruv tizimini shakllantirishning tashqi va ichki omillariga guruhlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2026-2027 yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2026-yil 03-iyundagi 02-02/4967-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish oily ta’lim muassasalarida integratsion jarayonlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillarni guruhlash asosida oliy ta’lim tizimini barqaror rivojlantirish muammolarini hal qilish instrumentlarini qo‘llash imkonini bergan.
oliy ta’lim tizimida integratsion jarayonlar samaradorligi darajasini integral baholash usulini oliy ta’lim muassasasida integratsion jarayonlar samaradorligi ko‘rsatkichini past (0,001≤ Iis <0,333), o‘rta (0,334≤ Iis <0,666) va yuqori (0, 667 ≤ Iis <1,000) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda integratsion jarayonlar rivojlanishining har bir toifasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari moslashuvchan mobilligi, ichki imkoniyatlari va hamkorlik darajasiga ko‘ra tizimlashtirish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2026-2027 yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2026-yil 03-iyundagi 02-02/4967-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish oliy ta’lim tizimida integratsion jarayonlar samaradorligi darajasini toifalarga guruhlash asosida ularning raqobat ustunligini ta’minlash yo‘nalishlarini aniqlash va xizmatlarning bozor sig‘imini kengaytirish bo‘yicha boshqaruv qarorlari optimalligiga erishishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy tizimida hamkorlikning moslashuvchan usullarini joriy qilish, xalqaro sifat standartlari talablariga javob beradigan oliy ta’lim faoliyatini tashkil etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning vertikal va gorizantal hamkorligini rivojlantirish orqali ta’lim sifatini yaxshilash hamda mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan integratsiyani amalga oshirishning konseptual modeli O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2026-2027 yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2026-yil 03-iyundagi 02-02/4967-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish OTMlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ta’lim sifatini yaxshilash va mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashni ta’minlash orqali ularning raqobat ustunligini ta’minlash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim xizmatlari bozorining rivojlanish tendensiyalari hamda oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida bitiruvchilar raqobatbardoshligi darajasi dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2026-2027 yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2026-yil 03-iyundagi 02-02/4967-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030-yilga kelib, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining raqobatbardoshligi darajasini 91,3 %ga oshirish imkonini beradi.