Bozorova Madina Raxmat qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada bilim va kompetensiyalarni shakllantirish tizimi samaradorligini baholashning iqtisodiy mexanizmlari (Qashqadaryo viloyati misolida)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Ilmiy rahbar: Jumanazarov Kodirjon Salyaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsenti.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti professori, i.f.d. Muxitdinov Xudoyor Suyunovich;
Qarshi davlat universiteti dotsenti, i.f.f.d. (PhD) Ismatullaev Jasur Anvarovich
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Dissertatsiya tadqiqotining maqsadi mintaqada bilim va kompetensiyalarni shakllantirish tizimi samaradorligini baholashni iqtisodiy mexanizmlari bo‘yicha nazariy tahlil qilish, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada bilim va kompetensiyalarni shakllantirishda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini baholashning nazariy-uslubiy modeli asosida K - bilim va kompetensiyalar indeksi, S - ijtimoiy samaradorlik indeksi, I - innovatsion faoliyat indeksi, M - moliyaviy ta’minot indeksi, R - raqobatbardoshlik indeksi va ularni umumlashtiruvchi SEI integral samaradorlik indeksi taklif etilgan; 
mintaqada bilim va kompetensiyalar tizimi samaradorligini baholash va uning raqobatbardoshlikka ta’sirini aniqlashning integrallashgan modeli taklif etilib, u   HC = f(D, I, K, C) ko‘rinishida ifodalanib, natijada komponentlar asosida bilimlar iqtisodiyotining kompleks ko‘rsatkichi (BIKK)ning asosiy omillari ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi; 
bilim va kompetensiyalarni shakllantirish tizimida pullik ta’lim xizmatlari narxini belgilashning uslubiy yondashuvi takomillashtirilgan bo‘lib, unda to‘liq xarajat, marjinal xarajat, rentabellik, bozor bahosi va maqsadli foydani ta’minlash usullari qiyosiy baholangan hamda ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi narx shakllantirish mexanizmi asoslangan; 
Qashqadaryo viloyatida bilim va kompetensiyalarni oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olgan holda 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan hududdagi OTMlarda talim xarajatlarining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. mintaqada bilim va kompetensiyalarni shakllantirish tizimi samaradorligini baholashning iqtisodiy mexanizmlari asosini axborot va empirik boshqaruv sohasidagi yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar va mutaxassislarning ilmiy va amaliyotga yoʻnaltirilgan takliflar asosida:
mintaqada bilim va kompetensiyalar tizimi samaradorligini baholash va uning raqobatbardoshlikka ta’sirini aniqlashning integrallashgan modeli taklif etilib, u   HC = f(D, I, K, C) ko‘rinishida ifodalanib, natijada komponentlar asosida bilimlar iqtisodiyotining kompleks ko‘rsatkichi (BIKK)ning asosiy omillari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2026-yil 18-fevral  18-son “Viloyatda transport – logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 05-iyun 09-11/6712-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida viloyatda inson kapitali sifatini oshirish, raqamli va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda ta’lim muassasalari faoliyatini hududiy iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashtirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun amaliy baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
mintaqada bilim va kompetensiyalar tizimi samaradorligini baholash va uning raqobatbardoshlikka ta’sirini aniqlashning integrallashgan modeli taklif etilib, u   HC = f(D, I, K, C) ko‘rinishida ifodalanib, natijada komponentlar asosida bilimlar iqtisodiyotining kompleks ko‘rsatkichi (BIKK)ning asosiy omillari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2026-yil 18-fevral  18-son “Viloyatda transport – logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 05-iyun 09-11/6712-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida mintaqada inson kapitali sifatini oshirish, raqamli va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda ta’lim muassasalari faoliyatini hududiy iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashtirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun amaliy baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
bilim va kompetensiyalarni shakllantirish tizimida pullik ta’lim xizmatlari narxini belgilashning uslubiy yondashuvi takomillashtirilgan bo‘lib, unda to‘liq xarajat, marjinal xarajat, rentabellik, bozor bahosi va maqsadli foydani ta’minlash usullari qiyosiy baholangan hamda ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi narx shakllantirish mexanizmi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2026-yil 18-fevral  18-son “Viloyatda transport – logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 05-iyun 09-11/6712-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida pullik ta’lim xizmatlari narxini belgilashda xarajatlar, rentabellik, bozor talabi va ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini hisobga olishga asoslangan amaliy yondashuv ishlab chiqilib, undan ta’lim xizmatlari bozorida iqtisodiy samaradorlikni oshirishda foydalanish imkoniyati ochib berilgan;
Qashqadaryo viloyatida bilim va kompetensiyalarni oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olgan holda 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan OTMlarda talim xarajatlarining prognoz parametrlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2026-yil 18-fevral  18-son “Viloyatda transport – logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 05-iyun 09-11/6712-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida viloyatida 2025-2030-yillarda oliy ta’lim xarajatlarini rejalashtirish, kadrlar tayyorlash jarayonini moliyaviy jihatdan muvofiqlashtirish hamda bilim va kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqish uchun prognoz ko‘rsatkichlari amaliy asos sifatida tavsiya etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish