Asrorov Azizbek Isomiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Tijorat banklarida kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt4419
Ilmiy rahbar: Rajabov Sherzod Umirzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Dilobar Isomjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Foziljonov Ibroximjon Sotvoldixo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Toshkent Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bankning doimiy mijozlari uchun maxsus kreditlash shartlarini joriy etish orqali foiz stavkalarini pasaytirish va kreditlash limitlarini oshirish, kreditlarni qayta tuzish va vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan vaqtda kredit ta’tilini taqdim etish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan turib kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar uchun bozor stavkasida 500 mln. so‘mgacha bo‘lgan miqdorida kreditlar ajratish mexanizmini joriy etish taklifi asoslab berilgan; 
tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subektlariga ajratilgan kreditlar hajmining o‘sishi holatini avtoregressiv taqsimlangan lag (ARDL) modeli asosida 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari taklif etilgan;
bank mijozlarining moliyaviy salohiyatini real vaqtda baholash, risklarni boshqarish hamda ta’minotsiz kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish orqali kichik biznes subektlarini pul oqimi modeli asosida kreditlash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida kichik biznes subʼnetlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
bankning doimiy mijozlari uchun maxsus kreditlash shartlarini joriy etish orqali foiz stavkalarini pasaytirish va kreditlash limitlarini oshirish, kreditlarni qayta tuzish va vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan vaqtda kredit ta’tilini taqdim etishga doir taklifi ATB Biznesni rivojlantirish banki faoliyatiga joriy etilgan” (ATB Biznesni rivojlantirish bankining 2025-yildagi ma’lumotnomasi). Natijada, doimiy va ishonchli mijozlarga limitlarni oshirish orqali bankning kredit operatsiyalari faollashi va operatsion daromadlar ko‘payishiga xizmat qilgan, hamda istiqbolda vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan mijozlarga “kredit ta’tili” berish orqali kichik va o‘rta biznes segmentidagi mijozlar soni 76%ga oshib, 107 mingtaga etgan;
tijorat banklari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan turib kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar uchun bozor stavkasida 500 mln. so‘mgacha bo‘lgan miqdorida kreditlar ajratish mexanizmini joriy etishga doir taklifi  ATB Biznesni rivojlantirish banki faoliyatiga joriy etilgan” (ATB Biznesni rivojlantirish bankining 2025-yildagi ma’lumotnomasi). Natijada, bankning ijtimoiy vazifalariga mos holda, rasmiy sektordan tashqarida faoliyat yuritayotgan subektlarni moliyaviy tizimga jalb qilish bankning kredit portfeli 23,3 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 2,1 trln so‘mga ko‘paygan. 
tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subektlariga ajratilgan kreditlar hajmining o‘sishi holatini avtoregressiv taqsimlangan lag (ARDL) modeli asosida 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylariga doir taklfi  ATB Biznesni rivojlantirish banki faoliyatiga joriy etilgan” (ATB Biznesni rivojlantirish bankining 2025-yildagi ma’lumotnomasi). Natijada, kichik tadbirkorlik subektlariga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi o‘sish tendensiyasida bo‘lib, 2030-yilda 101 420,25 mlrd. so‘mga etishi, kichik tadbirkorlik subektlariga ajratilgan kreditlar hajmi o‘sishi oqibatida tijorat banklarida muammoli kreditlar (NPL) hajmi 1,61 barobarga oshishi prognoz qilingan;
bank mijozlarining moliyaviy salohiyatini real vaqtda baholash, risklarni boshqarish hamda ta’minotsiz kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish orqali kichik biznes subektlarini pul oqimi modeli asosida kreditlash taklifi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB faoliyatiga joriy etilgan (ATB Biznesni rivojlantirish bankining 2025-yildagi ma’lumotnomasi). Natijada, ta’minot talab qilinmaydigan kreditlar ulushi yaqin 5 yil ichida kamida 25% gacha oshirish, hamda Cash-flow tahlili orqali bank mijozlarining to‘lov qobiliyati aniq baholangani sababli bank risklarini kamayishiga va qaytarilmas kreditlar ulushi pasayishiga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish