Rajavalieva Zarnigor Ma’rufjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona viloyati eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari va malina (Rubus idaeus L.) biogeokimyosi”, 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/B1660.
Ilmiy rahbar: Zakirova Sanoatxon Xomdomovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.B.10.07.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich, biologiya fanlari doktori, professor; Obidov Muzaffar Valijonovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari va malina (Rubus idaeus L.) o‘simligi tizimida kimyoviy elementlarning biogeokimyoviy xususiyatlarini kompleks aniqlash, tuproqning mineral-ozuqaviy holati bilan malina mevasining biokimyoviy tarkibi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilmiy asoslash hamda yuqori sifatli hosil etishtirishga qaratilgan agrotexnologik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona viloyati sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarining morfologik, fizik, kimyoviy hamda agrokimyoviy xossa-xususiyatlari kompleks tarzda o‘rganilgan va tuproq xossalarining uzoq vaqt dehqonchilikda foydalanilishiga bo‘gliq holda o‘zgarishi ilmiy asoslangan;
bo‘z tuproqlar va malina organlarining makro- va mikroelement tarkibi, geokimyoviy hamda biogeokimyoviy xossalari aniqlangan;
tuproq va o‘simlik zanjirida biogeokimyoviy jarayonlarning tahlili ishlab chiqilgan, malina ildizi, bargi, poyasi va mevasida makro- va mikroelementlar migratsiyasi, akkumulyasiyasi va biologik singdirish koeffisientlari, tuproq va o‘simlik o‘rtasidagi o‘zaro korrelyativ aloqalari aniqlangan;
malina o‘simligining biokimyoviy tarkibi, mevalar va barglarning ozuqaviy komponentlari, antioksidant faollik va boshqa bioaktiv moddalarning miqdori va tarkibidagi o‘zgarishlar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyati eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari va malina (Rubus idaeus) biogeokimyosi bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
tipik bo‘z tuproqlar va malinaning  biogeokimyoviy  xossalari  ularning  tarkibidagi  kimyoviy elementlar  miqdori, migratsiyasi  va  biologik  singdirish  koiffisentlari  bo‘yicha aniqlangan natijalar bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Qator tere ko‘rki” va tumani“ va “Akbarali  Karimjon  Fayzi” fermer xo‘jaligining 25 gektar erda malina etishtirish jarayonlarida amolyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11 noyabr, 05/05-04-753-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hudud tuproqlari va malina navlarini tavsiflash, tuproq ekologik monitoring ishlarini olib borish, organik o‘g‘itlash va ekologik tozza malina mevasini etishtirish, malina  hosildorligini,  tuproqlarning  unumdorligini  oshirish  va  saqlashga  xizmat qilgan;
tuproqlar tarkibidagi metallar va boshqa elementlar, tipik bo‘z tuproqlar va uni hosil qiluvchi ona jinslari hamda malina tarkibidagi Na, K, Mn, Sm, Mo, Lu, U, Yb, Au, Nd, As, W, Br, Ca, La, Ce, Tb, Th, Cr, Hf, Ba, Sr, Cs, Ni, Sc, Rb, Zn, Co, Ta, Fe, Eu, Sb va boshqa aniqlangan elementlarning miqdori, biogeokimyoviy xususiyatlarini aniqlash asosida olingan ma’lumotlar Farg‘ona viloyatining “Qator terak ko‘rki” va “Akbarali Karimjon Fayzi” fermer xo‘jaligining 25 gektar maydonida malinani ekishda amaliyotga joriy etilgan (2025 yil 11 noyabr, 05/05-04-753-son). Natijada, hudud tuproqlari va qishloq xo‘jaligi ekinlarini tavsiflash, tuproq-ekologik monitoringini olib borish, rezavor meva, ya’ni malina o‘simligini to‘g‘ri joylashtirish, ekologik toza o‘simlik xomashyolari etishtirishda asos sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish