Raxmatov Xasan Utkirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida  tijorat bank aktivlari samaradorligini oshirish masalalari», 08.00.07-Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Iqt/383.
Ilmiy maslahatchi: Xashimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.3/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Po‘latov Dilshod Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida  tijorat bank aktivlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida aktivlar portfeli samaradorligini oshirishning aktivlarni boshqarish strategiyasini joriy etish, joylashtirishning maqbul hajmlarini belgilash va aktivlar portfelini optimallashtirish jarayonlaridan iborat «ko‘p pog‘onali» modeli ishlab chiqilgan;
tijorat banklari mijozlarini «kredit konveyeri» usuli asosida faol kreditlash mexanizmini joriy etish orqali barqaror aktivlar hajmini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banklari aktiv amaliyotlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklar salbiy ta’sirini kamaytirish mexanizmi sifatida «risk-appetiti»ni aniqlash uslubiyoti takomillashtirilgan;
tijorat banklarida sog‘lom aktivlar portfelini shakllantirish amaliyoti «erta ogohlantiruv ehtimoliy indikatorlari tizimi» asosida takomillashtirilgan;
tijorat banklari aktivlari qiymatining o‘sish darajasi hamda kreditlashning maqbul o‘rtacha foizini aniqlash bank aktivlarining samaradorligiga resurs omillarining ta’sirini baholash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sog‘lom bank aktivlar portfelini shakllantirish konsepsiyasi, bank aktivlari portfelini optimallashtirishning bosqichli tizimi, bank aktivlari samaradorligini baholash usullari «Aloqabank» ATB va «Ipoteka-bank» ATB filiallarida aktiv amaliyotlarni amalga oshirish jarayoniga tatbiq etilgan («Aloqabank» ATBning 2019 yil 8 avgustdagi 13-09/3568-son hamda «Ipoteka-bank» ATBning 2019 yil 25 noyabrdagi 14-3/9207-son ma’lumotnomalari). Takliflarni amaliyotga joriy etilishi «Aloqabank» ATB bank tizimida yil boshiga nisbatan tijorat kreditlari portfeli o‘rtacha foiz stavkasini  15,7 foizdan 18,5 foizga, foizli daromadlarning jami daromadlardagi ulushini 81 foizdan 86 foizga o‘sishiga, «Ipoteka-bank» ATB tizimida aktivlar rentabelligi ko‘rsatkichini 0,3 foizli punktga, tijorat kreditlari portfeli o‘rtacha foiz stavkasini 3,2 foizga oshishiga olib kelgan;
prognozlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ekonometrik model` asosida «Aloqabank» ATBning 2009-2018 yillarda aktivlari samaradorligiga omillar ta’siri baholangan («Aloqabank» ATBning 2019 yil 8 avgustdagi 13-09/3568-son ma’lumotnomasi). Omillar ta’sirini baholash natijasida bank kapitallashuv darajasini 1 foizga o‘sishi bank aktivlari qiymatini 0,54 foizga o‘sishiga, uzoq muddatli resurslar qiymatini 1 foizga o‘sishi esa bank aktivlari qiymatini 0,36 foizga o‘sishiga olib kelishi aniqlangan;
tijorat banklari aktivlarini himoyalashda «risk-appetiti»ni aniqlash uslubiyotini qo‘llash taklifi «Aloqabank» ATB kredit siyosati»ning «Kredit xatarlarini boshqarish va monitoringiga qo‘yiladigan talablar» bo‘limi, «Aloqabank» ATB bank tavakkalchiliklarni boshqarish siyosati»ning «Tavakkalchiliklarni baholash», «Tavakkalchiliklar monitoringi» bo‘limlarini ishlab chiqishda, «Ipoteka-bank» ATB tavakkalchiliklarni boshqarish siyosati»ning yangi tahririni ishlab chiqishda foydalanilgan («Aloqabank» ATBning 2019 yil 8 avgustdagi 13-09/3568-son hamda «Ipoteka-bank» ATBning 2019 yil 25 noyabrdagi 14-3/9207-son ma’lumotnomalari).  Takliflarni  amaliyotga joriy etilishi bank aktivlari bo‘yicha maqbul risk appetiti me’yorlarini belgilashga imkon bergan;
tijorat banklari faoliyatida kredit konveyeri usulida kreditlash mexanizmini qo‘llash orqali aktivlar hajmini oshirish borasidagi takliflar «Ipak yo‘li» ATB va «Infinbank» ATB chakana kreditlash amaliyotida joriy etilgan («Ipak yo‘li» ATBning 2019 yil 26 noyabrdagi 1-2/4733-son hamda «Infinbank» ATBning 2019 yil 25 noyabrdagi 28/12/78-son ma’lumotnomalari). Takliflarni joriy etilishi «Ipak yo‘li» ATBda chakana kreditlash hajmini 22,5 mlrd. so‘mga, jami kredit portfelidagi ulushini 11,2 foizga oshishiga, «Infinbank» ATBda yangi dasturiy skoring texnologiyasini ishlab chiqish asosida jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldig‘ini yil boshiga nisbatan 63,5 mlrd. so‘mga oshishiga olib kelgan;
tijorat banklari kreditlash amaliyotida erta ogohlantiruv ehtimoliy indikatorlari tizimini qo‘llash taklifi «Ipak yo‘li» ATB va «Infinbank» ATB  chakana kreditlash amaliyotida joriy etilgan («Ipak yo‘li» ATBning 2019 yil 26 noyabrdagi 1-2/4733-son hamda «Infinbank» ATBning 2019 yil 25 noyabrdagi 28/12/78-son ma’lumotnomalari). Taklifni joriy etilishi «Ipak yo‘li» ATBda bank mijozlari kreditlarini onlayn monitoringini takomillashtirish, kreditlarni kredit portfelidagi 510,5 mlrd. so‘mlik kreditlarni muammoga aylanish belgilarini, «Infinbank» ATBda kredit portfelidagi 97ta mijozga ajratilgan jami 415,4 mlrd. so‘mlik kreditlarni muammoga aylanish ehtimolini oldindan aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish