Erimbetova Jadira Bazarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida tuyalar jun mahsuldorlik va texnologik ko‘rsatkichlarini ilmiy asoslash”, 06.02.03-Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx1747
Ilmiy rahbar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.03.
Rasmiy opponentlar: Xolmirzaev Do‘stmuxammad, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Eshmuratova Suluxan Tulegenovna, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy - tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ustyurt platosi sharoitida Samelus bactrianus, Samelus dromedarius va ularning duragaylarining jun mahsuldorligi, uning sifati va texnologik ko‘rsatkichlarining tuyalar tug‘im davri dinamikasi, konstitutsiyasi, yaylov tiplariga bog‘liqligini ilmiy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Ustyurt yaylov sharoitida Camelus bactrianus tuyalarida jun mahsuldorligi Camelus dromedarius tuyalarga nisbatan barcha tug‘im davrlarida 44,8 % ga va ularning duragaylarida 31,0 % ga yuqori ekanligi isbotlangan.
Junning texnologik xususiyatlari bo‘yicha Camelus baktrianus tuyalarida jun tolasi uzunligi Camelus dromedarius tuyalariga nisbatan 26 % ga va ularning duragaylariga nisbatan 7,3 % ga ustunligi aniqlangan;
shimoliy hududlarda saqlangan tuyalarda runo juni chiqimi yuqori bo‘lib, Camelus bactrianus tuyalarida runo juni chiqimi o‘rtacha 3,9 kg, Camelus dromedarius tuyalarida o‘rtacha 2,34 kg, duragaylarda esa 3,23 kg ni tashkil etishi aniqlangan. 
Tirik vazni bo‘yicha Camelus bactrianus tuyalarida ustunlik aniqlanilib, yoshi dinamikasida 13,4-19,7 % gacha oshishi va 1-3-tug‘im davridan 4-6-tug‘im davrigacha jadal o‘sishi (52,5-65,9 %) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ustyurtning turli yaylov sharoiti va tug‘im davrida Camelus bactrianus, Camelus dromedarius va ularning duragay avlodlarida jun mahsuldorlik, texnologik ko‘rsatkichlari, jun tolasi uzunligi va sifati hamda jun mahsuldorligining rentabellik darajasini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanining “Ustyurt karakolshilik orayi” ishlab chiqarish korporativi va “Qongratli aq niet” fermer xo‘jaligida hamda Taxtako‘pir tumanining “Janadarya qarakolshilik orayi” ishlab chiqarish korporativida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 30-oktyabrdagi 02/23-3353-raqamli ma’lumotnomasi). Buning natijasida turli yoshdagi Camelus bactrianus, Camelus dromedarius va ularning duragaylarini Ustyurt yaylov hududlari hamda konstitutsiyasiga bog‘liq holda Camelus bactrianus tuyalarining jun mahsuldorligi Camelus dromedarius tuyalariga nisbatan barcha tug‘im davrlarida 44,8 foizga, duragaylar esa 31 foizga yuqori bo‘lganligi isbotlandi. Duragay avlodlar jun mahsuldorligi bo‘yicha geterozis xususiyatlarini namoyon qilgan holda, bir o‘rkachli tuyalarga nisbatan 0,9 kg gacha yuqori ekanligi aniqlandi. Shimoliy hududlarda saqlanadigan tuyalar jun mahsuldorligi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 2,6-2,8 foizga ustunligi kuzatildi.
Tajribadagi tuyalarning jun tolasi uzunligi va ingichkaligi bo‘yicha Camelus bactrianus tuyalari ustunligida duragay avlod tuyalari oraliq o‘rinni egallab, jun sifat ko‘rsatkichlari Camelus dromedarius tuyalarda jun tolasi kaltaroq va yo‘g‘onroq ekanligi aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 30-oktyabrdagi 02/23-3353-raqamli ma’lumotnomasi). Shu bilan bir qatorda tuyalarning barcha zot va uning duragaylarida qorin bo‘limida bel bo‘limiga nisbatan ingichkaroq bo‘lishi isbotlandi. Yog‘-ter miqdori tuyalar tug‘im davri oshgani sari kamayib borishi (6,5-10,2 %) qayd etildi. 1 kg junning tannarxi esa barcha guruhlarda 42000 so‘mni tashkil qilib, sof foyda Camelus bactrianus tuyalarida 1-3-tug‘im davrida 48100 so‘mni, 4-6-tug‘im davrida 56700 so‘mni va 7-9-tug‘im davrida esa 63480 so‘mni tashkil etgan.
Natijada jun mahsuldorligi tug‘im davri dinamikasida jun mahsulotlarining sifati oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 30-oktyabrdagi 02/23-3353-raqamli ma’lumotnomasi). Tajribadagi Camelus bactrianus tuyalarida 1-3-tug‘im davrida jun mahsuldorligi 3,7 kg bo‘lib rentabellik darajasi 31,0 %, 4-6-tug‘im davrida 4,2 kg (32,1 %) va 7-9-tug‘im davrida 4,6 kg (32,9 %)ga, Camelus dromedarius tuyalarida shunga mos ravishda 28,6 % (2,5 kg), 30,2 % (2,9 kg) va 30,7 % (3,2 kg) ga, ularning duragaylarida esa 29,8 % (3,1 kg), 31,7 % (3,9 kg) va 32,6 % (4,3 kg) ga etkazilgan. Jun tolasi mustahkamligi yuqori bo‘lgan 2 bosh tuya nasl uchun qoldirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish