Hamroeva Zuhra Amiral qizining 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ Strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari ”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5498. 
Ilmiy rahbar: Pardaev Abdunabi Xoliqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar:  Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi subektlarda strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mas’uliyat markazlari moliyaviy natijalarini hisobga olish imkoniyatini beradigan 4111 “Mas’uliyat markazlari uchun olingan to‘lovlar” hamda 6111 “Mas’uliyat markazlari to‘lovlari” ishchi schyotlarini kiritish va uni hisob siyosatida aks ettirish taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarda strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va samarali tarzda yuritish uchun strategik prognoz balansi shakli ishlab chiqilgan, ko‘rsatkichlari shakllantirilgan hamda baholash usullari tavsiya qilingan;
mas’uliyat markazlarida mutaxassis-xodimlar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha KPI tizimini joriy etish asoslangan va ishlash mexanizmi taklif etilgan;
noaniq to‘plam nazariyasining matematik apparatidan foydalanishi orqali strategik salohiyatni tahlil qilish, uni baholash va bashorat qilish uslublari va vositalari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mas’uliyat markazlari moliyaviy natijalarini hisobga olish imkoniyatini beradigan 4111 “Mas’uliyat markazlari uchun olingan to‘lovlar” hamda 6111 “Mas’uliyat markazlari to‘lovlari” ishchi schyotlarini kiritish va uni hisob siyosatida aks ettirish  bo‘yicha taklifdan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarda strategik boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 29-oktyabrdagi №8641-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida kombinat tizimidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarning mas’uliyat markazlarida boshqaruvning muhim funksiyasi bo‘lgan – axborot ta’minoti tezlashdi, ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligi oshdi, shuningdek mas’uliyat markazlarida belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilishini nazorat qilish hamda chetlanishlarni tezkor tarzda bartaraf etish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Buning natijasida kombinat miqyosida hamda uning alohida olingan xo‘jalik yurituvchi subektlari mas’uliyat markazlarida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish indikatorlarini ishlab chiqish, rejalashtirilgan tadbirlarni moliyaviy raqamlarda ifodalash, xodimlarning mas’uliyatini oshirish va rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish imkoniyati yaratildi;
 xo‘jalik yurituvchi subektlarda strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va samarali tarzda yuritish uchun taklif etilgan strategik prognoz balansi shakli, unga kiradigan ko‘rsatkichlarni shakllantirish hamda baholash usullari bo‘yicha berilgan taklifidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarda strategik boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 29-oktyabrdagi №8641-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida kombinatda 2029-yilga borib asosiy turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2024-yilga nisbatan 122 foizga o‘sishini ta’minlash bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Buning natijasida kombinat tarkibidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarda resurslar tejamkorligini ta’minlaydigan moliyaviy ko‘rsatkichlardan tashqari, tashqi muhit omillarini ham hisobga olish, ularning riski va samarasini baholash borasida tezkor tarzdagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari yaratilmoqda, shuningdek, kombinatning umumiy strategik salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar parametrlarini 2030-yilgacha belgilashda asosiy bashorat qilish usuli sifatida foydalanilmoqda; 
mas’uliyat markazlarida mutaxassis-xodimlar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha KPI tizimini joriy etish va uning ishlash mexanizmi bo‘yicha berilgan taklifdan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarda strategik boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishda, xususan mutaxassis-xodimlarni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 29-oktyabrdagi №8641-sonli  ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning kombinat tarkibidagi xo‘jalik yurituvchi subektlar amaliyotiga joriy etilishi mas’uliyat markazlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassis-xodimlar uchun real motivatsiya mexanizmini yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi, motivatsiya ko‘rsatkichlarini aniq belgilab berish imkoniyati yaratildi va ko‘rsatkichlarni bajarish bo‘yicha har bir xodimning mas’uliyati hamda rag‘batlantirish miqdori va mexanizmlarini belgilab berish mumkin bo‘ldi. Buning natijasida kombinat miqyosida hamda uning alohida olingan xo‘jalik yurituvchi subektlarining mas’uliyat markazlari doirasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish borasida har bir mutaxassis-xodimning mas’uliyatini aniq belgilash, ularni mehnatiga yarasha rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish imkoniyati yaratildi; 
noaniq to‘plam nazariyasining matematik apparatidan foydalanishi orqali “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat xo‘jalik yurituvchi subektida strategik salohiyatni tahlil qilish, uni baholash va bashorat qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslublari va vositalari kombinatning strategik salohiyatini tahlil qilish vositalarini belgilash va uzoq muddatga mo‘ljallangan investision loyihalarni baholash imkoniyatlarini yaratib, uning umumiy strategik salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar parametrlarini 2026-yilgacha belgilashda asosiy bashorat qilish usuli sifatida foydalanilmoqda (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 29-oktyabrdagi №8641-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning kombinat tarkibidagi xo‘jalik yurituvchi subektlar amaliyotiga joriy etilishi moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlar bloklari asosida ishlaydigan strategik prognoz balansini tuzish va buning natijasida moliyaviy–xo‘jalik faoliyatiga oid ma’lumotlar bazasining haqqoniyligini, yaxlitligini hamda ularga asoslanib qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining tezkorligini ta’minlamoqda va samaradorligini oshirmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish