Bobaev Isroiljon Abdinabievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish asosida aholi farovonligini oshirish yo‘nalishlari”, 
08.00.15–“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3912
Ilmiy rahbar: Aripov Oybek Abdullaevich,     iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.25.01
Rasmiy opponentlar: Nosirov Ilxom Abbosovich iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor, Kurbonov Jasurbek Pozilovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish asosida aholi farovonligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlikni rag‘batlantiruvchi omillar guruhlarining sezuvchanligini (elasticity) aniqlash orqali ularni tadbirkorlikni rivojlanishiga hudud va sohalar kesimida ta’sirini baholash modeli ishlab chiqilgan;
 “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar soni”, “Investisiyalar hajmi”, “O‘rtacha ish haqi”, “Infratuzilma obektlari soni” hamda “Soliq va imtiyozlar indeksi” ko‘rsatkichlari orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘zgarishini optimistik, bazaviy va pessimistik ssenariyalariga asoslangan 2026-2030-yillar uchun prognozi ishlab chiqilgan;
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali aholi faravonligini oshirishga qaratilgan strategiyalar “Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish”, “Tadbirkorlik ta’limi va kasbiy ko‘nikmalarni oshirish”, “Raqamli texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantirish”, “Maqsadli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish” dasturlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
hududlarda davlat va xususiy sektor hamkorligida raqamlashtirish jarayonlari hamda ochiq ma’lumotlar siyosatini rivojlantirish, shuningdek, “Aqlli shahar” (“Smart City”) loyihalarini faollashtirish orqali  aholi farovonligini oshirishga qaratilgan mexanizm asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish asosida aholi farovonligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
tadbirkorlikni rag‘batlantiruvchi omillar guruhlarining sezuvchanligini aniqlash orqali ularni tadbirkorlikni rivojlanishiga hudud va sohalar kesimida ta’sirini baholash modeli bo‘yicha taklif Namangan viloyati savdo-sanoat palatasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 29-iyundagi № 01-06-31-68296-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikdan foydalanish natijasida tadbirkorlikni rivojlanishiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, davlat boshqaruv organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini manzilli tashkil etish, resurslarni samarali taqsimlash va tadbirkorlik faoliyatlarini iqtisodiy natijadorligini oshirish imkoniyati yaxshilanib,  hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini ko‘paytirish hamda ularni farovonlik darajasini ortishiga xizmat qilgan;
“Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar soni”, “Investisiyalar hajmi”, “O‘rtacha ish haqi”, “Infratuzilma obektlari soni” hamda “Soliq va imtiyozlar indeksi” ko‘rsatkichlari orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘zgarishini 2026-2030-yillar uchun mo‘ljallangan optimistik, bazaviy va pessimistik ssenariyalariga asoslangan prognoz bo‘yicha berilgan taklif Namangan viloyati savdo-sanoat palatasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 29-iyundagi № 01-06-31-68296-sonli ma’lumotnomasi). Prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish kelgusi yillarda tadbirkorlik subektlari sonining o‘sish tendensiyalarini baholash va rivojlanish istiqbollarini aniqlash, turli ssenariyalar asosida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarning kutilayotgan natijalarini oldindan baholash, investisiyalarni jalb etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, tadbirkorlik subektlari sonining o‘sishi bilan bog‘liq ravishda yangi ish o‘rinlari va aholi daromadlarining kutilayotgan o‘zgarishlarini, infratuzilma hamda soliq va u bo‘yicha imtiyozlar siyosatining tadbirkorlikka ta’sirini hamda xatarlarni oldindan baholash, hududlar kesimida maqsadli choralar ishlab chiqish imkoniyatlari kengaygan;
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali aholi faravonligini oshirishga qaratilgan strategiyalarni “Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish”, “Tadbirkorlik ta’limi va kasbiy ko‘nikmalarni oshirish”, “Raqamli texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantirish”, “Maqsadli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish”  dasturlari asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif Namangan viloyati savdo-sanoat palatasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 29-iyundagi № 01-06-31-68296-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyadan Namangan viloyati hokimligining Namangan viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish dasturlari loyihalarini tayyorlashda foydalanilgan. Strategiyani takomillashtirilishi aholini, xususan, yoshlar, ayollar va ijtimoiy himoya reestridagi fuqarolarni iqtisodiy faoliyatga kengroq jalb etish imkoniyatini  yaxshilanishiga, raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan foydalanish darajasini va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini ortishiga, hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni qisqarishiga xizmat qilgan;
hududlarda davlat va xususiy sektor hamkorligida raqamlashtirish jarayonlari hamda ochiq ma’lumotlar siyosatini rivojlantirish, shuningdek, “Aqlli shahar” (“Smart City”) loyihalarini faollashtirish orqali aholi farovonligini oshirishga qaratilgan mexanizm bo‘yicha berilgan taklif Namangan viloyati savdo-sanoat palatasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 29-iyundagi № 01-06-31-68296-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur mexanizm davlat xizmatlaridan foydalanishning qulayligi va tezkorligini hamda, hududlarni investision jozibadorligini ortishiga, yangi ish o‘rinlari va biznes imkoniyatlarini yaratilishiga, shahar infratuzilmasini boshqarish samaradorligini yaxshilash imkoniyatini yaratib, aholi yashash sifati oshishi, davlat boshqaruvida shaffoflik va hisobdorlikni kuchayishi hamda hududlar o‘rtasidagi raqamlashuv tafovutlarni qisqarishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish