Fathiddinov Asliddinjon Utkir o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kon ishlarini olib borish xavfsizligini ta’minlagan holda karer bortlarining qiyalik burchaklarini oshirishni ilmiy asoslash», 04.00.10 ‒ Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/T1076.
Ilmiy maslahatchi: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.31/2025.27.12.T.01.03.
Rasmiy opponentlar: Samadova Guli Mirjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Toshev Javohir Burievich, texnika fanlari doktori, professor; O‘rinov Sherali Raufovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Geologiya fanlari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: karer bortlarining qiyalik burchaklarini, ularning barqarorligini hamda kon ishlarini xavfsiz olib borishni saqlagan holda oshirish imkoniyatini asoslash va burg‘ilash-portlatish ishlarining parametrlarini kompleks optimallashtirish, bort atrofi massivining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini modellashtirish, shuningdek, chuqur qazish sharoitlarida qiyaliklarni mustahkamlashning samarali muhandislik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzlyuksiz muhit mexanikasi tenglamalarini qo’llash orqali to’lqin jarayonlarini modellashtirishni, mashinali o’qitish algoritmlari va yuqori aniqlikdagi qayd etish texnologiyalaridan foydalanishni o’z ichiga olgan tog‘ jinslarida ommaviy portlatishlarning seysmik ta’sirlarini boshqarishga qaratilgan kompleks yondashuv ilmiy jihatdan asoslangan va ishlab chiqilgan;
ommaviy portlatishlarning tebranish ta’sirini kamaytirish, karer bortlari qiyaliklarining barqarorligini ta’minlash hamda tog‘-kon ishlari xavfsizligini pasaytirmagan holda qiyalik burchaklarini oshirish imkonini beruvchi tajribaviy tadqiqotlar asosida muhandislik-texnik echimlar majmuasini tog‘ jinslari massivini fazoviy bo’shatishning faol elementlari sifatida qo’llash samaradorligi asoslangan;
massivni ochish jarayoni boshlangunga qadar uni barqarorlashtirish, kuchlanishlarni qayta taqsimlash hamda o’pirilish prizmasining hosil bo’lish xavfini kamaytirishni ta’minlovchi temir-beton shtangalar qo’llash orqali karer bortlari qiyaliklarini oldindan mustahkamlash samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan;
laboratoriya sinovlari, uch o‘lchamli dala monitoringi, qutblanish-optik modellashtirish va massivni geomexanik rayonlashtirish ma’lumotlarini birlashtirishga asoslangan karer qiyaliklari barqarorligini muhandislik baholashning integral yondashuvi ishlab chiqilgan;
spektral tahlil, fotomexanik kuzatuvlar va chekli elementlar usuli bilan sonli modellashtirish natijalari asosida ichki ag‘darmani shakllantirishda karer bort oldi massivining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash algoritmi ishlab chiqilgan;
ichki ag‘darmaning geometriyasi, balandligi va yuklanish xususiyatiga bog‘liq holda tog‘ jinslari massivida urinma kuchlanishlarning qayta taqsimlanish qonuniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kon ishlarini xavfsiz olib borish bilan birga karer bortlarining qiyalik burchaklarini oshirishni ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
temir-beton shtangalar yordamida qiyaliklarni ilg‘or mustahkamlash texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «Qolmaqir» va «Yoshlik-1» karerlarida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025-yil 15-iyuldagi 02/111-46-son ma’lumotnomasi). Natijada, turg‘unlik koeffisientini meyoriy qiymatdan pasaytirmasdan karer bortlarining qiyalik burchaklari oshirildi, ochish ishlari hajmi kamaydi, mustahkamlangan hududlarda deformatsiya holatlari va to‘kilmalar soni kamaydi, bu esa chuqur gorizontlarda ishlarni olib borishda sanoat xavfsizligini oshirish imkonini bergan;
sochma-betonlash usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «Qolmaqir» va «Yoshlik-1» karerlarida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025-yil 15-iyuldagi 02/111-46-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy uzunligi 820 metrdan ortiq bo‘lgan karer pog‘onalari yonbag‘irlarini yoriqligi yuqori va nuragan tog‘ jinslari mavjud hududlarda mustahkamlash ta’minlandi, mustahkamlangan qismlarda to‘kilmalar va mahalliy buzilishlar butunlay yo‘q bo‘ldi, avariya-tiklash ishlarining mehnat sarfi va davomiyligi 65% ga qisqardi hamda yoriqli pog‘onalarda ishlarni olib borishda xavfsizlikni oshirish imkonini bergan;
kontrforsli ichki ag‘darma hosil qilish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «Qolmaqir» va «Yoshlik-1» karerlarida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 15.07.2025-yildagi 02/111-46-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kontrforsli ag‘darmalar qo‘llanilgan hududdagi qiyaliklarning turg‘unlik koeffisienti 0,92-0,97 dan 1,05-1,12 gacha ko‘tarildi, bu esa xavfsizlik bo‘yicha meyoriy talablarga muvofiqlikni ta’minladi; tog‘ jinslarining vertikal deformatsiyalari 35-38% ga va urinma kuchlanishlar 20-25% ga kamaydi, bu esa ko‘chki jarayonlari ehtimolini sezilarli darajada pasaytirdi; ommaviy portlashlarda seysmik ta’sir amplitudasi kontrforsli jismning so‘ndiruvchi ta’siri tufayli deyarli 2 baravarga qisqardi, ichki trapesiyasimon ag‘darma tuzilmasi esa potensial beqarorlik hududini ag‘darma ichiga siljitish va bort yonidagi massivni yuksizlantirish imkonini bergan.