Boymurodov Rifat Zarifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xorazm vohasining cho‘llanishga ta’sirchan hududlarining geofazoviy tahlili», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Gr420.
Ilmiy rahbar: Matchanov Muzaffar Jumanazarovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Vahab Asamovich, geografiya fanlari doktori, professor; Eshonqulov Ravshan Abdurazakovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasida geofazoviy texnologiyalar yordamida cho‘llanishga ta’sirchan hududlarning rivojlanishni aniqlash, baholash, modellashtirish va ta’sirchanlik darajalari bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasida cho‘llanish jarayonini asosiy 18 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha geoinformatsion texnologiyalar yordamida baholash metodologiyasi takomillashtirilgan;
Xorazm vohasining cho‘llanishga ta’sirchan hududlarini aniqlashga qaratilgan yangi integrativ geofazoviy-konseptual model ishlab chiqilgan;
Sentinel 2 A/B, Landsat 5 TM, 8-9 OLI/TIRS, MODIS, SRTM sun’iy yoʻldoshlari va geofazoviy ma’lumotlar bazalari, JavaScript va Python dasturlash tillari yordamida GAT texnologiyalari asosida Xorazm vohasining cho‘llanishga ta’sirchan hududlariga oid geofazoviy-indikatsion kartalari yaratilgan;
Xorazm vohasida geoinformatsion texnologiyalardan samarali va maqsadli foydalanish orqali cho‘llanish jarayoniga qarshi kurash, salbiy oqibatlarini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasining cho‘llanishga ta’sirchan hududlarning geofazoviy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm vohasida cho‘llanish jarayonini 18 ta asosiy ko‘rsatkich asosida geoinformatsion texnologiyalar yordamida baholash metodologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026-yil 12-martdagi 04-04/1-03/6-03/3-2440-sonli maʼlumotnoma). Natijada, strategik ekinlarni ilmiy asosda oqilona joylashtirish imkoniyati yaratildi;
Xorazm vohasining cho‘llanishga ta’sirchan hududlarini aniqlash uchun integrativ geofazoviy-konseptual modelidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026-yil 12-martdagi 04-04/1-03/6-03/3-2440-sonli maʼlumotnoma). Natijada, cho‘llanishning davriy va hududiy o‘zgaruvchan xususiyatlarini tezkor tahlil qilish imkoniyati yaratildi;
Sentinel-2 A/B, Landsat 5 TM, 8–9 OLI/TIRS, MODIS Terra kabi sun’iy yoʻldoshlari ma’lumotlari hamda JavaScript va Python dasturlash tillari asosida GAT texnologiyalari yordamida cho‘llanishga ta’sirchan hududlarning geofazoviy-indikatsion kartalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026-yil 12-martdagi 04-04/1-03/6-03/3-2440-sonli maʼlumotnoma). Natijada, ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish va qishloq xo‘jaligi hosildorligini prognozlash imkoniyati kengaydi;
geoinformatsion texnologiyalardan foydalanish asosida cho‘llanish jarayoniga qarshi kurashish, uning salbiy oqibatlarini kamaytirish va moslashish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026-yil 12-martdagi 04-04/1-03/6-03/3-2440-sonli maʼlumotnoma). Natijada, qishloq xo‘jaligi ekinlarini muvofiqlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini rejalashtirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash istiqbollari belgilandi.