Abidova Dilfuza Igamberdievnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“O‘zbekistonda ekologik mehmonxonalar faoliyatini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish” 08.00.17–“Turizm va mehmonxona faoliyati”(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt430.
Ilmiy maslahatchi: Xamidov Obidjon Xafizovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01 
Rasmiy opponentlar: Pardaev Olim Mamayunusovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li iqtisodiyot fanlari doktori; Alimova Go‘zal Alisherovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ekologik mehmonxonalar faoliyatini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uslubiy yondashuv asosida “ekologik mehmonxona faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni resurslardan samarali foydalanish, chiqindilarni boshqarish tizimi hamda mahalliy organik mahsulotlardan foydalanishga yo‘naltirilgan investision va operatsion samaradorlik omillarini o‘zaro bog‘lash orqali, mehmonxona biznesining operativ, strategik va tarmoqlararo darajadagi iqtisodiy natijalarini optimallashtirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
eko-mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirish uchun milliy “Green otel Uzbekistan” standarti va sertifikatlash tizimini joriy etish orqali ekologik mehmonxonalar tarkibiy ulushi monitoringini joriy etish va davlat qo‘llab-quvvatlashini monitoring natijasiga bog‘lash taklifi ishlab chiqilgan;
eko-mehmonxonalarga turizm qiymat zanjiridagi lokal qiymat generatori sifatida yondashish hamda mehmonxona tarmog‘i va mahalliy iqtisodiyot o‘rtasidagi integratsiya chuqurligini baholash taklifi asoslangan;
moliya bozorida maxsus yashil mehmonxona obligatsiyalarini joriy etish hamda tushgan mablag‘larning muayyan qismini energiya tejamkor, ekologik standartli mehmonxonalar rekonstruksiyasiga yo‘naltirish, investorlar uchun soliq yoki foiz imtiyozlar berish orqali yashil mehmonxonalarning ulushini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan Trilliant Interkontinental Tashkent (Toshkent shahri), Hilton Garden INN Samarkand (Samarqand shahri), Merkuriy Bukhara OLD Town (Buxoro shahri), Windham Tashkent (Toshkent shahri) va Farovon Khiva hotel (Xiva shahri) ekologik mehmonxonalar faoliyati ko‘rsatkichlari uzoq muddatli dinamikasini ekonometrik modellashtirish asosida mamlakatda ekologik mehmonxonalar to‘ldirilish darajasining 2026-2030-yillarga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ekologik mehmonxonalar faoliyatini yuritish va takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar asosida: uslubiy yondashuvga ko‘ra «ekologik mehmonxona faoliyati» tushunchasining iqtisodiy mazmuni resurs samaradorligi, chiqindilarni boshqarish, mahalliy organik mahsulotlardan foydalanishga moslashtirilgan investisiya va operatsion samaradorlikni o‘zaro bog‘lagan holda, mehmonxona biznesining tezkor, strategik va tarmoqlararo darajalardagi iqtisodiy natijalarini optimallashtirish nuqtai nazaridan takomillashtirildi. Ushbu nazariy-uslubiy ma’lumotlar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Upravlenie okrujayushhey sredoy v turizme» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda «ekologik mehmonxona faoliyati» tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratildi;
eko-mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirish uchun milliy «Green Hotel Uzbekistan» standarti va sertifikatlash tizimini joriy etish orqali ekologik mehmonxonalar tarkibiy ulushi monitoringini joriy etish hamda davlat qo‘llab-quvvatlashini monitoring natijalariga bog‘lash taklifi O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasining 2026 yil 02 apreldagi 72-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ekologik mehmonxonalar tarkibiy ulushini monitoring qilish va davlat qo‘llab-quvvatlashini uning natijalariga bog‘lash orqali ular faoliyatini takomillashtirish imkoni yaratildi;
eko-mehmonxonalarga turizm qiymat zanjiridagi lokal qiymat generatori sifatida yondashish hamda mehmonxona tarmog‘i va mahalliy iqtisodiyot o‘rtasidagi integratsiya chuqurligini baholash taklifi “O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi”ning 2026 yil 02 apreldagi 72-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mehmonxona tarmog‘i va mahalliy iqtisodiyot o‘rtasidagi integratsiya darajasini baholash imkoni yaratildi;
moliya bozorida maxsus «yashil» mehmonxona obligatsiyalarini joriy etish hamda tushgan mablag‘larning muayyan qismini energiya tejamkor, ekologik standartlarga javob beradigan mehmonxonalarni rekonstruksiya qilishga yo‘naltirish, investorlar uchun soliq yoki foiz imtiyozlari berish orqali «yashil» mehmonxonalar ulushini oshirish taklifi “O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi”ning 2026 yil 02 apreldagi 72-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ekologik mehmonxonalar ulushini oshirish imkoni yaratildi;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan Trilliant Intercontinental Tashkent (Toshkent shahri), Hilton Garden Inn Samarkand (Samarqand shahri), Mercure Bukhara Old Town (Buxoro shahri), Wyndham Tashkent (Toshkent shahri) va Farovon Khiva Hotel (Xiva shahri) ekologik mehmonxonalari faoliyati ko‘rsatkichlarining uzoq muddatli dinamikasini ekonometrik modellashtirish asosida mamlakatda ekologik mehmonxonalar to‘ldirilish darajasining 2026–2030 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Ushbu natijalar “O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi”ning 2026 yil 2026 yil 02 apreldagi 72-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda ekologik mehmonxonalar to‘ldirilish darajasining istiqboldagi asosiy parametrlari o‘rtasida o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish