Jarimbetov Ajiniyaz Kurbanbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aktivlar qadrsizlanishining buxgalteriya hisobini takomillashtirish”, 08.00.08 – “ Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3811. 
Ilmiy rahbar: Pardaev Abdunabi Xoliqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc. 03/30.12.2019.I.17.01
 Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, docent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aktivlar qadrsizlanishining buxgalteriya hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
asosiy vositalarning qadrsizlanish alomatlarini baholash, holatni buxgalteriya hisobining xalqaro standartlar talablari darajasida tashkil qilish maqsadida ularni 5 ta guruhga (ishlab chiqarish maqsadidagi, ma’muriy maqsaddagi, xizmat ko‘rsatish maqsadidagi, ijaraga berish maqsadidagi, boshqa turdagi asosiy vositalar) toifalash tavsiya etilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlardagi ishlab chiqarish, ma’muriy, xizmat ko‘rsatish, ijaraga berish maqsadlaridagi va boshqa turdagi asosiy vositalarning qadrsizlanishi holatini har chorakda aks ettiruvchi - qadrsizlanishi holati to‘g‘risidagi hisobotni tuzish taklif etilgan;
asosiy vositalarning foydalanish ko‘rsatkichlari past bo‘lganlari bo‘yicha 36-son BHXS “Aktivlar qadrsizlanishi” talablari asosida qadrsizlanish testini muddatidan avval o‘tkazish taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarning hisobotlarini MHXS talablari asosida tashkil qilish maqsadida “qayta tiklanishi mumkin bo‘lgan qadrsizlanishdan zararlar” va “qayta tiklanishi mumkin bo‘lmagan qadrsizlanishdan zararlar” schyotlarini kiritish va uni hisob siyosatida aks ettirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aktivlar qadrsizlanishining buxgalteriya hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asosiy vositalarning qadrsizlanish alomatlarini baholash, holatni buxgalteriya hisobining xalqaro standartlar talablari darajasida tashkil qilish maqsadida ularni 5 ta guruhga (ishlab chiqarish maqsadidagi, ma’muriy maqsaddagi, xizmat ko‘rsatish maqsadidagi, ijaraga berish maqsadidagi, boshqa turdagi asosiy vositalar) toifalash bo‘yicha bergan taklifi ChEII "Toshkentvino kombinati" AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (Chet el investisiyasi ishtirokidagi "Toshkentvino kombinati" aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 11 sentyabrdagi 01/381-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida kombinat tizimidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarda asosiy vositalar qadrsizlanishi bo‘yicha tezkor ma’lumotlarni shakllantirish, shuningdek asosiy vositalar qadrsizlanishi qiymatining faoliyatlar kesimida foyda miqdoriga ta’sirini hisoblash va ularni moliyaviy hisobotlarda hamda uning izohlar qismida shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Natijada turli tarmoqlarda va turli jarayonlarda bo‘lgan asosiy vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobga olish, tahlil qilish, chetlanishlarni aniqlash, nazorat qilib borish imkoniyati yaratildi;
xo‘jalik yurituvchi subektlardagi ishlab chiqarish, ma’muriy, xizmat ko‘rsatish, ijaraga berish maqsadlaridagi va boshqa turdagi asosiy vositalarning qadrsizlanishi holatini har chorakda aks ettiruvchi - qadrsizlanishi holati to‘g‘risidagi hisobotni tuzish bo‘yicha bergan taklifi ChEII "Toshkentvino kombinati" AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (Chet el investisiyasi ishtirokidagi "Toshkentvino kombinati" aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 11 sentyabrdagi 01/381-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida kombinat tizimidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarda ishlab chiqarish, ma’muriy, xizmat ko‘rsatish, ijaraga berish maqsadlaridagi va boshqa turdagi asosiy vositalarning qadrsizlanishi holatini har chorakda, alohida hisobot shaklida aks ettirish imkoniyati yaratildi. Natijada kombinat miqyosida, shuningdek uning alohida olingan xo‘jalik yurituvchi subektlarida ishlab chiqarish, ma’muriy, xizmat ko‘rsatish, ijaraga berish maqsadlaridagi va boshqa turdagi asosiy vositalarning qadrsizlanishi holatini aniqlash, baholash, vujudga keladigan chetlashishlar hisobini tashkil etish hamda pirovardida har chorakda, alohida hisobot shaklida aks ettirib borish, ma’lumotlar asosida asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish mumkin bo‘layapdi;
asosiy vositalarning foydalanish ko‘rsatkichlari past bo‘lganlari bo‘yicha 36-son BHXS “Aktivlar qadrsizlanishi” talablari asosida qadrsizlanish testini muddatidan avval o‘tkazish bo‘yicha bergan taklifi ChEII "Toshkentvino kombinati" AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (Chet el investisiyasi ishtirokidagi "Toshkentvino kombinati" aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 11 sentyabrdagi 01/381-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kombinat tizimidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarda asosiy vositalarning foydalanish ko‘rsatkichlari rejadan past bo‘lganlari bo‘yicha 36-son BHXS “Aktivlar qadrsizlanishi” talablari asosida baholash, hisobga olish va hisobotlarda aks ettirish imkoniyatini berdi. Natijada bevosita kombinat tarkibidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarning aktivlar miqdorini optimallashtirish variantlarini aniqlash, hisobga olish, tahlil qilish imkoniyatlari yaratildi. Shuningdek, har bir xo‘jalik yurituvchi subektda istiqbolga mo‘ljallangan strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va samarali olib borish imkonini beradigan tizimni shakllantirishga imkoniyat tug‘uldi. Bu esa 2024 yil yakuni bo‘yicha kombinat miqyosida qadrsizlangan asosiy vositalar miqdorini aniqlash natijasida, ularga hisoblanadigan amortizatsiya ajratmasini kamaytirish va pirovardida mahsulot tannarxini 1,5 mlrd. so‘mga kamaytirish imkoniyatini yaratdi;
xo‘jalik yurituvchi subektlarning hisobotlarini MHXS talablari asosida tashkil qilish maqsadida “qayta tiklanishi mumkin bo‘lgan qadrsizlanishdan zararlar” va “qayta tiklanishi mumkin bo‘lmagan qadrsizlanishdan zararlar” schyotlarini kiritish va uni hisob siyosatida aks ettirish bo‘yicha bergan taklifi ChEII "Toshkentvino kombinati" AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (Chet el investisiyasi ishtirokidagi "Toshkentvino kombinati" aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 11 sentyabrdagi 01/381-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kombinat tarkibidagi xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyaviy hisobotlarida aktivlarni “qayta tiklanishi mumkin bo‘lgan” va “qayta tiklanishi mumkin bo‘lmagan” moddalar kesimida qadrsizlanishdan ko‘rilgan zararlarni aks ettirish, aktivlar qadrsizlanishiga va uning qayta tiklanishiga inflyasiya darajasining ta’sirini hisoblash imkoniyatini berdi. Natijada aktivlar qadrsizlanishi holati to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarining xalqaro standartlar talabiga javob berishi, aktivlar qadrsizlanishi to‘g‘risida istiqbolga mo‘ljallangan strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun uni istalgan vaqtda va tezkor rejimda taklif etilayotgan moddalar kesimida ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi. Kombinat rahbariyati tomonidan strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilishlari uchun operativ va uzlyuksiz tarzdagi axborot ta’minoti tizimi shakllantiriladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish