Xatamkulov Bekzod Iskandarbek o‘g‘lining
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada uy-joy qurilish sektorini rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish metodologiyasini  takomillashtirish” (Namangan viloyati misolida), 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1159.
Ilmiy maslaxatchi: ilmiy maslaxatchisiz.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madrahimov Qahramon Egamberganovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada uy-joy qurilish sektorini rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
uy-joy qurilish sektorining rivojlanish darajasini kompleks baholash uchun huquqiy-mezoniy, metodologik-diagnostik va institutsional-boshqaruv omillarini integratsiyalovchi tizimli indikator modeli R_tkm=∝H_m+βM_d+γI_b ishlab chiqilgan;
uy-joy qurilish sektorini rivojlantirishda davlat tomonidan tartibga solishning integrallashgan institutsional-moliyaviy modeli R_tj=f(A_h,S_f,P_k) taklif etilib, unda ma’muriy-huquqiy, soliq va pul-kredit dastaklarining o’zaro uyg‘unligi asoslangan;
uy-joy qurilishini davlat tomonidan tartibga solishning barqarorlikka yo’naltirilgan integrallashgan institutsional–investitsion–moliyaviy 〖UBD〗_b=f(N_i+I_∝+M_ri+E_im) modeli taklif etilgan;
mintaqada uy-joy qurilish sektorini rivojlantirishni faollashtirishga qaratilgan manfaatdor tomonlar muvozanati, integratsiyalashgan ta’minot zanjiri boshqaruvi va differensial marketing strategiyalarini yagona tashkiliy-iqtisodiy mexanizmga birlashtiruvchi kompleks modeli taklif etilgan;
Namangan viloyati uy-joy qurilish sektorining chiziqli, Log-trend (eksponensial) va ARIMA modellari asosida 2026-2030-yillar uchun taqqoslama prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada turar-joy ko‘chmas mulki qurilish sektorini rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uy-joy qurilish sektorining rivojlanish darajasini kompleks baholash uchun huquqiy-mezoniy, metodologik-diagnostik va institutsional-boshqaruv omillarini integratsiyalovchi tizimli indikator modeli Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 24-martdagi 08/24-324-son ma’lumotnomasi). Mazkur model qurilish sektorida qaror qabul qilish jarayonlarini faqat yakuniy natija ko’rsatkichlari asosida emas, balki normativ-huquqiy muhit sifati, diagnostik monitoring darajasi hamda boshqaruv institutlari samaradorligi bilan uzviy bog‘liq holda baholash imkonini bergan;
uy-joy qurilish sektorini rivojlantirishda davlat tomonidan tartibga solishning integrallashgan institutsional-moliyaviy modeli R_tj=f(A_h,S_f,P_k) taklif etilib, unda ma’muriy-huquqiy, soliq va pul-kredit dastaklarining o’zaro uyg‘unligi bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 24-martdagi 08/24-324-son ma’lumotnomasi). Mazkur model qurilish sektorini tartibga solishda alohida vositalar ta’sirini emas, balki ularning kompleks sinergetik natijasini baholashga xizmat qilgan. Natijada hududda qurilish faoliyatining barqaror o’sishi, uy-joy fondining kengayishi va bozor taklifining oshishi uchun institutsional zamin mustahkamlangan; 
uy-joy qurilishini davlat tomonidan tartibga solishning barqarorlikka yo’naltirilgan integrallashgan institutsional–investitsion–moliyaviy 〖UBD〗_b=f(N_i+I_∝+M_ri+E_im) modeli Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 24-martdagi 08/24-324-son ma’lumotnomasi). Modelning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida qurilish ishlari hajmining barqaror o’sish trayektoriyasi mustahkamlangan. Jumladan, 2010-yilda qurilish ishlari hajmi 347,9 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2024-yilga kelib bu ko’rsatkich 13385,2 mlrd. so’mga yetgan. Natijada mutlaq o’sish 13037,3 mlrd. so’mni, nisbiy o’sish esa qariyb 38,5 baravarni tashkil etib, o‘rtacha-yillik murakkab o’sish sur’ati 29,8% bo’lgani modelning investitsion va moliyaviy bloklari hududiy qurilish faolligini kuchaytirishda amaliy samara bergan;
mintaqada uy-joy qurilish sektorini rivojlantirishni faollashtirishga qaratilgan manfaatdor tomonlar muvozanati, integratsiyalashgan ta’minot zanjiri boshqaruvi va differensial marketing strategiyalarini yagona tashkiliy-iqtisodiy mexanizmga birlashtiruvchi kompleks modeli Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 24-martdagi 08/24-324-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilik natijasida material yetkazib berishdagi uzilishlar 27% ga kamayib, qurilish muddatini o’rtacha 3,5 oyga qisqartirgan, manfaatdor tomonlar o’rtasidagi muvozanatli shartnomalar moliyaviy risklarni 22% ga kamaytirib, investor ishonchini oshirgan holda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi +6.5 %ga o’sishi kuzatilgan;
Namangan viloyati uy-joy qurilish sektorining chiziqli, Log-trend (eksponensial) va ARIMA modellari asosida 2026-2030-yillar uchun taqqoslama prognoz ko’rsatkichlari Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 24-martdagi 08/24-324-son ma’lumotnomasi). Mazkur yondashuv qurilish bozoridagi taklif dinamikasini bir vaqtning o’zida konservativ, tezlashuvchi va moslashuvchan ssenariylar asosida baholash imkonini berib, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yagona statistik ko’rsatkichga tayanish cheklovlarini kamaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish