Maxmudova Aziza Nugmanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Zamonaviy bioetika muammolarining ijtimoiy-falsafiy tahlili, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Fal199
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02.
Ilmiy konsultant: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Djurakulov Xusan Anvarovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Narkulov Suxrob Dusmuratovich, falsafa fanlari doktori, professor; Sharipov Abduxakimjon Ziyoitdinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. global rivojlanish sharoitida bioetika muammolarning insoniyat ekzistensial mohiyatiga salbiy ta’sirini kamaytirishning ijtimoiy-falsafiy strategiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq mutafakkirlarining tibbiy-axloqiy qarashlari zamonaviy bioetika tamoyillari bilan qiyosiy tahlil qilinib, “Adab al-tabib” an’analarining zamonaviy tibbiyot deontologiyasidagi sivilizatsion o‘rni va barqarorlik koeffisienti dalillangan;
texnogen taraqqiyot sharoitida insonning biologik va ijtimoiy mohiyati o‘rtasidagi nomutanosiblik “ekzistensial xavf” sifatida tahlil qilinib, bioetikaning jamiyatni ma’naviy saqlash instituti sifatidagi xususiyatlari aniqlangan;
inson huquqlari va bioetik prinsiplar mutanosibligi “qadriyatlar ierarxiyasi” nuqtayi nazaridan asoslanib, genetik ma’lumotlarning maxfiyligi va inson qadr-qimmati daxlsizligini ta’minlovchi ma’naviy-huquqiy determinatsiya mezonlari ishlab chiqilgan;
tibbiyotning raqamli va innovatsion rivojlanishi (SI) jarayonida insonning subekt sifatida saqlanib qolishini ta’minlovchi “bioetik filtr” mexanizmi va ijtimoiy-ma’naviy strategiyalarining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan;
global bioetik krizislar (pandemiyalar, ekologik inqirozlar) davrida jamiyatning ma’naviy barqarorligini ta’minlovchi qadriyatlar tizimi hamda bioetikaning integrativ funksiyalari modernizatsiya sharoitida ilk bor ijtimoiy-falsafiy jihatdan sintez qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda bioetikaning ijtimoiy falsafiy muammolari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
tibbiyotning mazmunini beg‘araz yordam va ijtimoiy mas’uliyat kabi insonparvarlik tamoyillari bilan boyitish orqali bioetik dunyoqarashni sakllantirish jihatdan axloqiy-me’yoriy komponentga aylantirish xususiyatlariga doir xulosa va amaliy takliflardan 2021-2022-yillarda bajarilgan INTL-SARGMU-SAMGMU-2021-05-raqamli “Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklari bor bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishda zamonaviy tashkiliy texnologiyalarni qo‘llash uchun sharoitlarni shakllantirish” nomli innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 30-yanvardagi 754-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasi doirasida fanlararo yondashuvning metodologik asosi takomillashtirilgan hamda yosh mutaxassislarning ilmiy proektiv (loyihalashtirish va prognozlashtirish) va texnologik jarayonlardagi kasbiy malakasini oshirishga xizmat qilgan;
tibbiyot oliygohlari talabalarining kasbiy etikasini shakllantirishda bioetik talimotning ekologik, axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy va professoinal komponentlari konstruktiv asosi ekanligiga doir taklif-tavsiyalardan 2021-2023-yillarda bajarilgan 1-2020-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “XXI-asr shifokorining rivojlanishiga ko‘maklashish: ko‘nikmalarni o‘rgatish bemor-markazlashgan aloqa” nomli innovatsion loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 30-yanvardagi 753-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yosh olimlarning fanlararo tadqiqotlar o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy tibbiy muloqotning uslubiy bazasini mustahkamlashga xizmat qilgan;
translantologiya va gen injeneriyasi kabi zamonaviy yo‘nalishlar ijtimoiy xavfsiz tibbiy ta’limni takomillashtirishning tashkiliy-uslubiy asosi ekanligiga doir xulosalardan Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Olimlar Kengashining 2024-yil 1-maydagi 39-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Bioetika qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom” loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2025-yil 22-maydagi 01/08-955-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur hujjatning normativ-huquqiy asosi takomillashib, bioetika tamoyillarini milliy kontekstda uyg‘unlashtirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida axloqiy mas’uliyat va halollikni ta’minlovchi mexanizmlar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
talabalarda mas’uliyatli qaror qabul qilishning refleksiv ko‘nikmalarini shakllantirish hamda bioetikani inson manfaatlariga xizmat qiluvchi tibbiy-falsafiy ta’limotga aylantirish (bemorlarni ijtimoiy tabaqalashtirmaslik) mexanizmlariga oid taklif va tavsiyalardan “Bioethics” nomli darslik mazmunini boyitishda foydalanilgan (Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023-yil 2-noyabrdagi A/F 514-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, darslikning ilmiy-nazariy qiymati ortib, talabalarda postgumanistik tafakkur elementlarini va yuksak bioetik dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilgan;
insonning ijtimoiy muhofazasi va tibbiy bilimlar strategiyasini zamonaviy tibbiyotga integratsiya qilish bioetik ta’limni modernizatsiyalashning asosi ekanligiga doir taklif va tavsiyalardan “Bioetika” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i). Natijada, darslikning ilmiy salmog‘i oshgan hamda talabalarda biotibbiyot texnologiyalarining inson hayotidagi ahamiyati haqidagi tizimli tasavvurlarni shakllantirishga xizmat qilgan.