Karimova Gulzira Ikromali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”; 08.00.03-“ Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3972
Ilmiy rahbar: Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.19.05
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Muxtarov Maxmudjon Marifovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy salohiyatni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni 3 balli chegaraviy oraliqlar asosida baholash, umumiy integral ko‘rsatkichni aniqlash hamda iqtisodiy salohiyat darajasini “past”, “o‘rta” va “yuqori” toifalari bo‘yicha tasniflash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini ESG konsepsiyasi asosida barqaror oshirishning “davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash”, “moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi” hamda “xodimlar malakasini yuksaltirish” mexanizmlariga asoslangan modeli ishlab chiqilgan;
sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirishning “infartuzilmani takomillashtirish”, “halol integratsiyalashgan boshqaruv (HIMS)”, “xalqaro hamkorlik” kabi halol industriya yoʻnalishlari va ESG konsepsiyasi integratsiyasiga asoslangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm taklif etilgan;
paxta xom-ashyosi yalpi hosili, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmlari va to‘qimachilik korxonalari soni omillari asosida Farg‘ona viloyatida ishlab chiqariladigan to‘qimachilik mahsulotlari hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar asosida:
iqtisodiy salohiyatni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni 3 balli chegaraviy oraliqlar asosida baholash, umumiy integral ko‘rsatkichni aniqlash hamda iqtisodiy salohiyat darajasini “past”, “o‘rta” va “yuqori” toifalari bo‘yicha tasniflash uslubiyoti bo‘yicha taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 3-iyuldagi 01/06-978-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi sanoat korxonalarida iqtisodiy salohiyatini kompleks va qiyosiy tahlil qilish, moliyaviy hamda ishlab chiqarish resurslari samaradorligini baholash, salohiyat darajasini aniqlash, uni oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda raqobatbardoshlikni oshiruvchi iqtisodiy asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini berdi;
sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini ESG konsepsiyasi asosida barqaror oshirishning “davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash”, “moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi” hamda “xodimlar malakasini yuksaltirish” mexanizmlariga asoslangan model bo‘yicha taklif “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 3-iyuldagi 01/06-978-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi iqtisodiy salohiyatni ESG konsepsiyasi asosida oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish darajasini yuksaltirish, investision jozibadorlikni va mahsulotning raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda korxonalarning uzoq muddatli barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash imkonini yaxshilagan;
sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirishning “infartuzilmani takomillashtirish”, “halol integratsiyalashgan boshqaruv (HIMS)”, “xalqaro hamkorlik” kabi halol industriya yoʻnalishlari va ESG konsepsiyasi integratsiyasiga asoslangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm bo‘yicha tavsiya “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 3-iyuldagi 01/06-978-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy etilishi sanoat korxonalarida halol industriya va ESG tamoyillarini uyg‘unlashtirish asosida iqtisodiy salohiyatni oshirish, ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish samaradorligini yuksaltirish, muqobil moliyaviy mablag‘larni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro bozorlarda yangi segmentlarni egallash va eksport salohiyatini oshirish, mahsulotning raqobatbardoshligini yaxshilash hamda barqaror iqtisodiy rivojlanishga o‘tishni tezlashtirishga xizmat qildi;
paxta xom-ashyosi yalpi hosili, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmlari va to‘qimachilik korxonalari soni omillari asosida Farg‘ona viloyatida ishlab chiqariladigan to‘qimachilik mahsulotlari hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha modeli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirishda foydalanildi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 3-iyuldagi 01/06-978-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik viloyatda ishlab chiqariladigan to‘qimachilik mahsulotlari hajmining o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, paxta xom-ashyosi resurslari, investisiyalar hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish va tarmoqni barqaror rivojlantirish bo‘yicha iqtisodiy asoslangan istiqbolli ko‘rsatkichlarni shakllantirish aniqligini orttirishga xizmat qilgan.