Mamadieva Gulbahor Maxamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muammoga asoslangan ta’lim usullari orqali talabalarning ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10807
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna Pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich pedagogika fanlari doktori, professor. Quranbaev Javod pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ingliz tili mashg‘ulotlarida muammoga yo‘naltirilgan ta’lim metodlari asosida filologiya yo‘nalishi talabalarining ijodiy fikrlashini rivojlantirish modeli va metodikasini ishlab chiqish hamda asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ingliz tili mashg‘ulotlarida ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari muammoli o‘quv diskursida nutq aktlarining illokutiv maqsadi va madaniy-pragmatik mazmunini anglash orqali kommunikativ vaziyatga mos ijodiy echim ishlab chiqish xususiyatlarini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik model muammoli vaziyatni anglashdan ingliz tilida asoslangan nutqiy javob yaratishgacha bo‘lgan jarayonni madaniy-pragmatik me’yorlar va refleksiv baholash bilan bog‘lash asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda muammoga asoslangan ta’lim metodikasining amaliy mazmuni case study, SCAMPER va TRIZ topshiriqlarini iltimos, taklif, raddiya va dalillashga oid nutq aktlarini muloqot odobi, madaniy moslik va kommunikativ maqsad bilan uyg‘un qo‘llash hamda muammoli vaziyatga mos ijodiy nutqiy echim yaratishga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi muammoli vaziyatlarda ingliz tilidagi nutqiy strategiyalarni maqsadga muvofiq tanlash, madaniy-pragmatik mazmunni hisobga olish va kommunikativ echimni asoslash ko‘rsatkichlarini diagnostik baholash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Muammoga asoslangan ta’lim metodlar orqali talabalarning kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning ingliz tili mashg‘ulotlarida ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari muammoli o‘quv diskursida nutq aktlarining illokutiv maqsadi va madaniy-pragmatik mazmunini anglash orqali kommunikativ vaziyatga mos ijodiy echim ishlab chiqish xususiyatlarini belgilash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Teaching integrated skills through artificial intelligence” nomli o‘quv qo‘llanmaning integrallashgan nutq malakalarini rivojlantirishga qaratilgan mavzulari, muammoli topshiriqlari va tahliliy mashqlari mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 12-yanvardagi 11-05-139/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ingliz tilida muammoli vaziyatni tahlil qilish, asoslangan fikr bildirish, kommunikativ echim ishlab chiqish va ijodiy yondashuv asosida nutqiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikmalari rivojlangan;
talabalarning ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik model muammoli vaziyatni anglashdan ingliz tilida asoslangan nutqiy javob yaratishgacha bo‘lgan jarayonni madaniy-pragmatik me’yorlar va refleksiv baholash bilan bog‘lash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Teaching integrated skills through artificial intelligence” nomli o‘quv qo‘llanmaning case study, problem-solving task, guruhli muhokama, dalillash va refleksiv tahlilga yo‘naltirilgan mashqlar tizimiga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 12-yanvardagi 11-05-139/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, muqobil g‘oya ilgari surish, ingliz tilida dalillash va o‘z faoliyatini refleksiv baholash kompetensiyalari rivojlangan;
ingliz tilini o‘qitishda muammoga asoslangan ta’lim metodikasining amaliy mazmuni case study, SCAMPER va TRIZ topshiriqlarini iltimos, taklif, raddiya va dalillashga oid nutq aktlarini muloqot odobi, madaniy moslik va kommunikativ maqsad bilan uyg‘un qo‘llash hamda muammoli vaziyatga mos ijodiy nutqiy echim yaratishga yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar “Teaching integrated skills through artificial intelligence” nomli o‘quv qo‘llanmaning amaliy mashg‘ulotlari, loyiha topshiriqlari, kommunikativ vaziyatlar va integrallashgan nutq faoliyatiga oid bo‘limlari mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 12-yanvardagi 11-05-139/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ingliz tilida ijodiy nutq mahsulini yaratish, muammoli topshiriqlarni bajarish, hamkorlikda echim topish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va ularni muloqot jarayonida asoslash ko‘nikmalari takomillashgan;
talabalarning ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi muammoli vaziyatlarda ingliz tilidagi nutqiy strategiyalarni maqsadga muvofiq tanlash, madaniy-pragmatik mazmunni hisobga olish va kommunikativ echimni asoslash ko‘rsatkichlarini diagnostik baholash asosida oshirishga oid tavsiyalar “Teaching integrated skills through artificial intelligence” nomli o‘quv qo‘llanmaning baholash, monitoring, o‘z-o‘zini tahlil qilish va refleksiv xulosa chiqarishga doir topshiriqlari mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 12-yanvardagi 11-05-139/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ijodiy fikrlash darajasini aniqlash, ingliz tilidagi nutqiy faoliyatini mezonlar asosida baholash, o‘z fikrini tahliliy va kreativ tarzda ifodalash hamda ta’limiy faoliyat natijalarini refleksiv nazorat qilish kompetensiyasi rivojlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish