Jumaniyazova Moxira Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Islom huquqida gender tengligi masalalarining falsafiy tahlili”. 24.00.03 – Fiqh. Kalom ilmi. Ilohiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal932
Ilmiy rahbar: Yusupova Nigora Jaloliddin qizi, yuridik fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, DSc.15/2025.27.12.Isl/Tar.01.01.
Rasmiy opponentlar: Radjabova Mavjuda Abdullaevna yuridik fanlari doktori, professori, Huseynova Abira Amanovna falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi islom huquqida gender tenglik masalalarini falsafiy nuqtayi nazaridan asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
islom huquqida gender tengligi bilan bog‘liq haq-huquqlarni islom huquqida ayollar haq-huquqlarini kafolatlash harakatlari islom dinining ilk davrlaridanoq amalga oshirilgani Qur’oni karimning tegishli oyatlar(“Niso” surasi 35,19,124-oyatlar, “Ahzob” surasi 35-oyat, “Baqara” surasi 187-oyat)ida bayon qilingan me’yorlar, erkaklar va ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy teng huquqliligi borasidagi tamoyillari orqali asoslangan. Hanafiy mazhabida nikoh aqdini tuzishda “kafoat” (كفاعة) — oila qurishdagi tomonlarning mutanosibligi tamoyilining amal qilinishi natijasida er va xotinning shaxsiy, mulkiy va hatto tafakkuriy munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq-majburiyatlar oilaning bardavom bo‘lishiga xizmat qiluvchi kategoriyaga aylangani aniqlangan; 
Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarda er-xotinning o‘zaro bir-birini tushunib yashashi, Yaratuvchi oldida mas’ul bo‘lishi va oilaning “oxiratda” ham davom etishi g‘oyasining singdirilishi oilalarning muqaddasligi, azaliyligi tasavvurini shakllantirgani hamda tomonlarning “muruvvat” (مروة) – bir-biriga rozi bo‘lishi, Xudo uchun sabr qilish orqali savobga ega bo‘lishiga doir tamoyillarning aniq o‘rnatilishi natijasida o‘zaro sevgi va muhabbat tuyg‘usi bo‘lmagan taqdirda ham oilani saqlanib qolish mumkinligi dalillangan; 
bolani ona suti bilan oziqlantirish ar-razo‘a – الرضاعة, bolani parvarishlash al-hizona - الحضانة, bolaga vasiylik qilish al-valoya – الولاية hamda nafaqa - النفقةbilan bog‘liq me’yorlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77,78,79,80-moddalari, shuningdek “Fuqaroning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi qonunning 11,12,13-moddalarida tartibga solingan erkaklar va ayollarning reproduktiv salomatligiga doir normalar, bola huquqlariga oid zamonaviy tamoyillar bilan muvofiqligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Islom huquqida ayollar haq-huquqlarini kafolatlash harakatlari islom dinining ilk davrlaridanoq amalga oshirilgani Qur’oni karimning tegishli oyatlar (“Niso” surasi 35, 19, 124-oyatlari, “Ahzob” surasi 35-oyati, “Baqara” surasi 187-oyati)ida bayon qilingan me’yorlar, erkaklar va ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy teng huquqliligi borasidagi tamoyillari orqali asoslangan xulosalar, oilaviy nizolarning oldini olishda islom huquqida gender tenglikning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risidagi tahlillar “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan “Ilmiy tadqiqotlarda gender masalalarni inobatga olish” mavzusidagi yozgi maktab yakunlari bo‘yicha to‘plamning mazmuniga singdirildi (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025-yil 14-avgustdagi 02-03/1157-son ma’lumotnomasi). Natijada islom huquqida gender tenglikning o‘ziga xos jihatlari, oilaviy nizolarning oldini olishda diniy-ma’rifiy sohaning ahamiyati to‘g‘risidagi tahlillar keng jamoatchilikka etkazilgan. 
Hanafiy mazhabida nikoh aqdini tuzishda “iyjob”, “qabul” shartlari, “nafaqa”, “mahr” kabi kategoriyalari bilan birgalikda “kafoat” tamoyili jamiyatda oila instituti mustahkamligini ta’minlashi, er-xotin munosabatlarida zarur ma’naviy omil vazifasini bajarishiga oid xulosalari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti va uning hududlardagi filiallarida davlat va jamoat tashkilotlari, imom-xatiblar va otinoyilar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlari mavzularini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda ma’ruza materiallarining bir qismi sifatida xizmat qilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2025-yil 24-iyundagi № 02-02/1/1803-son ma’lumotnomasi). 
O‘zbekiston davlatchiligi va huquqi tarixida erkaklar hamda ayollarning ijtimoiy tengligi: fikr va so‘z erkinligi, ta’lim olish va kasb-korga ega bo‘lishdagi, mulkni tasarruf etishdagi tenghuquqlilik masalalari – milliy o‘ziga xoslik me’yorlari negizida tadrijiy rivojlanib borganligi haqidagi mintaqada yozilgan fiqhiy manbalar, jadid mutafakkirlari qarashlariga asoslanib chiqarilgan xulosalar “Falsafa” fani darsligining “Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichida: Sharq falsafasi” mavzusi mazmuniga singdirilgan. Natijada, islom tarixida o‘zining yuksak fazilati va ilmiy merosi bilan mashhur bo‘lgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar oliy ta’lim muassasalari talabalari nazariy bilimlarini oshirishda qo‘shimcha ma’lumot sifatida xizmat qildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘iga asosan, ro‘yxatga olish raqami:194-169). 
Islom huquqida homilaga (جنين) qaratilgan har qanday g‘ayritabiiy harakatlarning taqiqlanishi va jazo choralarining belgilanganligi, tug‘ilmagan bolaga ham meros taqsimlanishi qiyosiy tahlil natijasida reproduktiv salomatlikni hamda bolalar huquqini himoya qilishga xizmat qilishi haqidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan malaka oshirish kursi materiallari mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 18-iyundagi № 02/300-son ma’lumotnomasi). Natijada, islom huquqida tartibga solingan reproduktiv salomatlik hamda bolalar huquqini himoya qilish bo‘yicha xulosalar soha vakillarining amaliy faoliyatlarida metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan. 
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda mazkur tadqiqotda aks etgan “gender”, “tenglik”, “gender tenglik” tushunchalarining vujudga kelish tarixi, nazariy asoslari, gender tengligi bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish davlat institutlari va qonunchilik salohiyatiga asoslanishiga doir xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 20-maydagi №01-33/336-son ma’lumotnomasi). Natijada, gender va gender tenglik tushunchasining falsafiy mazmun-mohiyatiga oid ilmiy-nazariy echimlar keng jamoatchilikka etkazildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish