Xabibullaev Ilhombek Baxromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (filologiya): O‘zbek nasrida oila tasvirining badiiy-psixologik tadqiqi (Said Ahmad va O‘tkir Hoshimov hikoyalari misolida), 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3768.
Ilmiy maslahatchi: Dexqonova Maxsumaxon Shavkatovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2026.10.06.Fil.10.09. 
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xasanova Barno Yusupovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Said Ahmad va O‘tkir Hoshimov hikoyalarida oila tasvirining badiiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda oilaviy munosabatlarning inson ruhiyati va xarakterini ochib berishdagi poetik funksiyasini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek nasrida oila psixologiyasining badiiy ifodasi oila muhiti – oilaviy munosabat – obraz ruhiyati uchligi asosida shakllanishi aniqlanib, Said Ahmad va O‘tkir Hoshimov hikoyalarida ichki monolog, nutqsiz muloqot, badiiy detal, psixologik portret va psixofiziologik tasvirning qahramon ruhiyatidagi ziddiyatli kechinmalarni ifodalashga xizmat qiluvchi o‘zaro funksional-poetik tizimi asoslangan;
Said Ahmad va O‘tkir Hoshimov hikoyalarida o‘zbek xonadonining badiiy modeli va obrazlararo munosabatlarning individual-uslubiy belgilari farqlanib, Said Ahmad ijodida oilaviy muhit va xarakterlararo ziddiyatlarning keskin vaziyat, dramatik to‘qnashuv va tashqi harakatlar orqali ifodalanuvchi dramatik psixologizm, O‘tkir Hoshimov nasrida esa ichki kechinma, ruhiy iztirob, mehr va xotira bilan bog‘liq holatlarni ifodalovchi lirik psixologizm yetakchi ekanligi asoslangan; har ikki ijodkor uchun umumiy bo‘lgan jihat sifatida oila muhitining qahramon xarakteri va ruhiy holatini ochib beruvchi psixologik-poetik makon vazifasini bajarishi belgilangan; 
o‘zbek oila modelining badiiy-psixologik strukturaviy belgilari aniqlanib, ota, ona, farzand va kelin maqomlarining oilaviy munosabatlardagi funksional o‘rni hamda ularning ruhiy-psixofiziologik o‘zgarishlari milliy mentalitet, oilaviy qadriyat va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida shakllanishi asoslangan; 
Said Ahmad va O‘tkir Hoshimov asarlarida tasvirlangan oilaviy konfliktlarning badiiy tasnifi ishlab chiqilib, avlodlararo ziddiyatlar; er-xotin munosabatlaridagi ruhiy holatlar; farzand va ota-ona o‘rtasidagi tarbiyaviy muammolar; inson erki va oilaviy majburiyatlar to‘qnashuvi kabi turlarga ajratilib, har birining badiiy echimi va g‘oyaviy-estetik vazifalari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek nasrida oila tasvirining badiiy-psixologik tadqiqi (Said Ahmad va O‘tkir Hoshimov hikoyalari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
o‘zbek nasrida oila psixologiyasining badiiy ifodasi oila muhiti – oilaviy munosabat – obraz ruhiyati uchligi asosida shakllanishi aniqlanib, Said Ahmad va O‘tkir Hoshimov hikoyalarida ichki monolog, nutqsiz muloqot, badiiy detal, psixologik portret va psixofiziologik tasvirning qahramon ruhiyatidagi ziddiyatli kechinmalarni ifodalashga xizmat qiluvchi o‘zaro funksional-poetik tizimi asoslangan xulosa va ilmiy natijalaridan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 28-martdagi OZ-R-1-78-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning sifati, mazmuni va ta’sirchanligini, ommabopligini oshirishga erishilgan;
Said Ahmad va O‘tkir Hoshimov hikoyalarida o‘zbek xonadonining badiiy modeli va obrazlararo munosabatlarning individual-uslubiy belgilari farqlanib, Said Ahmad ijodida oilaviy muhit va xarakterlararo ziddiyatlarning keskin vaziyat, dramatik to‘qnashuv va tashqi harakatlar orqali ifodalanuvchi dramatik psixologizm, O‘tkir Hoshimov nasrida esa ichki kechinma, ruhiy iztirob, mehr va xotira bilan bog‘liq holatlarni ifodalovchi lirik psixologizm yetakchi ekanligi asoslangan; har ikki ijodkor uchun umumiy bo‘lgan jihat sifatida oila muhitining qahramon xarakteri va ruhiy holatini ochib beruvchi psixologik-poetik makon vazifasini bajarishi belgilanganligiga doir xulosalaridan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan ALM-202304076-05 son, “Milliy neyropsixolingvistik tashxislash metodikasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan. (Farg‘ona davlat universiteti “Milliy neyropsixolingvistik tashxislash metodikasini yaratish” nomli amaliy loyihasining 2025-yil 16-dekabrdagi 04/13176-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot o‘zbek tilida yaratilgan milliy adabiyotlarimizda oila tushunchasini o‘rganish, oila tasvirining kelib chiqish genezisiga oid nazariy qoidalar bilan adabiyotshunoslikning rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan;
o‘zbek oila modelining badiiy-psixologik strukturaviy belgilari aniqlanib, ota, ona, farzand va kelin maqomlarining oilaviy munosabatlardagi funksional o‘rni hamda ularning ruhiy-psixofiziologik o‘zgarishlari milliy mentalitet, oilaviy qadriyat va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida shakllanishi asoslangan; shu asosda oilaviy muhitning muayyan davrning ijtimoiy-ma’naviy munosabatlarini badiiy modellashtirishdagi funksiyasini belgilagan ilmiy natijalaridan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 22-yanvardagi 01/04-176-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy natijalar ushrashuv va muloqotlarning ilmiyligi hamda ommabopligini oshirishga xizmat qilgan; 
Said Ahmad va O‘tkir Hoshimov asarlarida tasvirlangan oilaviy konfliktlarning badiiy tasnifi ishlab chiqilib, avlodlararo ziddiyatlar; er-xotin munosabatlaridagi ruhiy holatlar; farzand va ota-ona o‘rtasidagi tarbiyaviy muammolar; inson erki va oilaviy majburiyatlar to‘qnashuvi kabi turlarga ajratilib, har birining badiiy echimi va g‘oyaviy-estetik vazifalari dalillangan xulosalaridan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etishda, ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 16-dekabrdagi 04/13175-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy natijalar dasturning ilmiyligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish